ShHT: Tashkilotning maqsadi

696
0

ShHT: Tashkilotning maqsadi

 13-14-iyun kunlari Qirgʻizistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti boʻlib oʻtadi. Tashkilotni tuzish tashabbuskorlari Rossiya va Xitoy mustamlakachi “derjavalar”dir. Uning rasmiy tillari – xitoy va rus tilidir. Tashkilot qanday maqsadda tashkil etilgani ushbu davlatlarning yaqin tarixdagi munosabatlariga nazar solish orqali oydinlashadi. 

 Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng Rossiya bilan Xitoy munosabati “yaxshi qoʻshnichilik” darajasiga koʻtarildi. Chunki, Gʻarb derjavalari Ittifoqni qulatishga muvaffaq boʻlishganidan soʻng undan ajralib chiqqan “mustaqil” mustamlakalariga bosqinchilik yurishlarini boshlab yuborishgan edi. Shu tufayli Rossiya uchun uning mustamlakalariga koʻz olaytirmaydigan hamkor zarur boʻldi.

 Xitoy uchun ham Rossiya kabi “strategik hamkor” zarur edi. Chunki, Xitoy oʻz hududidan tashqarida mustamlakachilik yurishlarini boshlamasligi uchun AQSh har doim uni oʻz “izmidan” chiqarmaslikka harakat qilib kelgan. Shu sababli AQSh Yaponiya va Janubiy Koreyaga harbiy tomondan oʻrnashib oldi, Hindistonni unga qarshi qayrab turadi, Tayvan, Tibet, Uygʻuriston, Gonkongni “mustaqil” boʻlishga undab turadi… Qisqasi, Xitoyga shu kabi muammolarni tugʻdirib turadi. Shuning uchun Xitoyga ham – AQSh kabi muammo paydo qilavermaydigan – ittifoqchi zarur edi.

 1996-yili “Shanxay beshligi” tuzildi. Bu tashkilotning maqsadi vaziyatni izdan chiqaruvchi AQSh kuchlarini tashkilotga aʼzo davlatlar ichiga kirishinining oldini olishga qaratilgan edi. Chunki, oʻsha yili AQSh Afgʻonistonda Tolibonni hokimiyat tepasiga kelishiga yoʻl ocha boshlagandi. AQShning bunday siyosati Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkiston musulmonlariga yoyilishini oldini olish uchun mazkur tashkilot tuzildi. Oʻzbekiston hukumati Tolibonni qoʻllagan AQSh siyosatidan himoyalanib, 2001-yili “Shanxay oltiligi”ga kirdi.

 2001-yili AQSh dunyoda yakka hukmronlik qilish siyosatini olib borib, boshqalarning mustamlakalarini bosib olishda “ekstremizm va terrorizm” bahonalaridan foydalanishni koʻzlab qoldi. Shu sababli, Amerika shu bahonalar bilan “shanxaychilar” hududiga kirib kelmasligi uchun, “shanxay oltiligi” yanada takomillashtirilib, “Shanxay hamkorlik tashkiloti” boʻlib qayta tuzildi.

 Tolibon AQSh buyruqlariga bosh egmay qoʻyganidan soʻng, 11-sentyabr voqealari bahonasi bilan Amerika Afgʻonistonni bosib oldi. Amerika tomonidan bu “terrorizmga qarshi kurash” deb nomlandi. AQShning bu bosqinchiligiga ShHT qarshilik qilolmadi, aksincha uning “terrorizmga qarshi kurashiga” ergashib, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda aviabazalar ochib berishga majbur boʻldi.

 2003-yili AQSh Britaniyaga qarashli Iroqni bosib oldi. Shundan soʻng, uning bunday tortib olishlariga qarshi Germaniya-Frantsiya-Rossiya uchligi tuzildi. Buning natijasida Amerika chekindi. Mana shundan soʻng ShHT qoʻllovi bilan 2005-yili Oʻzbekistondan AQSh aviabazasi chiqarib yuborildi.

