Muborak ramazon hayiti tabrigi

1478
0

1440 yilning shavvol oyini kuzatish natijasi eʼloni hamda muborak ramazon hayiti tabrigi

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Bismillahir Rohmanir Rohim. Zolimlarni halokatga uchratib, Islom va musulmonlarga kuch-qudrat beruvchi butun olam Parvardigori Allohga hamd boʻlsin. Butun olamga rahmat qilib yuborilgan, barcha xalqlarning sayyidi va anbiyolar xotami boʻlmish sayyidimiz Muhammad ﷺga hamda toʻgʻri yoʻlni tanish uchun ul zotdan namuna olganlarga, ul zotning oilalari, sahobalari va qiyomat kuniga qadar ul zotga goʻzal suratda ergashganlarga salotu salomlar yogʻilsin.

Buxoriy oʻzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ، وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ، فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلاَثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”.

Bugun 2019 yil 3 iyun, dushanbadan seshanbaga oʻtar kechasida muborak shavvol oyi kuzatilgandan keyin oyni sharʼiy koʻrish bilan koʻrilgani ayrim islomiy yurtlarda oʻz isbotini topdi. Shunga binoan, ertaga seshanba kuni shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kunidir.

Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta – u kishini Alloh hifzu himoyasida asrasin – barcha Islomiy Ummat farzandlarini muborak ramazon hayiti bilan qutlaydilar. U kishi Alloh Subhanahu va Taolodan yer yuzida Islomni tatbiq qiladigan, uni hidoyat va nur sifatida butun olamga yetkazadigan, yurtlarni ozod qilib, Allohning bandalariga xizmat qiladigan Xalifalik davlatini barpo etishga bizlarni muyassar qilishini soʻraydilar. Ushbu jihod davlati bilan avvalgi fathlar qayta amalga oshadi. Natijada, odamlar hayit bayramlari va fathlarida Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd… deya hayqiradilar.

Oʻz navbatida, men va matbuot boʻlimi xodimlari ham Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtani va barcha musulmonlarni ushbu muborak ramazon hayiti bilan muborakbod etamiz. Zero, Alloh ushbu hayitni roʻzadorlarni shodlantiruvchi, musulmonlar birligini namoyon qiluvchi va musulmonlarga odamlardan alohida yagona ummat ekanliklarini eslatuvchi boʻlishini iroda qildi.

Dunyoning mashriq va magʻribidagi barcha musulmonlarga… Shomning sabotli ahliga… muborak Falastin zaminining murobit-himoyachi ahliga… Yamanning sobir ahliga… Sudan va Jazoirning qoʻzgʻolonchi ahliga… Xitoyning qamoq-lagerlaridagi musulmonlarga… Birmadagi mazlum musulmonlarga… Kashmirdagi mujohid musulmonlarga… roʻza tutgan, qiyomul layllar qilgan, ibodat va solih amallar bilan mashgʻul boʻlgan moʻminlarga… ushbu muborak ramazon hayiti muborak boʻlsin.

Ey moʻminlar, ushbu hayitga ochiq dillar bilan chiqing, dilingiz ushbu oyda qilgan toat-ibodatlaringiz bilan sururla toʻlsin… Muborak Ramazon oyidagi namozlaringiz nuri sababli porlayotgan yuzingizdagi sururni butun olam koʻrsin, Alloh Taoloning

سِيمَاهُمْ فِي وُجُوهِهِم مِّنْ أَثَرِ السُّجُودِ

“Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” [Fath 29]

degan kalomi sizda namoyon boʻlsin.

