Rossiya Oʻzbekistonga yetkazib beradigan harbiy qurollar maʼlum boʻldi

924
0

Rossiya Oʻzbekistonga yetkazib beradigan harbiy qurollar maʼlum boʻldi

 Oʻzbekiston va Rossiya orasida harbiy hamkorlik haqida imzolangan shartnomalardan yana 12tasi kuchga kirdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

 Yoz faslining boshida Rossiya hukumati Oʻzbekistonga ushbu harbiy-texnik hamkorlik sohasida 12 ta shartnoma uchun kredit ajratishga qaror qilganini maʼlum qilgan edi.

  Harbiy hamkorlik boʻyicha Rossiya federal texnik xizmati xabariga koʻra Oʻzbekiston 12A6 “Sopka-2” – trassali radiolokatsiya majmuasini sotib olish istagini bildirdi.

 Shu bilan birga “Pechora-2M” (S-125) zenit raketa majmuasi uchun texnik xizmat koʻrsatish ustaxonasi sotib olish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

 Shuningdek, Oʻzbekiston Rossiyadan BTR-82A – shaxsiy tarkib transporteri sotib olish borasida ham muzokaralar olib bormoqda. Bronetransporterlar Oʻzbekiston uchun maxsus komplektatsiyada jihozlanadi. Xuddi shunday mashinalar Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Suriya qurolli kuchlariga yetkazib beriladi.

 Oʻzbekistonning eng yirik buyurtmasi esa – Mi-35M jangovar transport vertolyotlari boʻladi. Shartnomaga muvofiq Rossiya Oʻzbekistonga 2019-2020 yillar ichida 12 ta ana shunday vertolyot yetkazib beradi.

 Oʻzbekiston Rossiyadan Su-30SM rusumli harbiy qiruvchi samolyotlar sotib olishni ham rejalashtirmoqda. Ushbu samolyotlar eng zamonaviy samolyotlardan biri boʻlib, ular oʻta manyovrli (chaqqon harakat qiluvchi),  boshqaruv vektorli dvigatel, fazali radiolokator bilan jihozlangan. Samolyotlarda eng zamonaviy “havo – havo” hamda “havo – yer” turkumidagi yuqori aniqlik bilan nishonga oluvchi  qurollar oʻrnatish mumkin.

Izoh:

Putinni Rossiya ichida ham, tashqarisida ham harbiy quvvatga suyanishdan oʻzga chorasi qolmadi. Nufuzi ostidagi davlatlarda harbiy ishtirokini kuchaytirish orqali oʻz nufuzini saqlab qolmoqchi boʻlayotgan boʻlsa, Rossiyaning oʻzida oddiy xalqni harbiy vaziyatni kuchaytirish orqali ushlab turishga intilmoqda. Bu maqsadda bevosita Putinga boʻysunadigan Milliy gvardiyani tashkil etilishi ham Rossiyada harbiy holatni joriy etish uchun tashlangan navbatdagi qadam boʻldi. Milliy gvardiyaga keng imkoniyatlar berilib, ommaviy noroziliklarni kuch bilan bostirish, harbiy va maxsus texnikalardan foydalanish salohiyati berildi. Milliy gvardiya hech bir ogohlantirishsiz jismoniy kuch yoki qurol qoʻllash huquqiga ham ega boʻldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.