Jazoirda Ibn Solihning muloqotga chaqirishiga raddiya sifatida Juma-16 namoyishlari boʻlib oʻtdi

414
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jazoirda Ibn Solihning muloqotga chaqirishiga raddiya sifatida Juma-16 namoyishlari boʻlib oʻtdi

Al-Jazira net sayti (hijriy 1440 yil 4 shavvol, milodiy 2019 yil iyun juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Juma-16 harakatida ishtirok etish uchun minglab norozilik namoyishchilari Jazoir poytaxti markaziga chiqishdi. Bu prezidentlik saylovlari bekor qilingandan beri birinchi marta boʻlayotgan namoyish boʻlib, payshanba kuni muvaqqat prezidentning dialogga chaqirishi ortidan boshlanib ketdi. Maʼlumki, voqealar shunday tez rivojlanyaptiki, namoyishlar koʻlami ortishi ham mumkin.

Namoyishchilar markaziy pochta maydoniga yigʻilgan edi. Ammo rejim xavfsizlik kuchlari ularni oʻrab oldi, bu esa poytaxtning turli kirish yoʻllarida harakat toʻxtab qolishiga sabab boʻldi… oʻnlab namoyishchilar hibsga olindi.

Har juma kuni namoyishlar boʻlib turadigan yerlar, xususan, poytaxt markazi xavfsizlikka qarashli yuk mashinalari-yu yengil mashinalar bilan toʻlib ketdi.

Namoyishchilar isteʼfo bergan Abdulaziz Buteflika rejimidagi hamma basharalarning ketishini talab qilishdi. “Ey jinoyatchilar, saylovga oʻrin yoʻq”, “Ibn Solih yoʻqol!”, “Qoyid Solih yoʻqol” kabi shiorlarni koʻtarib chiqishdi. Qoyid Solih, deganda namoyishchilar, Buteflika ketgandan beri davlatda eng kuchli shaxs boʻlib turgan va armiya Bosh shtabi raisi hisoblangan general-leytenant Ahmad Qoyid Solihni nazarda tutganlar.

Ibn Solih esa, kecha xalqqa murojaat yoʻllagan muvaqqat prezident Abdulqodir ibn Solihdir. Uning murojaatiga namoyishchilar raddiya bildirib, “Qoʻlingni choʻzaver, ammo qoʻlingga qoʻl beruvchilar yoʻq”, deya hayqirdilar.

Shuningdek, namoyish qatnashchilari Ibn Solih yoki birinchi vazir Nuriddin Badaviy va parlament raisi Muoz Busharib kabilar oʻtirgan har qanday muloqot stoliga oʻtirishdan bosh tortmoqdalar, Ibn Solihning qolishi “qoʻzgʻolonga olov yoquvchi pilikdan boshqa narsa emas”, demoqdalar.

Roya gazetasining 2019 yil 12 iyun chorshanba kungi 238-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.