Mabdaga asoslanish va haqda sobit turish zulmatdan qutulishning yagona yoʻlidir

591
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mabdaga asoslanish va haqda sobit turish zulmatdan qutulishning yagona yoʻlidir

Biroz tarixga, Xalifalik davlati qulatilishidan oldinga qaytadigan boʻlsak, Islom tabiati oʻsha paytda asosan, ruhiy Islomga, koʻproq shaxsga doir toat va ibodatlarga cheklanib qolganiga guvoh boʻlamiz. Toʻgʻri, Usmoniy Xalifalik davlati zamonida jihod davom etdi, fathlar boʻlib turdi. Ammo musulmonlar hayotining ichki tuzilmasi yaratuvchanlik, ijtihod va musulmon avlodlarni kelajak uchun yetakchi va davlat arbobi qilib yetishtirish kabi koʻplab narsalarni yoʻqotdi. Jamiyatning Alloh ahkomlariga Alloh sevadigan va rozi boʻladigan tarzda amal qilishi bir muncha zaiflashdi. Buning boisi shundaki, oʻsha paytda Gʻarb davlatlari Xalifalik davlati jismini titratish, holdan toydirish va arabu ajamlardan iborat butun musulmonlar orasiga ixtilof urugʻini ekish, millatchilik va irqchilik nizosini keltirib chiqarishga vaqtini ham, molini ham ayamay sarfladilar. Bizga maʼlumki, ular Xalifalik davlatini tugatish, siyosiy va harbiy jihatdan dunyo maydonidan bir chetga chiqarib tashlash, keyin davlatchalarga boʻlib, boʻlishib olish maqsadida unga kasallik yuqtirish vazifasini oʻzlarining qoʻgʻirchoq-malaylariga yuklashdi… Har biriga oʻynaydigan rollarini taqsimlab berishdi.

Xalifalikdek bir yirik davlatni parchalash Gʻarbning buyuk maqsadi edi. Biroq parchalashni shunday xatarlari borki, uning oqibatlarini har qanday shaxs yoki davlat izga sola olmaydi. Agar, gʻarblik kofirlar Xalifalik davlatini parchalab, soʻng bu parchalanishni tartiblashtirishmasa hamda parchalanishni doimiy saqlab turishga, shunga alohida diqqat qaratishga, buni eng muhim masala deb bilishga, soʻng boshqarib turishga eʼtibor berishmasa – taʼkidan aytaman – boʻlingan davlatni boʻlinishini tartibsiz tashlab qoʻyishsa, u holda, musulmonlar dilida Islomlari va mabdalari yana jonlanadi, keyin yana hukmron boʻlish borasidagi oʻlgan istaklari qayta tiriladi. Bu esa, kofir aslo istamagan ishdir.

Shuning uchun kofirlar turli davlatchalar paydo qilib, ularga rollarini taqsimlab berdi, ijro etish zarracha ogʻishmay, ikkilanmay harakat qilishlari uchun boshqaruv shaklini va hayot tuzumini chizib berdi. Natijada, tuzum sifatida Islomni yoʻq qilish uchun tashlangan ilk qadam mana shu boʻlib tashlash boʻldi. Ikkinchi qadam – odamlar doim bir-birlariga qarshi dushmanlik qilib turishi uchun, keyin kofirlarning turli bahona va bahonalar bilan ularning ishlariga aralashish uchun musulmon yurtlarida iflos shaytoniy vujudlarni paydo qilish qadami boʻldi. Ana oʻshalarning biri Falastindagi yahud vujudi boʻlsa, yana biri Suriyadagi nusayriylar vujudidir. Ularning har biri odamlar boshiga bitgan balo boʻldi. Ular Islomga qarshi buzgʻunchilik qilib, qarshi kurashishdi, odamlar orasida bir-birini yomon koʻrish va dushmanlik nizolarini keng yoyishdi, shu darajadaki, mudom mana shu vujudlar mavjud boʻlib turar ekan bularni isloh qilishning ham, ularga barham berishning ham iloji boʻlmadi. Buning oqibati oʻlaroq, zulmu sitam kuchaygandan kuchaydi, Allohning koʻplab ahkomlari zoye ketib, avval davlatda, soʻng shaxslarda gʻoyib boʻldi.

Gʻarb va uning gumashtalari oʻz hukmronliklarini mustahkamlash va musulmonlarni Islomlaridan uzoqlashtirish yoʻlidagi kurashlarini yangi qismini boshlashdi. Yaʼni, “ulamolar”, “shayxlar”, “mufakkirlar”, “islohotchilar”, “jadidchilar” kabi kimsalarni paydo qilishdi.

Bu kimsalarni kofirlarning musulmon yurtlardagi eng oʻtkir qurollari, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Men bu kimsalar, deganimda din, ilm va fiqh niqobi ostida vazifalantirilgan guruhni nazarda tutyapman. Ular nafaqat malay rejimlarga xizmat qilishyapti, balki musulmonlarni boʻlib, zoye ketkazishga, hukumatlarga itoat qilish farz, ularga qarshi chiqish harom, deya fatvo chiqarishga ham xizmat qilishdi.

