Falastin rejimi ustoz Alo Abu Solihni oʻgʻirlab ketdi

512
0

Falastin rejimi ustoz Alo Abu Solihni oʻgʻirlab ketdi

Seshanba kuni kechqurun razvedka xizmati kuchlari Hizb ut-Tahrir – Falastin matbuot boʻlimi aʼzosi ustoz Alo Abu Solihni Qilqiliya shahridagi oʻz uyi oldida oʻgʻirlab ketishdi.

Oʻz navbatida, Hizb ut-Tahrirning Falastindagi matbuot boʻlimi rejimning bu qilmishi uning zalolatga botganini va zoʻravonlikda haddan oshganini koʻrsatib turibdi, deya taʼkidlab, u hibsga olgan kishi siyosiy arbob va matbuot xodimi boʻlib, Allohni rozi qilish uchun shariatdan kelib chiqib, oʻzining ilgʻor siyosiy faoliyat yuritish huquqidan foydalanayotgan kishi ekanini, aytib oʻtdi.

Hizb yana quyidagilarni taʼkidladi: Rejim oʻtgan ikki hafta oldin boshlagan va to shu kungacha davom etayotgan noqonuniy va vahshiy qamoqqa olishlar kampaniyasida Hizbning 60dan ziyod yigitlarini qamoqqa oldi… ularning qonuniy va sharʼiy oddiy huquqlariga ham ochiqdan-ochiq tajovuz qilyapti. Bu esa, uning oʻz jinoyatlaridan mutlaqo hayo qilmayotganiga dalolat qilmoqda. Shundoq ham bu rejim botgan moliyaviy va maʼmuriy korruptsiya botqogʻidan kishi zada boʻladi… uning Falastin ahlini qashshoqlashtirib, ushbu yurt masalasini yoʻq qilish yoʻlida siyosiy til biriktiruvi hammaga ayon. Shuncha jinoyatlari yetmagandek, endi Islomga va Islomni yetkazayotganlarga qarshi kurash boshladi. Shubhasiz, bu Falastinning aziz ahli zimmasiga bunday badbaxt rejimni gunohkor qoʻllarini yurt va uning ahlidan tortishga majbur qilish uchun unga qarshi bor ovozi bilan hayqirish vazifasini yuklamoqda.

Roya gazetasining 2019 yil 26 iyun chorshanba kungi 240-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.