Hukmdorlarning roʻzani boshlash va tugatish masalasida oʻyin qilishi

691
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hukmdorlarning roʻzani boshlash va tugatish masalasida oʻyin qilishi Islomga qarshi urush ochish va musulmonlar orasiga fitna solishdir

Shoyif Sharodiy – Yaman

Islom va musulmonlarga nisbatan kofirlar qalbidagi dushmanlik hech tugamaydi. Ular Xalifalik yoʻq boʻlib turgan bir paytda, qoʻllaridagi asosiy qurol boʻlib kelayotgan malay hukmdorlar orqali musulmon yurtlarida kuch-qudrat tizginini tutib kelishmoqda. Bu holat kofirlarning Islom va musulmonlarga qarshi urushini toʻxtamaydigan, olovi oʻchmaydigan urushga aylantirdi. Zero, kofirlarning til biriktiruvlari va togʻlarni ham yemirib tashlaydigan makr-hiylalari muttasil davom etmoqda. Hayratlanarli joyi shuki, musulmonlarda siyosiy ong past boʻlgani hamda ularning koʻpchiligi dushmanlarga bogʻlangan yetakchilarga ishongani uchun Mahmud Abbosga oʻxshagan hukmdorlar musulmonlar orasidan oʻzi uchun tarafdorlarni topmoqda… Ular Abbosning qoʻlidagi musulmonlarni bostiradigan, qiynoqqa soladigan hamda Islom va musulmonlarga ochiq dushmanlik qiladigan qurollardir.

Malay hukmdorlar aybi allaqachon ochilib boʻldi. Islom ahkomlari, shu jumladan, roʻzani boshlash va tugatish hukmi bilan oʻynashayotgani ham bugun hech kimga sir boʻlmay qoldi. Roʻzani boshlash va tugatishda oyni koʻrish bilan emas, balki siyosiy qarama-qarshiliklar va Sayks-Piko shartnomasi oʻrnatgan mustamlakachilik chegaralari asosida belgilashadigan boʻlishdi. Vaholanki, bu masalada Rosululloh ﷺning hadislari bor:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”. (Imom Buxoriy rivoyati). Hadisdagi غُبِّيَ soʻzi koʻrinmasa-yashiringan boʻlsa, degani va bu roʻzaga oid hadisdir.

Hatto bundan ham kuchli hujjat va dalil boʻladigan hadis bor. Imom Buxoriy Ibn Umardan rivoyat qilgan

“لاَ تَصُومُوا حَتَّى تَرَوْا الْهِلاَلَ وَلاَ تُفْطِرُوا حَتَّى تَرَوْهُ”

“Oyni koʻrmaguncha roʻzani boshlamanglar, uni koʻrmaguncha roʻzani tamomlamanglar” lafzi bilan aytilgan ushbu hadis oyning koʻrinishini barcha musulmonlar uchun kifoya ekanini, uning koʻrinishi bilan barchalari ramazon oyini boshlab, uning koʻrinishi bilan ramazon oyini tamomlashlari kerakligini, falakiyot hisob-kitobi durust emasligini taʼkidlamoqda.

