Falastin rejimi Hizb ut-Tahrir aʼzolariga qarshi kampaniyasi va zoʻravonliklarini davom ettirmoqda

431
0

Falastin rejimi Hizb ut-Tahrir aʼzolariga qarshi kampaniyasi va zoʻravonliklarini davom ettirmoqda

Hizb ut-Tahrirning Falastindagi matbuot boʻlimining maʼlum qilishicha, Tulkarm muhofazasida seshanba kuni oqshomda xavfsizlik xizmati 6 nafar Hizb ut-Tahrir aʼzosini hibsga oldi. Bu bilan soʻngi qamoqqa olish kampaniyasi davomida Gʻarbiy Sohilning turli muhofazalarida qamoqqa olingan Hizb aʼzolari soni 50 nafarga yetdi.

Hizb matbuot boʻlimi rejimning yigitlar uylariga tunlari bostirib kirib, oila aʼzolarini qoʻrqitish, eshiklarni sindirish, uy anjomlarini agʻdar-toʻntar qilish, baʼzi narsalarni musodara qilish kabi zoʻravonlik bilan olib borayotgan qamoqqa olish kampaniyasini qattiq qoraladi. Tintuv oʻtkazish va musodara qilish hech qanday rasmiy ruxsatsiz sodir etildi. Bunday qilmishni yurt ahli faqat bosqinchi yahudiylardagina koʻrgan edi.

Hizb yana shuni ham taʼkidladiki, rejimning zoʻravonlik va takabburlik bilan harakat qilayotgani, oʻzi himoya qilayotganini daʼvo qilgan qonunlariga ham rioya qilmay, buzayotgani ochiq koʻrinib turibdi. Chunki Hizbning qamoqqa olingan aʼzolaridan aksari haligacha na prokuraturaga topshirildi va na sudga. Baʼzi birlari topshirilgan boʻlsa ham, biroq advokatlarning taʼkidlashlaricha, hibsda ushlab turilgan vaqtlarida ularning barcha haq-huquqlari oyoq osti qilinib, noqonuniy munosabatda boʻlingan. Shuningdek, prokuratura bilan xavfsizlik xizmati yolgʻon va aldovlar ishlatib, advokatlar faoliyatiga toʻsqinlik qilishdi va bu bilan ularning ishtirokisiz oʻzlari istagan qarorni chiqarishga erishishdi. Hammasidan ham oʻtib tushgani rejimning Hizb aʼzolariga qoʻygan ayblovi boʻldi. Rejim Hizb aʼzolariga millatchilik nizosini qoʻzgʻash ayblovini qoʻydi. Bunday siyosiy ayblovlarning ortida doim xavfsizlik xizmati turadi va bu bilan Hizb aʼzolarining mumkin qadar uzoq muddatga qamalishlarini xohlaydi. Ayni shu ayblovni advokatlar nohaq, deya atadilar hamda shu ayblov bilan hibsga olish, siyosiy hibsga olish ekanini taʼkidladilar.

Fikran abgor boʻlgan hamda moliya va maʼmuriyat jihatidan korruptsiyaga, siyosiy jihatdan esa xoinlikka botgan bu rejim mana shunday qonunbuzarlik va zoʻravonligim bilan Hizb irodasini bukaman, deb oʻylayapti. U Hizbni rejimning gʻarblik xoʻjayinlari bilan birgalikda Falastin va uning ahliga qarshi toʻqiyotgan fitnalarini fosh etish faoliyatidan toʻxtatib qoʻyaman, deb oʻylayapti. Biroq bu oʻyi gʻirt xomxayoldir. Chunki Hizb oʻz faoliyati va ishlarini aslo toʻxtatmaydi, rejimning zoʻravon qilmishlariga ham hargiz sukut qilmaydi. Balki siyosiy faoliyat olib borish borasidagi huquqidan foydalanishda davom etadi. Zero, rejim Hizbni, uning oʻz ahdida qattiq turishini, aʼzolarining saboti va fidoiyliklarini oʻz tajribasidan oʻtkazgan.

Roya gazetasining 2019 yil 19 iyun chorshanba kungi 239-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.