ShHT sammiti arafasida

417
0

ShHT sammiti arafasida

 Bishkek militsiyasining 800 xodimi 10-iyundan boshlab kuchaytirilgan tartibda ishlay boshladi. Sammit vaqtida yoʻl harakati xavfsizligining 1000 xodimi kuchaytirilgan tartibda nazorat qiladi.

 Yigʻilish ishtirokchilariga mezbonlik qilish uchun rezidentsiyada tayyorgarlik oʻtkazildi. Bu tayyorgarlikka 450 million som sarflandi.

 Shanxay hamkorlik tashkiloti Rossiya va Xitoy mustamlakachilarining bosqinchilik manfaatlariga xizmat qilishi uchun tashkil etilgan. Shunday boʻlsada, biz yigʻilishlarda bu mustamlakachilar xavfsizligini shunchalik taʼminlab, mana shunday qilib mehmon qilamiz.

 8-iyunda Si Tszinьpinning “Davlat boshqaruvi toʻgʻrisida” kitobining qirgʻizcha tarjima nashri taqdimoti boʻlib oʻtdi. Kitobni “Roza Otunbayeva tashabbusi” fondi tarjima qildi. Tadbirda prezident S. Jeenbekov va sobiq prezident R. Otunbayeva ishtirok etib, nutq soʻzlashdi. Mazkur tadbir Xitoyning “miyalarni yuvish” jarayonidir. Ammo aholisining 90%ni musulmonlar tashkil etishiga qaramay, Qirgʻizistonda shayx Taqiyuddin Nabaxoniyning “Islomda bashqaruv nizomi” kitobi “ekstremistik” deb hisoblanadi.

 10-iyunda Karasayev nomidagi BDU bazasida “Xitoy kutubxonasi”ning rasmiy ochilish marosimi nishonlandi. Bu ham bizning “miyalarni yuvish” uchun tashlangan qadamlardan biridir.

 Shu kuni xitoy va qirgʻiz tarixchilarining ilmiy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi. Unda qirgʻiz tarixi 3000 yillikka borib taqalishi alohida taʼkidlab oʻtildi. Xitoy oʻz mustamlakachiligining yashirishda shunday yoʻl bilan bizni aldamoqchi. Aslida, Xitoy oʻquv qoʻllanmalarida bizning yerlar Xitoyga tegishli qilib koʻrsatilgani maʼlum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.