Ammo oyni chiqish oʻrinlari har xil, degan iddaolarga kelsak, yoʻq, oy butun dunyoda bitta boʻladi. Shuningdek, Qohiradagi islomiy tadqiqot rasadxonasi ham 1966 yilda quyidagicha hisobot chiqargan: “Oyning chiqish oʻrinlarida ixtilof yoʻq, mintaqalar bir-biridan uzoq boʻlsa ham, hammasi bitta kechada mushtarak boʻlishlari shart qilinadi va bu butun arab yurtlariga tushadi”. Bu chiqish joylarining bittaligiga dalolat qilmoqda. Kofirlar va ularning malaylari Usmoniy Xalifalik davlatini agʻdarishga muvaffaq boʻlgandan beri hamda bitta islomiy tanani boʻlib tashlab, zararkunanda davlatlarni paydo qilgandan buyon, yo roʻza oyini boshlashda yoki uni tamomlashda deyarli kelishuv boʻlmay qoldi. Biroq musulmonlar oʻrtasidagi bunday boʻlinish hijriy 1440 yilga kelib gʻoyat kattalashdi. Masalan, bir yil muqaddam roʻzani boshlash va tamomlash bitta qitʼa ichkarisida bitta edi. Chunki u oʻzini Islomiy Ummatning bir qismi, deb hisoblardi, garchi uning konstitutsiyasida bu yurtning Islomiy Ummatning bir qismi, deb qayd etilgan boʻlib, bularning barchasi musulmonlarni adashtirish va chalgʻitish maqsadida qayd etilgan boʻlsa ham. Biroq bu yil ixtilof bu mustamlakachilik chegaralari tashqarisidagina boʻlmay, balki ichkarisida ham paydo boʻldi. Oyning koʻringani oʻz isbotini topib, seshanba kuni shavvol oyining birinchisi (yaʼni, fitr hayiti kuni) maʼlum boʻlib, Hizb ut-Tahrirning baʼzi yigitlari Falastindagi musulmon ogʻa-inilari bilan birgalikda masjidlarda hayit namozini ado etayotganlarida, Falastin rejimi anavi Mahmud Abbos rahbarligida hayitni chorshanba kuniga belgiladi. Bu esa, muborak zaminda Islom va musulmonlarga urush qilish, demakdir. Zero, rejim hayit namozini oʻqiyotgan namozxonlarga hujum qilib, ularni tarqatib yubordi. Namozxonlarga zoʻravonlik qilayotgan bu rejimni biz, bir vaqtning oʻzida, yahudiylar oldida xorlarcha tiz choʻkayotganini, kofir davlatlarning hamma qarorlarini hafsala bilan ijro etayotganini koʻrib turibmiz.

Yamanda esa, davlat nazoratidagi mintaqa, deyilayotgan yerlarda oy koʻrinib, odamlar roʻzani tamomlagan boʻlsalar, Husiylar – biz oyni koʻrmadik, deya daʼvo qilib, oʻzlari nazorat qilayotgan yerlarda odamlarni ramazonni oʻttiz kun qilishga majburlab kelishdi. Oʻzlaridan boshqalarning oyni koʻrganliklarini eʼtiborga olmay, seshanba oqshomda (hayitga oʻtar oqshomda) masjidlar imomlarini majburan taroveh namozini oʻqittirishdi, odamlar eshitib, tarovehga kelishsin, deya ovoz kuchaytirgichlarni qasddan balandlatib qoʻyishdi. Vaholanki, Husiylar ramazon oyi davomida taroveh namozi paytida xonaqoh tashqarisidagi ovoz kuchaytirgichlarni oʻchirish toʻgʻrisida farmon chiqarishgan edi. Hayit kuni tongda Husiy josuslari koʻchalarda izgʻib yurib, odamlarning hayit namozini oʻqish-oʻqimasligini tekshirib yurishdi. Shunga qaramay, aksar odamlar bu kun roʻza tutmadilar, biroq Husiylar zoʻravonligidan qoʻrqib, hayit namoziga chiqmadilar. Imron muhofazasida esa, odamlar hayit namozini oʻqib tamomlashga muvaffaq boʻlishdi. Ammo Husiy josuslari namozxonlarni qurshab turishdi va namozdan soʻng hammalarini (ular yuzga yaqin edi) hibsga olib, qamoqqa tashlashdi. Keyin ozod qilish evaziga ulardan 5000 riyal talab qilishdi va talablariga erishishdi ham. Ustiga-ustak ular hayit kuni shahar koʻchalarini kezib yurib, roʻza tutmagan odamlarni ham hibsga olishdi.

