Nega musulmon yurtlar hukmdorlari Ummatning milliardlab dollar puliga qurol sotib olishyapti?!

613
0

Nega musulmon yurtlar hukmdorlari Ummatning milliardlab dollar puliga qurol sotib olishyapti?!

Reyter axborot agentligi sayti (hijriy 1440 yil 10 shavvol, milodiy 2019 yil 13 iyun payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi: 

“AQSh Kongressining Respublikachilar partiyasi aʼzolari prezident Donalьd Trampning Saudiya bilan Amirliklarga 8 milliard dollar qiymatida qurol sotish rejasiga qarshi chiqib, “afsus”, bu maʼmuriyat kongress tomonidan koʻrib chiqilishidan qochib, favqulodda qonundan foydalanmoqda, dedi.

Maʼlumki, Kongress aʼzolari Yamandagi ikki shaharga havo hujumi qilininishi oqibatida oddiy fuqarolar nobud boʻlganidan hamda oʻtgan yili Turkiyadagi Saudiya elchixonasida jurnalist Jamol Xoshaqjiyning oʻldirilishidan gʻazablanib, Saudiya bilan Amirliklarga harbiy texnika sotishni bir necha oyga kechiktirib qoʻyishgan edi.

Tramp maʼmuriyati Saudiya, Amirliklar va Iordaniya bilan qiymati 8.1 milliard dollarlik 2ta harbiy bitim imzolamoqchi ekanini 4 may kuni Kongress komissiyasiga maʼlum qildi. Tramp – yirik qurol-aslaha savdosi boʻyicha qilingan ushbu taklif qonun chiqaruvchilar tomonidan uzoq vaqt koʻrib chiqilishini chetlab oʻtish maqsadida, Tramp Eronga oid favqulodda holatni dastak qilib, uni qonun chiqaruvchilarga taklif qilmadi”.

Roya gazetasi sharhi:

Bu va boshqa savdo bitimlari oʻz-oʻzidan savol keltirib chiqaradi: nima uchun musulmon yurtlari hukmdorlari bu qurol arsenallarini sotib olishyapti? Islomiy Ummatning dushmanlariga qarshi jang qilish uchunmi? Yurt, fuqaro, zamin va nomuslarimizni mudofaa qilish uchunmi? Yoki bu arsenallar bilan zolimlar taxtini mudofaa qilish uchun sotib olishyaptimi?! Oʻtgan asrda sotib olingan qurol-aslahalar musulmon xalqlar koʻksiga oʻqtalmadimi?! Bu dushmanlarimiz oʻziga zarur va biz musulmonlarga foydali boʻlgan qurollarni sotishyaptimi yoki eskirgan va almisoqdan qolgan qurollarinimi?! Yoki bu qurollar yangi boʻlsa, u holda, ularni kim nazorat qiladi, ishlab chiqarganlar nazorat qilmaydimi?! Bizning yurtlardagi rejimlar hatto bu qurollarga ega boʻlishgan taqdirda ham dushmanga garov rejimlar emasmi?! Yaʼni, dushmanlar bu qurollarning xizmatlari va ehtiyot qismlarini, eng muhimi, oʻq-dorilarini bermay qoʻyishlari mumkin-ku, agar shunday qilishsa, qurollardan qanday foyda qoladi?! Zanglab-chirigan temirlar axlati qoladimi?! Shubhasiz, bu kofir Gʻarbning maqsadi, Robbimiz bizga eslatgan ushbu kalomida ochiq maʼlumdir:

وَلاَ يَزَالُونَ يُقَاتِلُونَكُمْ حَتَّىَ يَرُدُّوكُمْ عَن دِينِكُمْ إِنِ اسْتَطَاعُوا

“Ular (kofirlar) qoʻllaridan kelsa to diningizdan qaytargunlaricha sizlarga qarshi jang qilaverishadi”   [Baqara 217]

Yaʼni kofirlar to qiyomatgacha shunday davom etadi. To ularning millat-diniga ergashmagunimizcha bizdan hargiz rozi boʻlishmaydi va tiyilishmaydi!

Roya gazetasining 2019 yil 26 iyun chorshanba kungi 240-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.