Bu guruh koʻpchilik insonni jaholatga botirib, Allohning dini va ahkomlaridan uzoqlashtirdi. Chunki hukmdorlar va ularning axborot vositalari yordami bilan ular odamlarga oʻzlarini Allohning shariatini bilishda murojaat qilinadigan manba qilib koʻrsatishdi. Koʻpchilik odamlar ularga ishonib, ortlaridan ergashishdi. Ular esa, odamlarni hukumatlarga ibodat qilishlariga, ularning zulmati botqogʻiga gʻarq qilishga zoʻr berib harakat qilishdi. Ilgari yer yuzida oʻxshashi yoʻq, yagona mabdaga asoslangan davlatlari bor musulmonlar endi mabdasiz, tiniq aqidasiz hamda shaxs va jamiyatni Alloh rozi boʻladigan ravishda harakatlantiruvchi ahkomlarsiz qoldilar. Anavi kimsalar bu bilan, asosiy ish va asosiy mafkuraga, yaʼni, kofirlarning Islom davlatini agʻdarish mafkuralariga xizmat qilishdi, eng kamida shunday.

Ish shu darajaga yetdiki, bu kimsalar Allohning ahkomlariga qarshi kurashda va zolimlar botilini haq qilib koʻrsatishda surbetlik bilan tunu kun tinmay harakat qilishdi. Natijada, odamlar baʼzilarning ogʻzidan “hukmdor kuppa-kunduzi ochiqdan-ochiq mast boʻlsa va zino qilsa-da, ammo ularga ochiq qarshi chiqish nojoizdir”, degan soʻzni eshitishdi! Yana boshqasi esa, jinoyati oshkor boʻlgan hukmdorga Allohdan vahi oladigan, Uning dargohidan kelgan paygʻambar darajasida ixlos qoʻydi! Uchinchi toifadagilar esa, hukmdorning Alloh ahkomlarini zoye ketkazib, kofirlarni doʻst tutib, bizga qarshi qilayotgan qirgʻin va zulmlarini oʻz koʻzi bilan koʻra turib, unga “ijodkor ish egasi”, deya baho beryapti! Yana biri, oʻzining oʻnlab yillar davomida Allohga ongli tarzda daʼvat qilgani uchun pushaymon boʻlyapti, buning uchun uzr soʻrab, endi xoʻjayiniga sidqidildan xizmat qilajagini, xoʻjayini istagan soxta islomni haqiqiy Islom qilib tasvirlashini bildiryapti!!

Xulosa: Musulmonlarda mabdaga asoslanish yoʻq, yoki ularga mabda qora qilib hamda soxtalashtirilgan va zaharlangan holda berildi. Bu esa, alaloqibat, musulmonlarni aqidaviy va siyosiy boʻshliqqa olib bormoqda. Alloh inoyati bilan, shaxslarda faqat islomiy marosimlar qoldi, xolos, undan ortiqcha narsa qolmadi.

Bu shuni anglatadiki, bizning suyanadigan narsamiz qolmadi. Chunki binoga ulkan darz yetgan. Binoni qayta tiklash Islom va uning ahkomlariga zid ravishda ketyapti, hayot tuzumlari ham bizni boʻlib tashlashga oʻch kimsalar tomonidan olib kelinyapti.

Nurga qaytmoq uchun mabdaga qaytmoq lozim. Paygʻambarimiz ﷺning nuri nabaviylari olib kelgan ushbu rabboniy toʻgʻri mabdani odamlar qalbi va aqllariga chuqur joylash, yechilmaydigan ravishda mustahkam tugish lozim. Keyin, mabdani yer yuziga qanday yetkazish talablarini anglab yetib, mabdada sobit turmoq darkor.

Shunday qilsak, bugungi kunda barcha hukumatlarda boshqarilayotgan togʻut va jaholatdan qutulamiz, biz bilan odamlar ham qutuladi… barchamiz undan chiqib, rabboniy rahmat, adolat, davlatdagi tuzumga kiramiz. Zero, bu davlat ushbu rabboniy nurni mudofaa qilib, shu bilan boshqaradi va yer yuziga hidoyat va siyosat sifatida yetkazadi. Bu Allohga hargiz mushkul emas.

Alloh Subhanahu va Taolo bunday marhamat qiladi:

الر كِتَابٌ أَنْزَلْنَاهُ إِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ بِإِذْنِ رَبِّهِمْ إِلَىٰ صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ

“Alif, Lom, Ro. (Ey Muhammad, bu Qurʼon) Biz sizga, odamlarni Parvardigorlarining izni-irodasi bilan zulmatlardan nurga – qudrat va hamdu sano egasi boʻlgan zotning yoʻliga – olib chiqishingiz uchun nozil qilgan Kitobdir”        [Ibrohim 1]

Roya gazetasining 2019 yil 19 iyun chorshanba kungi 239-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.