Yevropada amalda qoʻllanilayotgan integratsiya siyosatidan irqiy tozalash koʻzlangan

419
0

Yevropada amalda qoʻllanilayotgan integratsiya siyosatidan irqiy tozalash koʻzlangan

Avstriyada oʻrta maktablarda roʻmol oʻrashni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun milliy kengash toʻsiqlaridan ham oshib oʻtdi. Maktablar taʼlimi qonuniga oʻzgartish kiritish talabi tasdiqlanib, federal kengashdagi taʼlim komissiyasiga oddiy qonunchilik kabi taqdim etildi. Koalitsion hukumat bu qonunchilik tashabbusini 2018 yilning kuzida boshlagan. Oʻshanda hukumat raisi “Shubhasiz, qizlarning hijoblanishlariga bizning yurtda oʻrin yoʻq”, degan edi.

Shularga nisbatan, Hizb ut-Tahrirning nemiszabon davlatlar boʻyicha matbuot boʻlimi bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni taʼkidladi: “Bu oʻzgartishdan yaqqol koʻrinib turibdiki, Avstriya musulmon bolalar va oʻsmirlarni ijtimoiylashtirish masalasiga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashmoqda. Maqsadlari, ularni majburan integratsiya qilish va Avstriya saqofatiga qorishtirishdir. Bu qonun ertaga jamiyatda shunday muhit yaratadiki, unda oʻzlarining hayot tarzlariga teskari boʻlgan har qanday shaklga taqiq qoʻyilib, majburiy choralar orqali faqat bitta saqofat zoʻrlab oʻrnatiladi. Bu qonunni tuzganlarni, oʻzlari daʼvo qilgan qonun davlatining liberal obroʻsini saqlash, degan narsa ham tashvishlantirmadi. Holbuki, qonunlarida eʼtiqodlar har xilligi yoki dinlar oʻzgarishi sababli kelib chiqadigan diskriminatsiya jinoyat hisoblangan hamda barchani qonunda koʻrsatilgan hayot va inson haqidagi koʻz qarashga rioya qilish majbur qilingan.

Matbuot bayonotida eʼtiborni quyidagilarga jalb qilindi: Avstriya amalga oshirayotgan bu ishlar shunga yaqqol dalil boʻlmoqdaki, demak, aqidalar va turli hayotiy yoʻnalishlarni qabul qila oladigan va insoniy guruhlarni oʻzida mujassamlashga qodir bir jamiyat uchun loyiha modelini ishlab chiqishga Gʻarb davlatlari ojizdir. Shaxslar erkinligi himoya qilingani daʼvo etilsa-da, biroq yevropacha aql boshqa aqidalar va sistemalar haqida yetuk darajada tasavvurlarni sigʻdirolmaydi. Sigʻdirish u yoqda tursin, boshqa aqida va sistemalarni oʻzi uchun tahdid deb biladi.

Bayonotda shular ham taʼkidlandiki, Avstriyada amalda qoʻllanayotgan integratsiya siyosatidan irqiy tozalash koʻzlangan. Bu siyosat liberal qonunni qurt kabi ichidan kemirib, davlat bir yoqlama madaniyatga ega boʻlishi kerak, degan tasavvurni oʻrnatishga harakat qiladi.

Roya gazetasining 2019 yil 19 iyun chorshanba kungi 239-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.