RAMAZON ALLOHNING OYI… VA QURʼON OYIDIR…

965
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

RAMAZON ALLOHNING OYI… VA QURʼON OYIDIR…

ShUNDAY EKAN, BU OYDA QADRINGIZNI TUShIRADIGAN IShLARDAN ChETLANING

Alloh Taolo ramazon oyida Qurʼonni nozil qildi, shuning uchun bu oy eng ulugʻ oylardan boʻlib qoldi. Undagi qadr kechasi esa, eng yaxshi kecha boʻldi. Alloh Taolo bu oyni ibodatlar uchun yillik mavsum qildi, unda ajrlar koʻp, savoblar serob boʻladi. Yaxshilikni xohlaganlar uchun uning eshigi ochiladi… Alloh Taolo bu oyda oʻz bandalariga ibodat va oʻziga yaqinlashish yoʻlini ochish uchun shaytonlarni kishanlaydi. Shuning uchun boshqa oylardan koʻra aynan ramazonda Allohning rahmati va marhamati yogʻiladi hamda bu oyda Alloh xohlagan kishilar doʻzaxdan ozod boʻladi. Bu oyning fazilati haqida mashhur va mutavotir xabarlar bor.

–     Ikki sahihda Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Paygʻambarimiz  aytadilar:

“إِذا جَاءَ رَمَضَانُ، فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الجنَّةِ، وغُلِّقَت أَبْوَابُ النَّارِ، وصُفِّدتِ الشياطِينُ”

“Agar Ramazon kelsa jannat eshiklari ochilib, doʻzax eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjirband qilinadi”. Bu oyda jannat eshiklarining ochilishi solih amallarning koʻpligi va ularga targʻib qilinishidandir. Doʻzax eshiklarining yopilishi esa, moʻminlarning maʼsiyatdan uzoq boʻlishidadir. Ammo shaytonlarning kishanlanishi shuki, bu oyda moʻminlar boshqa oylardan koʻra koʻproq Allohga xolis ibodat qiladilar. Shuning uchun ular haqdan yiroq boʻlish va yaxshilikdan tiyilish kabi amallarga yaqinlashmaydilar. Chunki Alloh Taolo ularning dushmanini kishanlab, ularga yordam beradi. Shuning uchun bu oyda solih kishilar boshqasidan koʻra koʻproq yaxshilikka intilayotgani va yomonlikdan tiyilayotganini koʻramiz.

–     Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  aytadilar:

“مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ”

Kimki Ramazonda imon bilan, savob umidida roʻza tutsa, uning oldingi gunohlari magʻfirat qilinadi”. Imom Ahmad va Sunan sohiblari rivoyat qilgan, Alboniy sahih degan. Yaