YeI Qirgʻiziston taʼlim sohasiga 35,7 millon yevro ajratadi

107
0

YeI Qirgʻiziston taʼlim sohasiga 35,7 millon yevro ajratadi

 Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov taʼlim sohasini qoʻllab-quvvalash uchun Yevropa Ittifoqi bilan 35,7 million yevrolik shartnoma imzolanganini maʼlum qildi.

 U bu haqda 6-iyul kuni Bishkekda YeIning tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha oliy komissari Federika Mogoreni bilan uchrashganidan keyin jurnalistlarga maʼlum qildi.

 Vazir Qirgʻiziston uchun Yevropa Ittifoqining parlamentlik tajrabasi juda muhimligini qoʻshimcha qilib, 2018-yili ikkitomonlama savdo aylanmasi 1 milliard dollarga yetganini taʼkidlab oʻtdi.

 6-iyulda ikki tomon oʻrtasidagi yangi hamkorlik kelishuvi boʻyicha muzokaralar yakunlandi. Unda YeI bilan 1999-yili imzolangan amaldagi shartnoma yangilanib, joriy vaziyatga moslashtirilgan.

 Yangi shartnomada siyosat, demokratiya, qonun ustivorligi, inson huquqlari, soʻz erkinligi kabi qadriyatlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

 Tashqi siyosat va xavfsizlik sohasida bitimda mintaqada barqarorlikni saqlash, nizolarning oldini olishda hamkorlikda harakat qilish nazarda tutilgan.

 Izoh:

Mustamlakachi davlatlar taʼbiri boʻyicha “uchinchi olam davlatlari” deb ataluvchi qaram va mustamlaka davlatlarga ajratiladigan mablagʻlar asosan qishloq xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, obodonlashtirish, suv taʼminotini yaxshilash va taʼlim sohalariga sarflash uchungina qarz sifaida beriladi. Mustamlakachi davlatlar hech qachon rivojlanib kelayotgan yoki uchunchi olam davlatlariga ogʻir sanoat, harbiy sanoat yoki mashinasozlikni rivojlantirish uchun mablagʻ ajratmaydi. Chunki bu sohalar ulkan daromad keltiruvchi manba boʻlib, bu sohaga sarflangan har qancha mablagʻ hech qancha vaqt oʻtmay oʻzini oqlaydi va sarflanginadn koʻra bir necha bor koʻproq foyda keltiradi. Yetakchi davlatlar uchun esa oʻz taʼsiri ostidagi davlatlar harbiy yoki ogʻir sanoatiga ega boʻlishidan hech qanday manfaat yoʻq. Qolaversa shu davlatlar manfaatiga xizmat qilish uchun tashkil etilgan Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ham mustamlaka ostidagi davlatlarda ogʻir sanoatni rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tuzilgan xalqaro qonun va meʼyorlar bilan bu davlatlarni nazorat qilib keladi.

 Yetakchi davlatlar tomonidan qarzga pul ajratiladigan qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va boshqa sohalarga esa qancha mablagʻ sarflanishidan qatʼiy nazar oʻzini oqlamaydi. Aksincha davlatlarni faqat qarz botqogʻiga botirish uchungina xizmat qiladi. Mustamlakachi davlatlar ajratadigan qarz yoki grantlardan eng xatarlisi taʼlim sohasiga ajratilgan mablagʻdir. Chunki, bu davlatlar taʼlim sohasiga qarz ajratar ekan, qarz olayotgan davlatdan taʼlim dasturini qanday tuzish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga qaysi fandan qanday saboq berish yoʻl-yoʻriqlarini ham tuzib beradi. Hatto bu sohaning ikr-chikirigacha kirishib, oʻquvchilar qanday kiyinishi kerakligigacha aralashadi.

 Iqtisodiy zaif, davlat byudjeti tashqaridan olinadigan qarzga suyanib qolgan davlatning esa bu narsa qiziqtirmaydi. Buning natijasida esa barcha ishlarini sof moddiy manfaat ustiga barpo etadigan va beradigan taʼlimida ham shu jihatni ustun qoʻyadigan Gʻarb saqofati kasofatidan ota va farzand, aka va uka oʻrtasidagi mehr oqibat koʻtarilib ketadi. Yetimxonalar va qariyalar uyi esa, yaqinlari voz kechgan bolalar va qariyalar bilan toʻlib ketadi. Bularning barchasi faqatgina shu dunyoda yaxshi yashab qolish tushunchasi asosida shakillashtirilgan taʼlim dasturining natijasidir.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.