 Hozir Xitoyning ogʻir sanoati juda yaxshi rivojlanib, dunyodagi 2-iqtisodga aylandi, harbiy sohada 3-oʻrinda, yadroga ega davlatgina boʻlib qolmay, kosmik derjava ham boʻlib qoldi, IT sohasida ilgarilab ketdi… Shu sababli Xitoyda “oʻzini-oʻzi izolyatsiya qilish”dan voz kechib, tashqi mastamlakachilik yurishlarini amalga oshirish ishtiyoqi paydo boʻldi. “Bir makon, bir yoʻl” loyihasini amalga oshira boshladi. (Shu sababli ham AQSh uni “№1-strategik raqib” sifatida qabul qildi). Buning aksi oʻlaroq, Rossiyaning ogʻir sanoati rivojlanmadi, xom-ashyo sotib kun koʻradigan davlatga aylandi, shu tufayli harbiy quvvati ham ortga keta boshladi. Gʻarb davlatlari sanktsiyalari kasofatidan Xitoyga yon berishga majbur boʻldi.

 Shular sababli Xitoy ShHT orqali oʻzining Oʻrta Osiyoga nisbatan iqtisodiy taʼsirini oshirishga jiddiy eʼtibor qarata boshladi. Sammitlarda iqtisodiy kelishuvlar asosiy oʻrinni egallab qoldi. Buni biz Xitoy bilan Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasidagi investitsiya, qarz, savdo, kommunikatsiya va ishlab chiqarish korxonalari qurish sohasidagi shartnomalarda koʻrib turibmiz.

 Hozir Xitoy Oʻrta Osiyoga nisbatan iqtisodiy bosqinchilikni amalga oshirmoqda, ertaga demografik bosqinchilikni boshlaydi. Undan soʻng bularni harbiy quvvati bilan qoʻllab-quvvatlashi kerak boʻladi…

 Shunday qilib, Xitoy yirik mustamlakachi davlatga aylanib, ShHTda “katta ogʻa” boʻlib qoldi. U Rossiyaga doʻst emas, masalan, uning savdo balansida 1-oʻrinda Amerika turadi, Rossiya esa 10-oʻrinda. Rossiya ham Xitoyga doʻst emas, u Amerika bilan munosabatlari izga tushib ketishi ilinjida AQSh manfaatlariga xizmat qilib kelmoqda. Masalan, AQSh talabi bilan Suriyaga kirdi va koʻp moddiy chiqimlarga duchor boʻldi, shuningdek, dunyo hamjamiyatiga yomon koʻrindi. Biroq, shularning barchasiga rozi boʻlib xali ham uning xizmatida yuripti. Shu sababli Xitoy bilan Rossiyaning ShHT tashkilotidan koʻzlagan maqsadlari tobora farqlanib boryapti. 

 Pokiston va Hindistonning tashkilotga aʼzo boʻlishdan maqsadlari ham tashkilotchilarnikidan farq qiladi. Pokiston va Hindiston hukumatlari AQShga malay boʻlgani sababli, ularning asosiy vazifalari AQSh tomonidan belgilangan. AQSh ularni ShHTni ichidan yemirish uchun bu tashkilotga aʼzo qilib kiritdi. 

 ShHTni tashkil qilgan Rossiya ham, Xitoy ham kufr derjavalardir. Islomga qarshi kurashda ular ham boshqa kofirlar bilan bir safda turadi. Shuning uchun ham ShHT oʻz oldiga “ekstremizmga qarshi kurash”, yaʼni Islomga qarshi kurash maqsadini qoʻygan va bu sohada Xitoy bilan Rossiya hamfikrdirlar. Masalan, ShHTning 2003-yili Moskvada boʻlib oʻtgan sammitida “ekstremizmga qarshi kurash” kun tartibiga alohida kirgizilib, Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasiga alohida eʼtibor qaratildi. Chunki, Hizb ut-Tahrir partiyasi – dunyoda tatbik etilayotgan demorkatiya kufr mafkurasiga, uning kapitalistik tuzumiga qarshi – fikriy-siyosiy kurash orqali Islom mabdasini koʻtarib chiqyapti.

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.