AQSh Fors koʻrfazi davlatlaridan himoya haqqi talab qilmoqda

560
0

AQSh Fors koʻrfazi davlatlaridan himoya haqqi talab qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Fors koʻrfazida yuzaga kelgan neft kemalariga qilingan hujumlarga qarshi Arab mamlakatlaridan pul talab qilmoqda. AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo bu masalani muhokama qilish uchun Fors koʻrfazi mintaqasiga yoʻl oldi.
Fors koʻrfazida inqiroz rivoji avjiga chiqar ekan, Qoʻshma Shtatlar fursatdan foydalanib qolish uchun mintaqadagi davlatlardan undira olganicha koʻproq pul yigʻishga harakat qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp Fors koʻrfazi davlatlaridan, ayniqsa Amerikadan eng koʻp qurol sotib oladigan Saudiya arabistoni kabi davlatlardan himoya tovonini talab qildi.
Fikri-zikri faqat Fors koʻrfazi mintaqasiga harbiy kemalar va qoʻshinlarni toʻplash masalasi boʻlgan Prezident Tramp, endi bundan buyogʻiga bu mintaqa bepul himoya qilinmasligini ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali eʼlon qildi.
“Nega endi, boshqa mamlakatlar uchun yuklarni yetkazib berishni koʻp yillar davomida tekinga himoya qilib berishimiz kerak? Bu mamlakatlarning barchasi hayot-mamot masalasi boʻlgan bu tahlikali naqliyotda oʻz kemalarini oʻzlari himoya qilishlari kerak”, dedi naqliyot masalasida hizmat haqqi olinishini taʼkidlagan Tramp.
AQSh prezidentining tvitlaridan soʻng AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Fors koʻrfazi mintaqasidagi mamlakatlarga joʻnab ketdi. U eng avvalo Saudiya Arabistoni qiroli Salman bin Abdulaziz va uning guruhi bilan uchrashdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.