Saylov va uni jilovlash hamda adashtirish uslublari

449
0

Saylov va uni jilovlash hamda adashtirish uslublari

Soʻnggi yillarda, xususan, Ummat fikran uygʻonib, siyosiy maydonda islomiy oqimlar faol va sezilarli ravishda namoyon boʻla boshladi. Shuningdek, Ummat oʻzining achchiq voqeiga qarshi qoʻzgʻolon bosqichiga oʻtib, musulmon yurtlarda siyosiy rejimlar zulmu zoʻravonligiga qarshi oyoqqa turdi. Shundan soʻng, musulmonlar yelkasiga minib olgan rejimlar yangicha uslubni qoʻllashga oʻtdi. Maʼlumki, avvalgi uslublari islomiy faoliyatni yoʻq qilishdan iborat edi. Shuningdek, zulmu istibdoddan qutulishga va Islom Ummati sifatida oʻziga loyiq maqomga koʻtarilishga qaratilgan toʻgʻri harakatlardan chalgʻitib yuborishdan iborat edi. Endi, zolim rejimlarning bu eski uslublariga qoʻshimcha yangi uslubi saylov mafkurasini oʻrtaga tashlashdir. Bu saylov uslubi siyosiy maydonda, xususan, musulmon yurtlaridagi qoʻzgʻolon alanga olgan siyosiy maydonlarda koʻtarib chiqilmoqda. Masalan, bunday saylovni kuni kecha Kinona Misri bilan Tunisdagi hukmdorlar oʻtkazishgan boʻlsa, bugungi kunda Jazoir hukmdorlari rejim zoʻravonligi va korruptsiyasiga qarshi qoʻzgʻalgan xalq talablarini jilovlab olishga urinib, avval milliy muloqot, keyin saylov mavzusini tiqishtirishyapti. Xoʻsh, ezilgan mazlum xalq mana shunday korruptsion rejim mavjud boʻlib turgan bir paytda, ushbu saylov orqali oʻz boshidan zulmni daf qilishga muvaffaq boʻla oladimi?! Nega musulmonlar bunday makkor uslubga aldanmoqdalar?!

Buning javobi sifatida bunday deymiz: Aslida, saylov qator tanlovlardan eng afzalini tanlash, demakdir. Javhariyning “Sihoh”ida bunday deyilgan: “Saylov – tanlovdir, masalan, sohibini sayladi, yaʼni, tanladi, deyilgani kabi”. Boshqaruv va idora mavzusidagi saylov bu bir guruh shaxslar orasidan afzal deb bilganini saylash amaliyotidir. Bundan saylangan shaxslarning odamlardan vakil sifatida boshqaruv va maʼmuriyatga xos hukmlarni tatbiq qilishlari maqsad qilinadi. Yaʼni, shu shaxslar oʻz mafkuralariga muvofiq yoki shu mafkuraga asoslangan hukmlarga muvofiq oʻzlariga tegishli boshqaruv bilan shugʻullanishlari maqsad qilinadi.

Saylov va tanlov mavzusida Islom shariatida alohida mumtoz ahkomlar mavjud boʻlib, u Gʻarb tuzumlaridagi saylovdan ham, musulmon yurtlarida tatbiq qilinayotgan iflos tuzumlardan ham farq qiladi. Islom shariatidagi saylov hech qanday tazyiq va majburlashsiz erkin oʻtkaziladi. Har bir shaxs – agar oʻzida qobiliyatni koʻrsa yoki boshqa musulmonlar uni qobiliyatli, deb hisoblasa – saylovga oʻz nomzodini qoʻyish va saylanish huquqiga ega. Bularning barchasidagi shart shuki, Islom mafkurasi va ahkomlari saylovda koʻtarilayotgan masalaga asos boʻlsin.

