Sharqiy Turkistonda nafaqat masjidlar, balki qabristonlar ham buzilyapti

140
0

Sharqiy Turkistonda nafaqat masjidlar, balki qabristonlar ham buzilyapti

 Sharqiy Turkistonda nafaqat tarixiy masjidlar, balki uygʻurlarga tegishli qabristonlar ham buzib tashlanayotgani maʼlum qilindi, deya xabar bermoqda “Evronьyus”.

 Nottingem universiteti olimi Rian Tamning bildirishicha, Xitoy hukumati xususan Sharqiy Turkistonning Xoʻtan shahridagi markaziy qabristonni buzib tashlagan. Bu yerga koʻmilgan marhum va marhumlarning xokini boshqa boyga koʻchirish uchun ularning yaqinlariga olti kunlik muddat berilgan. Qabristonning darvozasiga esa ushbu hudud davlatga qarashli ekani haqidagi yozuv ilingan. 

 Oʻtgan haftada Frantsiyaning AFP agentligi Sharqiy Turkistonda 36 ta tarixiy masjid buzib tashlangani, bu sunʼiy yoʻldosh tavsirlarini tahlil qilgach maʼlum boʻlgani haqida xabar tarqatdi.

Izoh:

 Mushrik Xitoy hukumati 1949 yili aholisining asosiy qismi uygʻur musulmonlaridan iborat boʻlgan Shinjonni bosib olgach, u yerda yashayotgan musulmonlarni, xususan uygʻurlarni oʻz eʼtiqodlaridan qaytarish, Islom dinini hayotdan va jamiyatdan surib tashlashga boʻlgan harakatini bir daqiqaga boʻlsa ham toʻxtatmadi. Musulmonlarga diniy ilmlar oʻrganish taqiqlandi. Yoshlarga islomiy ilm berib kelayotgan olim va ulamolar quvgʻin qilindi, turli xil ayblovlar bilan qamoqqa tashlandi. Erkaklarga soqol qoʻyish, ayollarga hijob kiyish man qilindi. Imomlar maydonda ommaviy raqs tushishga majbur qilindi. Hattoki ramazon oyida roʻza tutish, hukumat ishida ishlayotgan musulmonlarga namoz oʻqish taqiqlandi. Musulmonlar toʻngʻiz goʻshti yeyishga, muslima singillarimiz esa  najas xanlar bilan oila qurishga majburlandi. Millionlab musulmon birodarlarimizni maxsus “qayta tarbiyalash” kontslagerlarga tashladi va yuzlab musulmonlarni jismonan yoʻq qilindi… Bu ishlarning barchasi rasmiy hukumat iddao qilganidek, “terrorist” va “ekstermist”larni yoʻq qilishga qaratilgan.

 Dunyo hamjamiyati, jumladan, AQSh Xitoyning yillar davomida musulmonlarga qarshi olib borayotgan qatagʻon siyosatini bilib bilmaslikka olib kelishdi. Ammo Xitoy bilan AQSh munosabatlariga sovuqchilik tushgach, AQSh boshchiligidagi gʻarb davlatlarining esiga “inson huquqlari” tushib qoldi. Xitoy Shinjonda lagerlar tashkil qilganlikda ayblandi.

 Aslida “demokratiya”, “inson huquqlari”, “vijdon erkinligi”… va boshqa yaltiroq atamalar AQSh va Gʻarb davlatlarining boshqa davlatlarga bosim oʻtkazishdagi qurollaridan biri boʻlib, oʻzlari uchun manfaatli boʻlgan vaqtda bundan foydalanishadi. Bosim oʻtkazilayotgan davlat ular qoʻygan shartlarga rozi boʻlsa, yoki bunday “demokratiyadan” manfaat kelmaydigan boʻlsa – Suriya, Mьyanma va boshqa yerlarda musulmonlar qirgʻin qilinishiga sukut saqlashgani kabi – bundan osonlikcha voz kechishadi.

 Abdurahmon Odilov  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.