Turkiya Rossiyadan S-400 sotib olish fikridan qaytmaydi

59
0

Turkiya Rossiyadan S-400 sotib olish fikridan qaytmaydi

 Rossiya Turkiyaga oʻzining raketa hujumiga qarshi mudofaa majmualarini sotish boʻyicha AQShga nisbatan yaxshiroq taklif bildirdi. Turkiya prezidenti Rajab Erdogan jurnalistlarga ana shunday bayonot berdi, deb xabar qildi “Haberturk”.

 “AQSh oʻzining Patriot majmualari borasida Rossiya S-400 boʻyicha berganidek foydali taklif bera olmadi”, – dedi Erdogan.

 Erdogan shuningdek, zenit raketa majmualarini sotib olish boʻyicha shartnoma tuzib boʻlingani va qayta koʻrib chiqilmasligini taʼkidladi.

 “Bizda shartnoma mavjud, biz qatʼiymiz”, – dedi Turkiya prezidenti.

 U bundan tashqari, Turkiya Anqaraga Rossiya raketa majmualari yetkazilishi borasidagi tushunmovchiliklarni muhokama qilish uchun AQSh bilan qoʻshma guruh tashkil etishini eslatib oʻtdi.

 Oʻzaro shartnomaga koʻra, Rossiya Turkiyaga toʻrtta S-400 divizionini yetkazib beradi. Shartnoma qiymati 2,5 mlrd dollarga teng.

 AQSh ushbu shartnomaga qarshi chiqmoqda va Anqaraga sanktsiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda. Vashington S-400 oʻrniga Patriot tizimini sotib olishni taklif etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.