Endi, qanday qilib musulmon yurtlaridagi saylovlarda jilovlash, adashtirish va toʻgʻri harakatdan chalgʻitish jarayoni amalga oshirilmoqda, qanday qilib eski korruptsiya kuchayib, saylangan parlament orqali unga navbatdagi-yangi korruptsiya qoʻshilyapti?! Zero, bu rejimlar juda koʻp ishlar bilan aldov, makr va adashtirishga asoslangan rejimlardir. Qoʻyida ushbu aldov, makr va adashtirish ishlariga misol keltiramiz:

1 – Odamlarni saylov oʻyini bilan band qilib, ularning hukumatdagi zolim guruhlardan intiqom olish tuygʻusini soʻndirish. Yaʼni odamlar hukumatdagi zolim guruhlar oʻz qonun va uslublari yordamida chizib bergan saylov mavzusi bilan band boʻlib, korruptsiya mavzusidan chalgʻiydilar.

2 – Jamiyatga fitna urugʻini sochish. Bu fitna shundan iboratki, oyoqlari likillab qolgan va korruptsiyachi gumashtalar yastanib oʻtiradigan hokimiyat kursilarini egallash uchun odamlar mansab ustida bir-birlari bilan raqobatlashar ekan, rejimlar u yer, bu yerdagi oʻzining xavfsizlik xizmatlari yordamida ushbu raqobatlashayotgan guruhlar orasida fitna olovini yoqadi. Bu – yo noxolis targʻibot-tashviqotlar orqali yoki vandalizm, suiqasd va soxta tahdidlar bilan amalga oshiriladi.

3 – Hukmron guruhning korruptsiya va tugʻyonga botganiga qaramay, ularni saylashda jamiyat qatlamlarining ishtirok etishi ayni korruptsiyani yana-da mustahkamlab, umrini uzaytiradi. Shuningdek, ayni korruptsiyachi rejimga yaqin boʻlgan va uni qoʻllab-quvvatlayotgan armiya qoʻmondonlari umrini ham uzaytiradi. Aslida esa, korruptsiyaning korruptsiyasiga sherik boʻlish emas, balki odamlar tomonidan uni agʻdarilishi yoki chetga chiqarilishi lozim edi.

4 – Eski ilmoniy qonunlarni mustahkamlash va “terrorizm”ga qarshi kurash boʻyicha yangi qonunlarni qoʻshish, islomiy qadriyatlardan voz kechish, mast qiluvchi ichimliklar bilan gomoseksualizmga ruxsat berish, yangi saylangan rahbarlar orqali yurtni xalqaro qarzlarga bogʻlab olish, mollarni obdan programmalashtirilib, tayyorlangan nopok yoʻllar bilan oʻgʻirlashga qonuniylik tusini berish.

5 – Saylangan parlamentlar orqali muxolafat, degan narsani paydo qilib, korruptsiyani kuchaytirish, tomirini mustahkamlash, qoʻllab-quvvatlash va “qonuniylashtirish”. Ayni korruptsiyaning oʻzgarishsiz oʻz ildizida qolgani holda, prezidentlik kursisiga oʻtirgan shaxsga kelsak, u ham korruptsiyachilar va xalqaro jinoyatkor qonunlar karvoniga ergashmay qolmaydi.

6 – Umidlarni puchga chiqarish hamda xalq harakatiga va korruptsiyachi togʻutlarga qarshi qoʻzgʻolonga nisbatan ishonchsizlikni paydo qilish. Yaʼni, odamlar oʻzlari saylagan vakillarini korruptsiya karvoniga ergashib, ular ham korruptsiyachiga aylanganini koʻrib, hafsalalari pir boʻladi. Yangi partiyalar yetakchilari navbatdagi qoʻzgʻolon harakati maqsadiga aylanishadi. Bu bilan korruptsiya faqat rejim va u yerdagi rahbarlargagina cheklanmay, balki doirasi yana-da kengayib, jamiyatning katta qismini oʻz ichiga oladi. Ana shunda xalq bosimlari pasayadi, intiqom maqsadi soʻnadi.

Mana shunday umumiy ishlar bilan odamlarni adashtirish va asosiy maqsadlaridan, yaʼni, korruptsiyani agʻdarishdan chalgʻitish ishi ketmoqda. Saylov esa, korruptsiyani agʻdarib, uni almashtirish oʻrniga, uning jinoyatlarini yopish va yashirish bilan unga sherik boʻlyapti.

