Amirliklarning Yamandagi hukmron rejim bosh vazirini uchrashuvga taklif qilishi ortidagi maqsad

480
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amirliklarning Yamandagi hukmron rejim bosh vazirini uchrashuvga taklif qilishi ortidagi maqsad

Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot boʻlimi nashr qilgan bayonotda, Amirliklarning Yamandagi hukmron rejim bosh vaziri Muin Abdulmalikni taklif qilishi ortidan koʻzlagan maqsadlari haqida soʻz yuritiladi. Bayonotda bunday deyiladi: Inson huquqlari masalasi Amirliklar bilan bogʻliq masalalarning birinchi safida turibdi. Xususan, Adanda qoʻshma komissiya tuzilib, Yaman janubidagi turli hududlarida inson huquqlari buzilayotgani boʻyicha tergov ketmoqda. Tergov “Xьyuman Rayts Votch” inson huquqlari tashkiloti tomonidan Amirliklarga qarshi komissiyaga taqdim etilgan ayblov asosida boshlandi. Ayblovda Amirliklarning Yaman janubidagi bir yashirin qamoqxonani boshqarayotgani, vazirliklarga qarashli boʻlmagan bunday norasmiy lagerlarda muhbuslarga nisbatan qiynoqlar qoʻllanayotgani aytiladi.

Hizb matbuot bayonotida quyidagilarga diqqatni jalb qilgan:

Amirliklarning Yamandagi Adanga kirgandan boshlab shugʻullanayotgan roli, u yerdan Husiylarni chiqarib tashlashdan, Janubiy harakat (Hirok)ning Mansura shahrida qaror topgan amerikaparast qanotini yoʻq qilishdan, Yaman janubidagi Saudiya rejimi ishlariga pand berishdan hamda britaniyaparast Aydarus Zubaydiy raisligidagi Janubiy harakatning oʻtish davri kengashini taʼsis etishiga yordamlashib, uni qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Bu shuni anglatadiki, Britaniya Amerikaning Husiylarni Sanʼoga kiritishga muvaffaq boʻlishi va tashqaridan ularni qoʻllab turishi ortidan uning Yaman janubidagi ishlariga pand yetkazish va yoʻqqa chiqarishga harakat qilmoqda.

Bayonot soʻnggida quyidagilar taʼkidlanadi:

Yaman ham, boshqa musulmon yurtlari qatori, Anglo-Amerika doxil xalqaro kurash ostida qolmoqda. Bunga chek qoʻyish uchun Yaman ahli koʻzlarini ochib, bu kurashayotgan tomonlardan oʻzlarini chetga olmoqlari hamda Hizb ut-Tahrir barpo etish uchun faoliyat qilayotgan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo qilish orqali Islomlariga qaytmoqlari kerak.

Roya gazetasining 2019 yil 26 iyun chorshanba kungi 240-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.