Bishkekda “koopsuz shaar” loihasi ishga tushganiga 6 oy boʻldi

490
0

Bishkekda “koopsuz shaar” loihasi ishga tushganiga 6 oy boʻldi

Xalq noroziligi kundan-kunga ortib bormoqda

Loiha manfaatlari qanday tasarruf qilinmoqda?

Shu yilning boshidan ishga tushgan “koopsuz shaar” (xavfsiz shahar) loihasi Rossiyaga qarashli “Vega” kompaniyasi bilan Qirgʻiziston hukumati oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirildi. Birinchi bosqichda 110 joyga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari tomonidan avvalgi kunidan boshlab, kun sayin 14000 yoʻl harakat qoidalari buzilgani qayd etildi.

“Vega” kompaniyasi shartnomaga muvofiq har bir qayd etilgan jinoyatdan eng kamida 211 som ulush olishi belgilangan. Oʻrtacha jinoyat uchun toʻlov miqdori 1000 som deb eʼtibor qilsak, kuniga oʻrtacha kompyuterlar tomonidan 10000 jinoyat qayd etildi deb hisoblaganimizda “Vega” kompaniyasi Qirgʻizistondan kuniga kamida 2 million 110 ming som olib chiqib ketadi. Bu esa bir yilda 770 million 150 ming som demakdir, bu miqdor 5 yilga koʻpaytirilsa butun loiha uchun 3 milliard 850 million 750 ming som yaʼni taxminan 55 million dollardan ortiq mablagʻ Rossiyaga chiqib ketyapti.

Jarima toʻlovlarining qolgan qismi IIV, DMXQ va mahalliy hokimiyatlar oʻrtalarida taqsimlanar emish.

Qirgʻizistondagi aksariyat avtotransportlar quyi qatlam vakillariga tegishli boʻlib, fuqorolar ulardan tirikchilik vasitasi sifatida foydalanishadi. Jarima toʻlovining asosiy qismi aynan mana shu qatlam vakillarining zimmasiga tushayotganligi sababli, ularda norozilik hissi kuchayib boryapti. Negaki, toʻlov miqdorlari oʻta yuqori boʻlib, fuqorolarning yashash darajasini mutlaq hisobga olmagan holda qabul qilingan. Hokimiyat oʻz fuqorolarini doimiy ish bilan taʼminlay olmaydi. Shunga qaramay, vazirlar hokimiyatni va hatto chet el investorlarini ham moliyaviy taʼminlash manbasi sifatida xalqdan foydalanish haqida tafakkur qilishadi, shartnomalar tuzishadi va xalq nomidan ulardan qarz olib suisteʼmol qilishadi!

Vazirlar bu loihani xavfsizlik kafolati deb, koʻpirtirib gapirishayotgan boʻlishsa ham, aslida bu keraksiz, hatto zararli moliyaviy loihadir. Yaʼni bu loihadan, chet el kompaniyasi bilan birgalikda Qirgʻiziston fuqorolarining oxirgi somigacha tortib olish, hamda davlat manfaati, shaxsiy manfaat va hatto chet el investorining ham manfaatini ziyoda qilish qasd qiningan. Afsuski bu kirim ichki korruptsiya uchungina emas, balki tashqi investitsiya uchun ham moʻljallangan.

Qirgʻiziston yalpi boyligining aksar qismini hozirda chet elda ishlab yurgan mehnat muhojirlari joʻnatayotgan mablagʻlar toʻldirmoqda. Shuningdek uni oʻsha jarima toʻlayotgan haydovchilar ham toʻldirishga urinib, mehnat qilishyapti. Hatto pora olgan MAI xodimlari ham oʻz pullarini Qirgʻizistonda ishlatishar edi. Lekin “Vega” kompaniyasi “yoʻq joydan” fuqorolarimizning mehnat haqlarini olib chiqib ketyapti! U hatto investitsiya kiritib biror korxona ham qurayotgani yoʻq! Bu hokimiyatning navbatdagi xiyonat ustiga qurilgan ulkan loihasining boshlanishi.

TETs korruptsiyasi avvalgi rahbarlar uchun muammo boʻlgani kabi, vaqti kelib, bu loiha ham hozirgi yetakchi guruh uchun ulkan muammoga aylanishi mumkin. TETs uchun korruptsiya yoʻli bilan boʻlsa ham, investitsiya kiritilgan edi. Undan hozir ham foydalanilinyapti. Lekin “xavfsiz shahar” loihasi, chet el kompaniyalari maslahati bilan ishga oshirilgan, fuqorolarning tub manfaati uchun ulkan xiyonatdir…..

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.