Jinoyatkor Rossiya Qrimda tatar musulmonlarini xususan, Hizb ut-Tahrir aʼzolarini repressiya qilmoqda

377
0

Jinoyatkor Rossiya Qrimda tatar musulmonlarini xususan, Hizb ut-Tahrir aʼzolarini repressiya qilmoqda

Arabul Yavm sayti (hijriy 1440 yil 24 Ramazon, milodiy 2019 yil 29 mayda) nashr qilgan maqolada bunday deyilgan:

“Britaniyada chiqadigan Tayms gazetasida nashr qilingan “Qrim tatarlari Rossiyaning doimiy repressiyasidan qoʻrquvdalar” sarlavhali maqolada “yaqinda oʻtkazilgan qamoqqa olish kampaniyasi rus rejimining Qrim tatarlariga qarshi sistematik ravishda olib borayotgan qamoqqa olish kampaniyasi doirasida boʻlgan”ligi taʼkidlangan. Qrimdagi tatar musulmonlar Rossiyaning bundan besh yil muqaddam referendum oʻtkazish orqali oʻz yerlariga qoʻshib olgan ayni yarim orol aholisining 12 foizini tashkil qiladi.

“Hozirda 80 nafardan ziyod tatar Rossiya qamoqxonalari qurboni boʻlganlar. Ulardan koʻpchiligi “Hizb ut-Tahrirga aʼzolik” ayblovi bilan sud qilinishni kutib turibdilar”, deyiladi maqolada. Maʼlumki, Hizb ut-Tahrir Ukrainada ruxsat berilgan partiya boʻlsa-da, Rossiya uni terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritgan.

Maqolaga koʻra, “Bu partiya tatarlar orasida kommunistik tuzum yemirilishi ortidan paydo boʻlgan. Sovet Ittifoqi tatarlarni Stalin zamonida Oʻrta Osiyoga surgun qilgan edi. 1991 yilda esa, ular oʻz vatanlariga qaytishdi, qaytishdi-yu, qayta slavyanlar zarbalariga nishon boʻlishdi. Lekin Hizb ut-Tahrir aʼzolari atigi bir necha mingni tashkil qilishlariga qaramay, biroq puxta uyushgan tashkilot hisoblanadi”.

Roya gazetasi sharhi:

Jinoyatkor Rossiya rejimi, qonunbuzarlik va musulmonlarni qattiq yomon koʻrish siyosatini qoʻllar ekan, Oʻzbekistondagi oʻlgan togʻut Karimov tajribasini tatbiq qila boshladi. Shubhasiz, bu rejimning barcha sudlari, tergovlari, protokollari, guvohliklari, shuningdek, ekspertlari-yu mutaxassislari orqali olib borayotgan ishlari, gʻirt soxta ekani yaqqol namoyon boʻldi. Bulardan maqsad, Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashiga qonuniylik tusini berishdir. Bundan tashqari, bu davlat maxsus xizmati xodimlari qamoqdagi Hizb aʼzolarini ozodlikka chiqarmaslik vazifasini olishgan. Shu bois ulardan qamoq muddatini tamomlaganlarga ham qoʻshib (raskrutka qilib) berishyapti, Hizb aʼzolari oʻz daʼvatlarini davom ettirishdan tiyilmas ekan, ularni qamoqdan chiqarmay ushlab turishga harakat qilishyapti.

Roya gazetasining 2019 yil 5 iyun chorshanba kungi 237-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.