Biroq roʻzani oʻttiz kun qilishga qanoatlanmagan baʼzi insonlar Husiylarning notoʻgʻri fatvosiga binoan hayit kuni roʻza tutishdi. Yaʼni, Husiylar odamlarni roʻza tutishga majburlashlari gunohini oʻzlari koʻtaradi, degan fatvolarga ergashib, Alloh Taoloning

فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ  وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

“Bas, kim zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat kunida) oʻshani koʻrur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham koʻrur!”, degan kalomidan butunlay gʻaflatda qolishdi, Rosululloh ﷺning hayit kuni yoki shak kuni roʻza tutishdan qaytarganliklarini unutishdi yoki oʻzlarini unutganga solishdi. Zotan, oldingi-yu keyingi fuqaholarimiz ramazon hayiti bilan qurbon hayiti kunlari roʻza tutishning harom ekanligida aslo ixtilof qilmaganlar. Axir, Oisha roziyallohu anho onamiz rivoyat qiladi:

“نَهَى رَسُولُ اللهِ ﷺ عَنْ صَوْمَيْنِ: يَوْمِ الْفِطْرِ وَيَوْمِ الأَضْحَى”

“Rosululloh ﷺ ikki roʻzadan qaytardilar: roʻza va qurbon hayiti kunlari”. (Muslim va Abu Shayba rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

“أنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ نَهَى عَنْ صِيامِ يَوْمَيْنِ: يَوْمِ الأَضْحَى وَيَوْمِ الْفِطْرِ”

“Rosululloh ﷺ ikki kundagi roʻzadan qaytardilar: roʻza va qurbon hayiti kunlari”. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ushbu ikki hadisda kelgan qaytariq, faqat qaytariq xolos, haromlikka dalolat qilmaydi. Biroq quyidagi hadisda qarina bor boʻlib, undagi “لَا يَصْلُحُ” “yaramaydi”, degan lafz hayit kunida roʻza tutishning haromligini bayon qiladi. Bu hadis Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan: Men Rosululloh ﷺning bunday deganlarini eshitdim:

“لَا يَصْلُحُ الصِّيَامُ فِيْ يَوْمَيْنِ يَوْمِ الأَضْحَى وَيَوْمِ الْفِطْرِ مِنْ رَمَضَانَ”

“Ikki kunda, qurbon va ramazon hayiti kunlari roʻza tutish yaramaydi”. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Mudom malay rejimlar mavjud ekan, mustamlakachilar oʻrnatgan chegaralar bor ekan, musulmonlar qarori mustamlakachi kofirlar qoʻlida boʻlib, malay hukmdorlar oʻshalarning rejalarini ijro etishar ekan, roʻzani boshlash va tugatishda musulmonlar oʻrtasidagi ixtilof davom etaveradi.

Islom Ummati tushgan bunday inqirozdan qutulishning yoʻli Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrir bilan birga jiddiy harakat qilishdan iborat. Xalifalik musulmonlarni birlashtirib, ularni Allohning shariati bilan boshqaradi. Ana shunda musulmonlar roʻzani boshlash va tamomlashda ixtilofga bormaydilar, balki Rosululloh ﷺning ushbu soʻzlariga binoan, bir kunda roʻzani boshlab, bir kunda tamomlaydilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ أُغْمِيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلَاثِينَ فَإِنْ شَهِدَ ذُو عَدْلٍ فَصُومُوا وَأَفْطِرُوا وَانْسُكُوا”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlib qolsa, (shaʼbon oyining) sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar. Agar bir odil kishi (oyni koʻrganligiga) guvohlik bersa, shunga qarab roʻzani boshlab, tugatinglar, haj ibodatlarini ham shunga qarab qilinglar”. (Doriqutniy, Ahmad va Nasoiy rivoyati). Bas, mana shuning uchun amal qiluvchilar amal qilib qolsinlar, bas boylovchilar bas boylasinlar.

Roya gazetasining 2019 yil 12 iyun chorshanba kungi 238-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.