Erdogan maktabining achchiq mevalari

534
0

Erdogan maktabining achchiq mevalari

Iram Nьyus sayti (hijriy 1440 yil 14 shavvol, milodiy 2019 yil 17 iyun dushanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Dushanba kuni Hamas harakati yetakchisi Ahmad Yusuf siyosatda dinni qoʻllash uni tushunishdagi aniq chigallikni aks etishini maʼlum qilar ekan, oʻzining Falastinda barcha birgalikda harakat qiluvchi konstitutsiya bilan boshqariladigan fuqarolik davlatini barpo etish tarafdori ekanini, Gʻarb jamiyatlarida ham holat shunday ekanini taʼkidladi.

“Turli diniy eʼtiqodlar masalasida muammo yoʻq. Dinda majbur qilish yoʻq, degan oyat bor. Bu barcha siyosiy masalalarga, kunlik hayotimizga yotishi kerak. Bas, hech kimning birovni majbur qilishiga oʻrin yoʻq”, deydi Dunyo Vatan axborot saytida nashr qilingan bayonotida. Keyin bu soʻzlarni “Aksar xalqi Islom diniga eʼtiqod qiluvchi Turkiya namunasi fuqarolik davlatiga eng yaqin dalil” ekani bilan izohladi.

Yana bunday qoʻshimcha qildi: “Shunday ekan, Falastinda ham, asosiy qonun doirasidan chiqmay, diniy turfa xilligimiz bilan yashaylik, bunda qanday muammo bor? Dinimiz fuqarolik davlati oldida toʻsiq emas”. Yana davom etdi: “Agar Islom hokimiyat, boshqaruv va barcha kattayu kichik ishlarda manba boʻlmagan boʻlsa, u holda, Islomni siyosatga tortib, uni cheklovchi dinga aylantirish diniy tushunchamizdagi nuqson hisoblanadi.

Ahmad Yusufning fikricha, “fuqarolik davlati bilan ilmoniy davlat atamasi oʻrtasida farq bor va ikkinchi atama fitna chiqaradi. Chunki buni Sharqda salbiy tushuniladi. Ammo birinchi atamaga hamma rozi. Kim ilmoniylikni xohlasa, uni fuqarolik davlatidan topadi, kim Islomni xohlasa, uni ham fuqarolik davlatidan topaveradi”.

Roya gazetasi sharhi:

Alloh Taolo bunday degan:

مُذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَلِكَ لاَ إِلَى هَـؤُلاء وَلاَ إِلَى هَـؤُلاء

“Ular na u yoqlik, na buyoqlik boʻlmay ikki orada sarson holda qolganlar” [Niso 143]

Mana, qarang shayx Erdogan janoblarini, na u yoqlik, na bu yoqlik boʻlib, oʻrtada sarson boʻlib oʻtirmay, bu hukmdorlarni ham sarsonlikdan qutqardi. Natijada, ular hech ikkilanmay, ilmoniylik tomoniga oʻtishganini ochiq eʼlon qilishdi. Alloh rahmat qilsin, Sayyid Qutb oʻzining “Qurʼon soyasida” kitobida bunday, degandi: Ummatimiz hukmdorlari sodir etayotgan dahshatli jinoyat va ayanchli maʼsiyat ularning Alloh nozil qilgan shariat bilan hukm yuritishmayotganidir. Bu hukmdorlar oʻz xalqlari nafratiga duch kelmaslik uchun bu jinoyatlarini, yaʼni Alloh nozil qilgan shariat bilan hukm yuritmaslik jinoyatini turli uslublar bilan pardalashyapti: baʼzida referendum uyushtirib, mana, xalqimiz bizdan va tuzumimizdan rozi, degan iddaoni qilishsa, baʼzan islomiy harakatlarni vazirlikdagi mansablarga olib chiqib, oʻzlarining dahshatli jinoyat va ayanchli maʼsiyatlariga ularni ham sherik qilishyapti. Alaloqibat, bu harakatlar ularga “sizlar kufrni tatbiq qilyapsiz”, deb ayta olmay qolishyapti, negaki oʻzlari ham kufrga sherik boʻlib qolishgan. Bu bilan masala ham aralash-quralash boʻlib, jinoyat koʻrinmay qolyapti, hukmdorlar Ummat nafrati va muhosabasidan omonda qolishyapti. Muhosabani oʻzgartirib, uni juma kunni dam olish kuni qilish, taʼlim dasturiga dinni hissasini koʻproq qoʻshish, rasmiy maktablarda yigit-qizlarning aralash oʻtirishlarini taqiqlash borasidagi muhosabaga aylantirishyapti. Hukmdorlar bu talablarni qabul qilishadimi, qabul qilishmaydimi, farqsiz, bu hargiz ularning rejimlarini agʻdarilishiga olib bormaydi.

Roya gazetasining 2019 yil 26 iyun chorshanba kungi 240-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.