Istanbulda 350 ming bolani yozgi Qur’on kurslariga jalb qilishmoqchi

536
0

Istanbulda 350 ming bolani yozgi Qur’on kurslariga jalb qilishmoqchi

Istanbul muftiysi Hasan Komil Yilmaz 17 iyun kuni masjidlarda bolalar uchun yozgi Qur’on kurslari boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqida “Anadolu” axborot agentltgi xabar tarqatdi.

Kurslarda boshlang‘ich va o‘rta maktab, shuningdek, litsey o‘quvchilari ta’lim olishlari mumkin. Bolalarga Qur’on o‘qish o‘rgatiladi va diniy ma’lumotlar beriladi. Muftiyning aytishicha, maktablarda “Din va axloq” darsi o‘tiladi, biroq masjidlardagi Qur’on kurslarida bolalar amaliy bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

“Masjidga kelgan bolalar ayni paytda masjidning a’zolari hisoblanadi. Jamoatga qo‘shilib, kattalar bilan saf tutib, Islomni va musulmonlikni o‘rganishadi”, – dedi Hasan Komil Yilmaz.

O‘tgan yilgi Qur’on kurslariga 287 ming bola qatnashgan, bu yil bu raqamni 350 mingga yetkazish rejalashtirilmoqda. Kurslar soni 2018 yilda 8925 ta edi, bu yil esa 10 mingga yetkazildi.

Izoh: Bu Erdogancha razilona siyosat! Ya’ni Islomni faqat masjidu madrasalarga cheklab, zikru tasbeh deb tanitgan qabih siyosatdir! Dinni na faqat hayotdan balki qalblardan ajratgan manfur siyosatdir!

Holingga voy bo‘lsin Erdogan, odamlarni fikriy g‘aflatga botirib aldashing mumkin, ammo Yaratuvchini alday olmaysanku. Dunyoda ko‘plab musulmonlar uning sa’y harakatlariga tahsinlar aytib, uning qo‘li bilan Shariat hukmlari oliy bo‘lishini kutmoqdalar. Qaniydi shunday bo‘lsa. Ming afsuski, ilmoniy loihalar asosida hukm yuritayotgan Turk hukumati ham Ummatning fikriy o‘yg‘onishiga to‘siqlar qo‘ymoqda. O‘sha 282 ming Ummat o‘g‘lonining kelajakdagi rijollari, ular bilan Shariat himoya qilinishi kerak, ulardan mujtahidlar chiqishi shart! Ammo ilmoniy rejim aslo bunga yo‘l qo‘ymaydi. Turkiya hukumati o‘zining ikkiyuzlamachi siyosati bilan Ummatni aldashda davom etayapti . Tasavvur qiling bir devor qo‘shningizni kimlardir oshkoro holatda qatl qilyapti, uyini vayronaga aylantiryapti, bolalarini vahshiylik bilan so‘yib yuboryapti, zaharlayapti… Siz esa, o‘z uyingizda savob umidida boshingizni ko‘tarmasdan qiroat qilib o‘tiribsiz. Turkiyaning siyosati aynan mana shudir. Agar muqaddas Qur’onda kelgan birgina oyatiga amal qilinganida edi, qo‘shni Shom Musulmonlari shunchalik azobda qolmagan bo‘lardi.

Bu fasodga to‘la kapitalistik sistema yangi-yangi uslublar yordamida handaq qazib Qur’onu Sunnatni yanada chuqurroq ko‘mishga harakat qilyapti-yu, siz esa hamon jannat ilinjida boshingizni qiroatdan ko‘rmayapsiz. To‘g‘ri, Shariat Qur’on o‘qish va uni ta’lim berishni amallarning eng afzalllardan deb ta’riflaydi, Nususda kelgan ta’riflarga iymon keltirish va unga amal qilish biz uchun vojibdir. Qur’on tilovati bilan olamdan o‘tgan yaqinlarimiz haqqiga duo-fotiha qilamiz, Alloh nomini zikr qilib Undan mag‘firat so‘raymiz. Ammo aslini olganda, Qur’on biz tiriklar uchun hayotiy dasturulamal emasmi?!

Qur’on tilovati Musulmonlar uchun asosiy ibodat manbai hisoblanadi, bunga zararacha shubha yo‘q. Biroq Ummatni birlashtirib turgan Yagona Xalifalik davlatidan keyin yuzlagan masjidlar qurildi, madrasalarda ta’lim ko‘paydi, ammo tashqarida aroq sotilmay qoldimi? Yoki fohishalar kamaydimi? Musulmon yorug‘likka chiqdimi? Harchand Qur’onga talpinganimiz sari dunyo bo‘ylab zulmu zo‘rovanlik ko‘payaptiku?! Sababi nimada? Sabab – kufr olami Rajab Toyyib Erdogan kabi sodiq yordamchilari bilan Qur’onni qalbimizdan emas, balki faqat tilimizdan joy olishiga urinmoqda. Natija nima bo‘layapti? Biz borib marhumlar uchun chiroyli ovoz bilan Allohi Taoloning

قُلْ لِلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ذَلِكَ أَزْكَى لَهُمْ إِنَّ اللهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ

(Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! (Nur: 30).

وَقُلْ لِلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ

«Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar!» (Nur: 31).

oyatlarini tilovat qilyapmiz.

Oqibati nima bo‘ldi? Siz tilovat qilgan oyatga murdalar qabrdan turib nomahramdan ko‘zini to‘sdimi? Yoki avratlarini yopinchq bilan yopdimi? Chirib bitayotgan suyaklara??? Bu mantiqiy xulosa bir tarafdan nihoyatda kulgili bo‘lsa, boshqa tarafdan o‘ta achinarli. Insonning bexosdan vijdoni titrab, ko‘zlariga yosh kelishiga sabab bo‘ladi. Ha aynan shunday qilyapmiz. Biz har kuni yuz martalab bu oyatlarni tilovat qilyapmiz, ammo foydasi yuk. Koshkiydi faqat Qur’on yodlash bilan Jannatga erishsak, hammaga oson bo‘lardi. Biroq biz Allohning hukmni hayotga qaytarmay, bir Odil rahbar yordamida uni butun yer yuziga joriy qilishga harakat qilmay, Jannatni orzu qilib o‘tiribmiz.

Qur’on o‘qiyotganimizda bu Kalomlar kimga aytilayotgani xususida tadabbur qilaylik, bo‘lmasam, yuqoridagi gap…, xotirjam bo‘lmaylik, uni hayotga qaytaraylik, tiriklarga qaytaraylik zero ming marta takrorlasangiz ham Shariatga marhumlar amal qilolmaydilar. Qur’on Kitobda qolib ketmasin, uni joriy etaylik hayotga qaytaraylik.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.