Mustamlakachi kofir Gʻarb va uning musulmon yurtlaridagi xoin malaylarining barchasi sizga buyuk Islom aqidasi bergan azm-qarorning naqadar kuchliligini koʻrsin. Sizning Parvardigorning vaʼdasidan koʻngli toʻq boʻlgan, Rosul ﷺ belgilab bergan maqsad sari shaxdam qadamlar bilan odimlayotgan Ummat ekaningizni hammasi bilib qoʻysin. Zero, Rosul ﷺ belgilab bergan maqsad – roshid xalifalar siyratini Ummat bilan birgalikda qaytaradigan pok, taqvoli odil xalifaga ergashgan holda, Allohning arqonini mahkam ushlashda namoyon boʻladi. Ushbu xalifa Ummatning kuch va energiyasini toʻplab, yurtlarimiz manfaatlari va boyliklarini jamlaydi. Natijada, Alloh Taolo sizning amallaringiz bilan siz uchun va barcha insonlar uchun xayru barakot darvozalarini ochib beradi… Siz bu olamga umid chirogʻini qayta yoqib berasiz, yaʼni olam oʻziga insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat yetakchilik qilayotganiga qayta ishonadi. Zotan, yer yuzini Parvardigor rozi boʻladigan narsa bilan obod qilishga aynan shu Ummatgina loyiqdir.

Ey moʻminlar, ushbu yaxshilikka olib boradigan vosita va yoʻlingiz faqat va faqat Xalifalik davlatini qayta barpo qilishdir. Bu davlat butun xalqlar sayyidi Muhammad mustafo ﷺ sizlarga qoldirib ketgan davlatdir.

Hizb ut-Tahrir asoschilari, fuqaho va aʼzolari Muhammad ﷺning siyratlarini chuqur tadqiq qilib, ul zotning qilgan ishlarini oʻrganib chiqdilar. Shuningdek, ular din merosxoʻrlari boʻlgan fuqaho-yu mujtahidlarning tiniq raʼylari boʻyicha yurib bordilar. Buning natijasida, Rosululloh ﷺning sahobalar uyushmasini tuzganidan boshlab, Madinai Munavvarada Islom davlatini barpo etgungacha boʻlgan siyosatlaridagi minhojlarini anglab yetdilar. Soʻng, ul zotning tariqatlariga asoslanib, Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhular davlati boʻlmish Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini qayta tiklash boʻyicha yoʻqotilgan yoʻl xaritasini, nabaviy hidoyat xaritasini qayta tuzib chiqdilar.

Ey musulmonlar, Gʻarb siz bilan Hizb ut-Tahrirning daʼvatni yetkazuvchi aʼzolari oʻrtasiga toʻsiq qoʻyishni juda-juda xohlayapti, u shunga urinyapti. Shunday ekan, bunday iflos toʻsiqni sindirib, Hizb aʼzolariga qoʻshiling, ulardan sizga beradigan yaxshiliklarini soʻrab oling. Zero, ular musulmonlar qayerda mavjud ekanlar, sizning orangizda va siz bilan birgadirlar. Siz Hizb aʼzolari haqida soʻrab-surishtirsangiz, orangizda sizga qoʻllarini choʻzib turishganini hamda oʻzlaridagi tushuncha va fikrlarni sizga taqdim etish uchun dillarini ochayotganini koʻrasiz. Shuning uchun ham, xalos boʻlish yoʻlini tanib olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang. Hizb aʼzolari qoʻliga qoʻlingizni beringki, shoyad, Alloh sizga va ularga nusratu gʻoliblik ato etsa.

Ey yer yuzidagi barcha musulmonlar, ushbu hayit xursandchiligi Robbingizga boʻlgan bir ibodatdir. Shuningdek, bu xursandchilik energiyangizni qayta toʻplab, himmatingizni charxlaydi hamda dushmaningizga nisbatan intiqom-adovatni uygʻotadi. Shunday ekan, tahlilu takbir aytib, shodlaning va quvonchingizni namoyon eting. Keyin esa, amal qilguvchilar bilan birga amal qilinglar.

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar.

Barchangizni hayitingiz muborak boʻlsin! Alloh Subhanahu va Taolo barchalarimizning toat-ibodatlarimizni qabul qilsin!

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Seshanbaga oʻtar kecha, hijriy 1440 yilning muborak ramazon oyining birinchi kuni

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.