Qirgʻiziston: “Siyosiy hayit”

788
0

Qirgʻiziston: “Siyosiy hayit”

 Joriy yil 3-iyun tunida shavvol hiloli koʻringani sharʼiy tasdiqini topgan boʻlishiga qaramay, Qirgʻizistonda 4-iyun, yaʼni Hayit kunida roʻza tutilib, Hiyit namozi bir kun kech oʻqildi. Bunga davlat va muftiyot tomonidan hayit kuni rasmiy tarzda xato belgilanishi sabab boʻldi. 2014-yilgi Ramazon haytida ham shunday boʻlgan edi. Oʻsha vaqtda muftiyot xodimlari oʻz xatolarini bilganlari sababli “bu hayit siyosiy hayit boʻlib qoldi” deyishgan edi.

 “Siyosiy hayit” – darhaqiqat buni olamiy va xalqaro siyosiy maʼnosi bor. Olamiy siyosat jihatidan qaraganda, hayitlarni bunday turlicha belgilanishi kofirlarning Islomga qarshi kurashiga xizmat qiladi. Chunki, musulmonlarning bir kunda hayitni nishonlashlari, ularni shu masalada fikr va tuygʻu jihatdan birlashtiradi. Bu esa, musulmonlarning boshqa masalalarda ham birlashishlariga oʻz hissasini qoʻshadi. Shu sababli kofirlar hayitni turli kunlarda nishonlanishidan manfaatdor. Masalan, bu yil Saudiya, Turkiya va Rossiyaning hayitni nishonlashi sharʼiy nishonlash bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi, biroq, ularning olimlari esa “har bir davlat fuqarolari oʻz hukumatlariga itoat qilishlari kerak” deyishdi. Bunday buzuq fikrlardan maqsad, ushbu davlatlardagi musulmonlarni bir butun Islom davlatida birlashishdan chalgʻitishdir. 

 Xalqaro siyosatdan olib qaraganda, bunday “siyosiy hayitlar” malay hokimlarimizning mustamlakachi xojalari bilan munosabatiga qarab belgilanadi. Masalan, 2014-yili Qirgʻizistonda Rossiya taʼsiri kuchayib ketgan edi (oʻsha yilning iyunida Rossiya Bishkekdan AQShning aviabazasini chiqarib yuborgan edi). Yana oʻsha yili Ramazon hayit Rossiyada 28-iyulga belgilanib (aslida 27-iyulda boʻlishi kerak edi) Qirgʻiziston Rossiyaga ergashdi. Oʻsha vaqtda Qirgʻiziston muftiyoti oʻzlarining hayitni belgilashlariga deyarli Rossiya mftiyoti soʻzlarini “dalil” qilib keltirishgan, hech qanday sharʼiy dalil keltirishgan emas.

 Joriy yildagi hayitni belgilash, xalqaro siyosiy mavqeʼdan qaraganda, undan farq qiladi. Hozir AQShning Oʻrta Osiyodagi siyosati qaytadan jonlanib bormoqda. Bu siyosatning asosi – Oʻrta Osiyo davlatlari orasida integratsiyani kuchaytirib, bu orqali mazkur davlatlarning Rossiyaga boʻlgan qaramligini kamaytirishdir. Bu siyosatdan ayniqsa, Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari manfaatdor. Buni ularning siyosiy-iqtisodiy munosabatlarida koʻryapmiz. Shuningdek, AQSh Oʻrta Osiyo davlatlarining Afgʻoniston orqali Osiyoning boshqa davlatlari bilan boʻlgan integratsiyasini kuchaytirishga harakat qilyapti. Bu sohada bir nechta yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. AQShning Oʻrta Osiyoga nisbatan bunday siyosiy yoʻnalishi doirasida oʻtgan yili Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston hayitlarni bir kunda nishonlashga kelishib olishdi. Keyinchalik bunga Tojikiston ham qoʻshildi. Oʻtgan yili Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston muftiyotlari kelishib, hayit kunini oldindan belgilashdi. Joriy yilda ham Almatidagi V.G. Fesenkov nomidagi fazoviy tadqiqotlar va texnologiyalar milliy markazi maʼlumotlariga tayanib Ramazon oyi boshlanishini oldindan belgilab qoʻyishdi. Bu 6-may kuni qilib belgilandi. Shunga muvofiq Ramazon hayitini ham xuddi shunday oldindan belgilab qoʻyildi. Shu sababli ham muftiyot hech bir sharʼiy dalillarsiz va aqlga ham sigʻmaydigan bahonalar bilan ushbu xatosida qatʼiy turib oldi.

 Demak, bu yilgi hayitdagi chalgʻituv AQSh manfaatlariga xizmat qildi. Shuning uchun ham Qirgʻiziston prezidentini quyidagi davlat rahbarlari tabriklashdi: 

 Oʻrta Osiyodan Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Qozogʻistoning amaldagi va sobiq prezidentlari, Ozorbayjonning AQShga malay prezidenti, Afgʻonitonning AQShga malay prezidenti hamda Gʻarbga malay arab va boshqa musulmonlar mamlakati davlat rahbarlari.

Shu munobat bilan Qirgʻiziston musulmonlariga murojaat qilamiz:

 Ey davlat rahbarlari, sizlar fuqarolar bilan davlat oʻrtasidagi munosabatlarga taalluqli har bir amal uchun javobgarsiz. Kofir xojalaringiz oʻrtasidagi kurashda “qoʻgʻirchoq” boʻlib, Allohning diniga qarshi chiqishni bas qiling. Bu dunyoda malaylik xorligini tortyapsiz, oxiratda duchor boʻladigan xorligingiz esa alamli azob boʻladi.

 Ey muftiyot xodimlari, hayitni belgilashdagi yuqoridagi kabi sabablarni koʻrib turib ham, barcha musulmonlar javobgarligini oʻz zimmangizga oldingiz, Allohdan qoʻrqing! Mustamlakachi kofirlarning dunyosi uchun oʻz oxiratingizni qurbon qilmang, sizlar buning evaziga qoʻlga kiritishni istayotgan dunyo matolari eng arzimas narsadir.

 Ey musulmonlar, Hayitni beligilash kabi jazmiy hukmlarga zid amal qilishda sustashlik qilmang, garchi adashtiruvchilar sizlarning gunohlaringizni oʻz zimmasiga olsa ham, biroq bu narsa sizlarni Alloh oldidagi javobgarlikdan saqlab qolmaydi. Shu sababli sizlar bunday munkarlardan qaytarib, toʻgʻrisiga ergashishingiz vojib. Shuning uchun Islomingizni oʻrganib, toʻgʻri amal qilishga harakat qiling. Shuningdek, barcha musulmonlar uchun Hayitni bir kun qilib belgilab beradigan Islom davlatini barpo qilishdagi fikriy-siyosiy kurashga qoʻshiling! 

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.