Musulmonlarning malay, togʻut va ruvaybiza hukmdorlari oʻz taxtlarini saqlab turgan butlarni ulugʻlashmoqda

640
0

Musulmonlarning malay, togʻut va ruvaybiza hukmdorlari oʻz taxtlarini saqlab turgan butlarni ulugʻlashmoqda

Qudsul Arabiy sayti (hijriy 1440 yil 15 shavvol, milodiy 2019 yil 18 iyun seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Jazoir armiyasi qoʻmondonligi, yurtda kechayotgan krizisdan qutulish yechimi sifatida konstitutsiyaga amal qilishni toʻxtatishga qaratilgan har qanday talabga qarshi ekanini eʼlon qildi. Armiya “Davlat asoslarini vayron etish”, deya bunday ishdan ogohlantirdi. Qoʻmondonlik eʼloni Jazoir milliy armiyasi qoʻmondoni bosh zobit Ahmad Qoyid Solihning seshanba kuni uchinchi harbiy (Janubiy gʻarbiy) mintaqaga safari chogʻida bergan bayonotida aytildi. Bayonot mazmuni Mudofaa vazirligi bayonotida keltirilgan. “Jazoir toʻgʻri kelgan kimsalar oʻrtasidagi omad oʻyini ham, sarguzasht ishqibozlarining dilxushligi ham emas. Chunki konstitutsiya xalqning gʻamxoʻri va mustahkam qoʻrgʻoni boʻlib, ham uning milliy mentaliteti asoslarini, ham kengqamrovli oʻzgarmas asoslarini oʻz ichiga oladi. Zero, bu oʻzgarmas asoslar hech qachon qayta koʻrish va oʻzgartishga muhtoj emas”, dedi Armiya qoʻmondoni”.

Roya gazetasi sharhi:

Ha, musulmonlarning togʻut, malay va ruvaybiza hukmdorlari odati mana shu, bunga aslo shubha yoʻq. Ular Allohga qullik qilishni qoʻyib, oʻzlari yasagan yoki mustamlakachi xoʻjayinlari yasab bergan butlarga (konstitutsiyaga) qullik qilishyapti. Yaʼni, shu butlar mustamlakachilarga imkoniyat yaratib, musulmon yurtlaridagi ularning manfaatlarini himoya qilyapti. Mustamlakachi Gʻarbning eng muhim asosiy manfaati esa, Islomga qarshi kurash va uni hokimiyatga kelishiga yoʻl qoʻymaslikdir.

Jazoir armiyasi qoʻmondoni Ahmad Qoyid Solih hech kimdan uyalmasdan Jazoir konstitutsiyasini ulugʻlamoqda, ammo Qurʼon va Sunnatni ulugʻlaganini undan bir marta ham eshitmadik. U mustamlakachi kofir Gʻarb yasab bergan va millionlab shahidlarni bergan ushbu yurtga oʻrnatib qoʻygan butlarni ulugʻlashni qoʻzgʻolonchilardan ham talab qilyapti. Negaki u mana shu butlarsiz ushbu buyuk yurtda oʻzi uchun ham, xoʻjayinlari uchun ham oʻrin yoʻqligini yaxshi biladi.

U Gʻarbning gunohga botgan qoʻllari tuzgan mana shu ilmoniy konstitutsiyaning Jazoir ahlining konstitutsiyasi ekanini daʼvo qilish bilan, yuraklari buyuk Islomga oshufta jasur ahlimizga tuhmat qilyapti, yolgʻon soʻzlayapti.

Barcha musulmonlar mutlaqo tortishmaydigan shubhasiz oʻzgarmas asoslar, buyuk Islomdir. Bu malay va togʻutlar bu dinni har qancha maydondan nari qilishga urinishmasin, Islom albatta maydonga qaytib keladi, qayta mustahkamlanadi. Zotan, dillar taskin topadigan, qalblar orom oladigan va aqllar qanoat qiladigan ham Islomdir.

Roya gazetasining 2019 yil 26 iyun chorshanba kungi 240-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.