Mirziyoyev Oʻzbekistonning “Lukoyl”dan 600 million dollar qarzi borligini tan oldi

461
0

Mirziyoyev Oʻzbekistonning “Lukoyl”dan 600 million dollar qarzi borligini tan oldi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 iyun kuni Senatda nutq qilar ekan, “Lukoyl” kompaniyasidan 600 mln dollar miqdorida qarz borligini tan oldi.
Reuters agentligi mart oyida Oʻzbekiston “Lukoyl”dan 2018 yilda gaz yetkazib bergani uchun qarzdor boʻlib qolgani haqida xabar qilgan edi. Kompaniya Oʻzbekistonda Qandim-Xovuzak-Shodi-Qoʻngʻirot va Janubi-Sharqiy Hisor loyihalarida mahsulotlarni boʻlib olish sharti bilan ish olib bormoqda. Loyihalarda ishlab chiqarilgan gaz asosan Xitoyga yetkazib beriladi.
600 mln dollarlik qarz Oʻzbekiston bir qism gazni ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelgan, mahsulotni boʻlib olish toʻgʻrisidagi kelishuvda esa qazib olinayotgan barcha gaz eksport qilinishi koʻzda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston bugungi kunda “Lukoyl”dan ichki bozorga sotish uchun 146 dollardan gaz xarid qilib, uni aholiga 40 dollardan sotmoqda. Har bir 1000 kub metr oʻrtasidagi 100 dollarlik farq 600 mln dollarlik qarzni paydo qilgan.
Izoh:
AQSh boshchiligida tashkil etilgan Birlashgan millatlar tashkiloti faqat mustamlakachi davlatlar manfaatini himoya qiluvchi turli tuman xalqaro qonunlarni qabul qilish orqali “uchunchi olam” davlatlarini siyosiy, iqtisodiy jihatdan qaram va qashshoqlikdan boshini chiqarmaslik va bu kabi davlatlarni faqat xomashyo bazasi sifatida ushlab turishga xizmat qiladi.Bu qonunlar natijasida “mustaqillik”ni daʼvo qiluvchi Oʻzbekiston kabi davlatlar hatto oʻz tabiiy boyliklariga ham egalik qila olishmaydi. Bu “mustaqil” davlatlarning rahbarlari oʻz kursilarini saqlab qolish ilinjida yirik davlatlar qoʻygan shartlarni qabul qilavergan. Mana bugunga kelib oʻsha kelishuvlar xalq boshiga balo boʻlmoqda. Oʻzbekiston xalqi oʻz gaziga oʻzi ega chiqolmay izgʻirin kunlarda tezak yoqib kun kechirgani yetmaganidek, yana oʻz gazi hisobiga ulkan qarz botqogʻga botib boryapti. Oʻzbek gazi huzurini esa Rossiya va Xitoy davlatlari koʻryapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.