Xitoyning musulmonlarni repressiya qilayotgani va qamalganlar aʼzolarini oʻgʻirlayotgani haqidagi xabarlar

446
0

Xitoyning musulmonlarni repressiya qilayotgani va qamalganlar aʼzolarini oʻgʻirlayotgani haqidagi xabarlar

Bi-Bi-Si televideniyesi (hijriy 1440 yil 16 shavvol, milodiy 2019 yil 19 iyun chorshanba kuni) Sharqiy Turkiston musulmonlarining vaziyati aks etgan fotoreportaj nashr qildi. Suratda Xitoy rejimi uygʻur musulmonlariga shafqatsizlarcha zulm qilayotgani aks etgan.

Darhaqiqat, Xitoy rejimi juda koʻp masjidlarni yopib yubordi. Qolgan masjidlar ham namozxonlardan deyarli xoli, u yerlarga atigi bir nechta keksalar qoʻrqa-pisa qatnab turishibdi. Zolim rejim tomonidan koʻplab uylar qulflab tashlangan. Chunki ularning egalarini yo qatl qilgan yoki qamoqqa tashlagan yoxud hijrat qilishga majbur etgan. Xonadonlarga musulmonlarning Islomdagi soqol qoʻyish kabi baʼzi ahkomlarga rioya qilgani sababli jazoga tortilgani taʼlimot sifatida yozib qoʻyilgan. Hozirda bu mustabid rejim bir milliondan ziyod musulmonni rasman va oshkora qamoqda ushlab turibdi. Shunga qaramay, musulmon yurtlardagi rejimlar bu jinoyatchi rejim bilan munosabatlarini davom ettirishmoqda. Ular Xitoy bilan na diplomatik va na savdo munosabatlarini uzishgan. Aslini olganda bunday ish imonning eng zaifi sanaladi. Ular uning yirtqich va vahshiy qilmishlarini na qoralashmoqda va bunday jinoiy xatti-harakatlaridan tiyib qoʻyish uchun na unga bosim qilishmoqda.

Xalqaro Jinoyat sudi prokurori Jeffri Nays “Xitoy mahkamasi”, deb atalgan xalqaro inson huquqlari komissiyasiga raislik qiladi. “Sava” radiosi sahifasining (hijriy 1440 yil 15 shavvol, milodiy 2019 yil 18 iyun seshanba kuni) tarqatgan xabarida, Jeffrining “mening qoʻlimda Xitoyning oʻtgan yigirma yildan ziyod vaqt mobaynida mahbuslar organlarini transplantatsiya qilish amaliyoti oʻtkazib kelganiga oid dalillar bor”, degan soʻzlari keltirilgan. Ammo Xitoy bu daʼvoni inkor qilib, oʻlimga hukm qilingan mahbuslar aʼzolaridan foydalanishni 2015 yilda toʻxtatganini taʼkidladi. “Biz bu jarrohlik amaliyotlarining davom etayotganiga hamda yirik foyda olinadigan aʼzolar uchun asosiy manba Falunьgun mahbuslari ekaniga aminmiz”, deydi xalqaro ekspertlar komissiyasi.

Prokuror Jeffri “Xullas kalom, ularning aksari shunday dahshatli suratda oʻldirilganki, taʼriflashga til ojizlik qiladi”, deydi.

Ekspertlar komissiyasining izohlashicha, “Xitoyda organlarni transplantatsiya qilish koʻrsatkichi 2000 yilda birdaniga yuqoriga koʻtarilib ketdi. Donorlardan aʼzo olish uchun navbat kutish koʻrsatkichi esa, pastladi. Sayyohlarning Xitoyda organ transplantatsiyasini amalga oshirganliklari bilan bogʻliq koʻrsatkichning koʻtarilishi va bu toʻgʻridagi hisobotlar shuni koʻrsatmoqdaki, u yerda sotilayotgan organlar soni, faqat insonning oʻlishi bilan olinadigan organlar miqdoridan ancha koʻpdir. Shuningdek, yiliga 90 ming transplantatsiya amaliyotining aksari Xitoyda amalga oshiriladi. Bu raqam Xitoyning rasmiy hisobotlarida aytilgan raqamdan ancha koʻp”.

Roya gazetasi sharhi:

Bu xabar shuni anglatadiki, Xitoydagi yirtqich hukumat organ savdosi uchun koʻplab uygʻur musulmonlari va boshqa mahbuslarning aʼzolarini sugʻurib olmoqda, soʻng oʻzlarini azob chekib oʻlib ketishiga tashlab qoʻymoqda.

Shuning uchun butun Islomiy Ummat xoin hukmdorlarga qarshi oyoqqa turishi lozim. Ularning Sharqiy Turkistondagi uygʻur musulmonlar ahvoliga sukut qilishayotganiga, ularni yordamsiz qoldirishayotganiga hamda jinoyatchi Xitoy bilan aloqalarni davom ettirishayotganiga qarshi chiqmoqlari zarur. Shuningdek, Islom Ummati Xitoy tovarlarini boykot qilib, barcha loyihalarini qabul qilmasligi, islomiy yurtlardagi elchixonalarini yopilishini, diplomatlarini chiqarib yuborilishini talab qilishlari kerak. Balki, Islom Ummati va avvalo uning armiyasi oldida hamma amaldan ham vojibroq hamda usiz vojib amalga oshmaydigan amal bor. Bu – Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish amalidirki, ushbu davlat Xitoy va boshqa mustamlakachi kofir davlatlarga musulmon yurtlarni oyoq osti qilishlariga hargiz yoʻl qoʻymaydi hamda zudlik bilan bu davlat xalifasi oʻz armiyalarini safarbar qilib, mazlum musulmonlarga nusrat-yordam beradi, jinoyatchilar qoʻlidan ularni xalos etadi.

Roya gazetasining 2019 yil 26 iyun chorshanba kungi 240-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.