Zelenskiy: Ukraina NATOga aʼzo boʻladi

561
0

Zelenskiy: Ukraina NATOga aʼzo boʻladi

 Ukraina albatta NATOga aʼzo boʻladi, faqat bu masala referendumda koʻrib chiqiladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.

 “NATO tomon kurs bu – birinchi navbatda mamlakat xavfsizligi va armiyamiz darajasi. Biz ukrainaliklarga NATO nimaligi va bu qoʻrqinchli emasligini tushuntirishimiz kerak”, – dedi Ukraina prezidenti.

 Zelenskiy Ukrainani alьyansga kirish masalasi haqida umumxalq referendum oʻtkazilishi haqida bir necha marta aytgandi.

 Bundan tashqari, prezident tomonidan taqdim etilgan harbiy doktrinada armiyani NATO tamoyil va standartlariga asosan boshqarish nazarda tutilgan.

 Kuni kecha NATO rahbari Yyens Stoltenberg Kiyevni bir qator islohotlarni amalga oshirishga eʼtibor qaratishga chaqirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.