Yamanda har ikki soatda bitta ona va oltita chaqaloq vafot etmoqda

87
0

Yamanda har ikki soatda bitta ona va oltita chaqaloq vafot etmoqda

Urush tufayli va uning natijasida Yaman qashshoqlik, ocharchilik, vabo, tibbiy xizmatlarning yetishmasligi va butun bir avlodning yoʻq boʻlib ketishi kabi insoniy fojialarga guvoh boʻlmoqda. Biroq, ushbu urushni boshqarayotgan qaror egalari “bu urush mintaqadagi ichki mojaro”, degan tasavvurni berishda hamda krizislarni chigallashtirib, atrofdagi davlatlarga ham oʻtkazish va bu narsalarni yashirib kelishda maʼlum darajada boʻlsa ham yutuqqa erishishdi. Bu – Yaman masalasi qanchalik darajada eʼtiborsiz qoldirilayotganini izohlaydi. Yamandagi “manfaatlar toʻqnashuvi” toʻrtinchi yiliga kirar ekan, uning badali toʻkilgan qonlar, nobud boʻlgan jonlar, millionlab quvgʻin va kasallikka uchraganlar bilan toʻlanmoqda. Hatto bu yurt bugungi kunda jar yoqasiga kelib qoldi.

Ey musulmonlar, Yamanda tibbiy yordam va tibbiy uskunalar yetishmagani tufayli har ikki soatda bitta ona va va oltita chaqaloq vafot etmoqda. Shuningdek, bugun Yamanda yuqumli kasalliklar keng tarqalib, qashshoqlik va ocharchilik juda kuchaydi. Hatto Yaman Oʻrta Sharqdagi eng qashshoq yurt boʻlib qoldi!

Ey musulmonlar, Yaman Koʻrfaz davlatlariga qoʻshnidir. Uning hududi Saudiya Arabistoni va Ummon sultonligiga tutashgan boʻlsa-da, bu davlatlar Yamanni hamkorlik kengashiga kiritishmagan. Ular Gʻarbga malay boʻlganliklari uchun Amerikaning buyrugʻi bilan Saudiya Arabistonini Amirliklar va Ummon sultonligidan tashkil topgan va Yamanga qarshi harbiy agressiyani amalga oshirishga qaratilgan koalitsiyaga yetakchilik qilib olishdi. Qatar ham koalitsiyadan chiqarib yuborilishidan oldin uning tarkibida edi. Ushbu davlatlar hukmdorlari va Eron hukmdorlari, shuningdek Yamanning shimol va janubdagi hukmdorlari Yamandagi dindoshlarimizga qarshi sodir etilgan jinoyatlarda ishtirok etib kelishmoqda.

Ey musulmonlar, Yaman aqidasi, qoni, or-nomusi va muqaddas joylari mushtarak boʻlgan yagona Ummatning bir qismidir. U odamlari eʼtiborsiz tashlab qoʻyiladigan, krizisi va aholisi unutib qoldiriladigan, bolalari, ayol va qariyalarining joniga befarq qaraladigan unutilgan bir qism emas.

Butun dunyoda mushuk va itlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatiladigan markazlar ochilayotgan bir paytda, Yamanda har ikki soatda ona hamda chaqaloq ochlik va kasallikdan vafot etmoqda. Yolgʻiz shuning oʻzi er kishilarni harakatga keltirishga yetarli emasmi?! Bu holat ularni Ummat masalalarini qabul qilishga, muammolari atrofida jipslashishga va yechim topishga undash uchun yetarli emasmi?!

Yunisef, xalqaro xayriya jamiyatlari hamda BMT chaqirigʻiga asosan Yamanga moliyaviy yordam koʻrsatish yechim emas. Darhaqiqat, kofir Gʻarb rejalarini amalga oshirishda bunday xalqaro tashkilotlarning shubhali roli oʻz isbotini topgan. Krizisga chek qoʻyishda Yevropa va Oq uyning aralashuvini soʻrash yoki ularni fojiani toʻxtatishga sust yondashayotganlikda ayblash sharmandalikdir.

Ha, ulardan yordam soʻrash sharmandalikdir. Zero, Ummatimiz Yaman, Falastin, Suriya, Iroq, Sharqiy Turkiston, Mьyanma masalasini va bulardan boshqa masalalarni hal qilish uchun yetarli armiyalarga ega.

Biz armiyaga va boylikka ega boʻlmagan Ummat emasmizki, kuch bilan yoki pul bilan yordam koʻrsatishini soʻrab Gʻarbning ostonasiga bosh ursak. Islomda ehtiyojdan tashqari boylikni saqlash harom ekan, biz muhtoj boʻlib turgan qurol-yarogʻ va armiyani saqlab nima qilasiz?! Butun dunyoda harbiy quvvati jihatidan yetakchi oʻrinni egallagan, jang maydonida jasorat bilan kurashadigan armiyaning Yamanda sodir etilayotgan jinoyatlarda ishtirok etishi sharmandalikdir.

Onalar va chaqaloqlarning vafot etishi, shuningdek, urush, qashshoqlik, yuqumli kasalliklar, boshpanasiz qolish kabi Yaman ahliga yetgan barcha musibatlarning yechimi kuch va himoyadadir. Chunki, ushbu kuch haybatli armiya bilan Yaman ahlini himoya qiladi va undan yomonliklarni bartaraf etadi. Hizb ut-Tahrir tiklashga harakat qilayotgan paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatidagi ushbu armiya jonlarni saqlashga, or-nomus va muqaddas joylarni himoya qilishga hamda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni oʻrnatishga kafildir.

Ey musulmonlar, Yaman masalasi Ummatimiz masalalaridan biridir. Shunday ekan, Ummatni qurshab olgan musibatlar koʻpligini bahona qilib, Yaman masalasiga beparvo qarash yoki uni unutish joiz emas. Chunki musulmonlar boshqa odamlardan alohida yagona Ummatdirlar. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“إِذَا مَرَّ بِكُمْ أَهْلُ الْيَمَنِ يَسُوقُونَ نِسَاءَهُمْ، وَيَحْمِلُونَ أَبْنَاءَهُمْ عَلَى عَوَاتِقِهِمْ، فَإِنَّهُمْ مِنِّي، وَأَنَا مِنْهُمْ”

“Agar yoningizdan ayollariga bosh boʻlib yurgan va bolalarini yelkalarida koʻtarib olgan Yaman ahli oʻtib qolsa, ular mendandir va men ulardanman”.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi – ayollar qismi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.