Kinona Misrida Husni Muborakning haybati soʻnib, taxtdan tushishi ortidan 2012 yil 11 sentyabr juma kuni millionlab musulmon maydonga chiqdi va talablari shariatning tatbiq etilishidan iborat boʻldi. Rejim esa, saylov degan yolgʻon oʻyin boshlab, odamlardagi nafrat tuygʻusini soʻndirdi va yoʻllaridan ozdirdi hamda ularning vakillarini korruptsiyaga sherik qildi. Oʻshanda rejim koʻzlagan fitna yuz berdi… Odamlarni qirgʻin qildi… Korruptsiyachi rejimni agʻdarish sari qoʻzgʻalgan xalq toʻfonini soʻndirishga muvaffaq boʻldi.

Tunisda ham shunday ish boʻldi. Saylov degan yolgʻon oʻyinga islomiy oqim kiritildi… Oqibatda u ham rejim sherigiga aylanib, korruptsiyasiga yordam beradigan, korruptsiya, oʻgʻirliklar va Xalqaro Valyuta Fondi quchogʻiga kirish kabi yangi jinoyatlarini yopadigan boʻldi.

Bugun Jazoir ahlini ham xuddi Misr va Tunis ahlini aldashgan oʻsha uslub bilan aldashmoqchi. Hozirda koʻtarib chiqilayotgan Milliy muloqot va odamlardan vakil saylash kelasi saylovning, yaʼni, eng katta aldov bosqichining muqaddimasidir. Bu saylov degan narsa korruptsiyachi rejimni agʻdarishga toʻgʻanoq boʻlyapti va unga korruptsiyachiligini davom ettirishiga, bu jinoyatlariyu qonunlari ildizini qanday boʻlsa-oʻshandek saqlab qolishiga imkoniyat yaratyapti. Bas, shunday ekan, ey Jazoir ahli, ey zulm, yovuzlik va poraxoʻrlikka qarshi qoʻzgʻalganlar, juda hushyor boʻling! Ongli boʻlib, qonxoʻr jinoyatchi rejimning nima qilmoqchiligini tushuning. Hamma narsadan ham eng birinchi maqsadingiz, rejimni ildizi bilan qoʻshib agʻdarish boʻlsin. Uning korruptsiyasiga sherik boʻlishiga ham, korruptsiyasi ostida saylov oʻtkazilishiga ham aslo yoʻl qoʻymang. Chunki rosululloh ﷺ

“لَا يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ”

“Moʻmin bir kovakdan ikki marta chaqtirmaydi”, deganlar. Umar Foruq roziyallohu anhu ham “musulmon aldamaydi ham, aldanmaydi ham”, deganlar.

Xotima oʻrnida shuni aytmoqchimizki, Islom Ummati saylov degan yolgʻonga aldanmasligi, u bilan mashgʻul boʻlib qolmasligi, hatto unda ishtirok etmaslik kerak, chunki bu saylov ulugʻ maqsaddan chalgʻituvchi oʻyindir. Ulugʻ maqsad esa, rejimni agʻdarib, korruptsion siyosiy doiralari bilan qoʻshib almashtirishdir. Shunday jinoyatkor malay rejim ostida parlament yoki hukumatda ishtirok etish oʻsha jinoyatlar umrini uzaytiradi, uni qoʻllab-quvvatlaydi hamda yirtilib ayblari koʻrinib qolgan niqobini yamaydi. Ummatimiz zimmasiga bunday yuvindixoʻr rejimlarni agʻdarish bilan keng qamrovli inqilobiy oʻzgarish yasash, Islomni tatbiq oʻrniga qoʻyish va shu yoʻlda harakat qilayotgan xolis insonlar atrofiga jipslashish vazifasi tushgan. Ushbu kalomni aytgan Robbimiz naqadar haq soʻzladi:

قُلْ هَٰذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ عَلَىٰ بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ

“Ayting: “mening yoʻlim shudir. Men Allohga daʼvat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga-ishonchga egamiz. (Har qanday sherikdan) Allohni poklayman. Zero, men mushriklardan emasman”  [Yusuf 108]

Allohga duo qilib, Islom Ummatiga toʻgʻri tub oʻzgarish yasash neʼmati bilan siylashini, hukmdorlarning makru nayrangi va zalolatlarini Ummatdan nari qilishini soʻrab qolamiz.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.