Tokayev Qozogʻiston prezidentligi saylovlarida gʻalaba qozondi

21
0

Tokayev Qozogʻiston prezidentligi saylovlarida gʻalaba qozondi

 Qozogʻistonning amaldagi rahbari Qosim-Jomart Tokayev mamlakatda 9 iyun kuni oʻtkazilgan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovida gʻalaba qozondi.

 Markaziy saylov komissiyasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, unga saylovchilarning 70,76 foizi (6,5 milliondan ortiq kishi) ovoz bergan.

 Saylovdagi davomat 77,4 foizni tashkil etgan.

 Ekzit-pol maʼlumotlariga koʻra, Toʻqayevning eng yaqin taʼqibchisi — “Ult tagdiri” milliy-vatanparvarlik harakati (Millat taqdiri) rahbari Amirjan Kosanov boʻldi, u 15,39 foiz ovoz olgan.

 Yakshanba kuni Qozogʻistonda hisob boʻyicha oltinchi prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi. Mamlakatni qariyb 30 yil boshqargan va 20 mart kuni prezidentlik vakolatini topshirgan Nursulton Nazarboyev ilk bor saylovda nomzodini ilgari surmadi. Uning partiyasi – “Nur Otan” prezidentlik uchun Tokayev nomzodini koʻrsatdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.