Suriyadagi namoyishchilar frontlarni ochish va qizil chiziqlarni buzishga chaqirmoqdalar

1028
0

Suriyadagi namoyishchilar frontlarni ochish va qizil chiziqlarni buzishga chaqirmoqdalar

Shom ahli juma namozidan soʻng Hozim va Amanaz shaharlarida hamda Idlib yaqinidagi Talli Karoma jamloqlarida bir necha namoyishlar oʻtkazdi. Namoyishlarda frontlarni ochish, qizil chiziqlarni buzish hamda Darʼa muhofazasidagi qamalda qolgan Sanamayn shahriga yordam berishga chaqirildi. Shuningdek, namoyishchilar Loziqiya yaqinidagi Kubaynadagi mujohidlarga yengillik boʻlishi uchun Sohil frontini ochishni ham talab qilishdi. Ozod etilgan mintaqalarda hech narsani ayamay bomba yogʻdirilayotganini qattiq qoralashdi. Erdogan Turkiyasi rejimining bularga sukut qilayotganiga nisbatan nafrat izhor qilishib, butun Shom ahliga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarga uning ham sherik ekanini taʼkidlashdi.

Roya gazetasining 2019 yil 5 iyun chorshanba kungi 237-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.