Xalifalik soliqlar solish bilan kambagʻallar tinkasini quritmaydi

23
0

Allohning izni ila yaqinda barpo boʻlajak Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik zolimona soliqlar solish bilan kambagʻallar tinkasini quritmaydi, balki davlatni ulkan daromadlar bilan taʼminlaydi

Xalqaro Valyuta Fondi bilan imzolangan shartnomaga binoan, Pokiston rejimining iqtisodchilar guruhi 2019 yil 26 may kuni 2019-2020 yillarga moʻljallangan soliqlar boʻyicha byudjet takliflarini ishlab chiqdi. Rejim byudjetni 5.550 trillion rupiga yetkazish maqsadida, yaʼni joriy yil hisobotidagidan 35.4 %ga koʻtarish uchun soliq yigʻish hajmini oshirmoqchiligini maʼlum qildi.

Shubhasiz, soliq yigʻish hajmini 35.4 %ga koʻtarish vaziyatni yana-da ogʻirlashtirishdan boshqa narsaga olib kelmaydi. Shundoq ham soliqlar odamlar tinkasini quritdi… hamda ishlab chiqarish xarajatlarini oshirib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmon masalasidagi xarid qudratini falaj ahvolga olib kelib qoʻydi.

Ey Pokistondagi musulmonlar!

Vayron boʻlayotgan iqtisodiyotimizni tiklash uchun Xalqaro Valyuta Fondidan emas, balki boshqa tomondan davo izlash vaqti allaqachon kelgan. Ummati Muhammadiya oʻzimizning buyuk dinimizdan boshqasiga muhtoj emas. Zero, Xalifalik mobaynida Ummat faqat Oʻz dinidan yechim olib kelgan. Alloh Taolo aytadi

كَيْ لاَ يَكُونَ دُولَةً بَيْنَ الأَغْنِيَاءِ مِنْكُمْ

“… Toki sizlardan boy-badavlat kishilar oʻrtasidagina aylanib yuraveradigan narsa boʻlib qolmasin uchun …”            [Hashr 7]

Islomdagi daromad tizimi boylikning bir siqim shaxslar qoʻlida yigʻilib qolishiga yoʻl qoʻymaydi. U kambagʻal va muhtoj kishilarga ogʻir kelmaydigan tarzda boylik aylanishini kafolatlaydi hamda savdo soligʻi, xizmatlar soligʻi, kirimlar soligʻi kabi toʻlovlar bilan ularning tinka-madorlarini quritmaydi. Allohning izni ila, yaqinda barpo boʻlajak Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatining dehqonchilik yerlari va tijorat tovarlariga yetarlicha ega boʻlgan yirik sarmoyaga egalaridan oladigan daromadi bor. Yaʼni, ularning qishloq xoʻjalik ekinlari va tijorat mollari zakotini oladi. Shuningdek, Xalifalik davlati elektr stantsiya egalarining daromadlarini taʼminlash uchun isteʼmolchilardan yiliga yuzlab milliard rupi undirmaydi. Balki bunday qilish oʻrniga, energetika va mineral boyliklarni omma mulki boʻlishini kafolatlaydi. Bu esa, davlat xarajatlari uchun yirik daromad tushishini taʼminlaydi. Protsentli kreditni yopish uchun 1.5 trillion rupi toʻlash oʻrniga, Xalifalik davlati sudxoʻrlikka asoslangan qarzlarni moliyalashtiruvchi sistemani yoʻq qilish orqali, davlat xazinasidagi bunday isrofgarchilikka chek qoʻyadi. Xalifalik davlati oʻgʻirlangan boyliklarni siyosiy va harbiy rahbariyatdagi Musharraf, Kiyoniy, Navoz va Zardoriy singari korruptsiyachilardan undirib oladi hamda bu kabi kimsalarning soxta sudlov bilan qutulib ketishlariga chek qoʻyadi. Agar davlat majburiyatlarini bajarish uchun Baytulmolda yetarli mablagʻ boʻlmay qolsa, mana shunday holdagina Xalifalik davlati musulmonlarning asosiy va kamoliy ehtiyojlaridan ortiqcha mollariga insof bilan soliq belgilaydi. Muhtojlardan zinhor-bazinhor mol olmaydi, aksincha, ularning oʻziga moliyaviy yordam beradi. Bas, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali yurtda real oʻzgarish yasash vaqti kelmadimi?! Musulmonlar bu dunyo va oxirat yutugʻiga ega boʻlish uchun Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqarish yoʻlida kurashmoq vaqti kelmadimi?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.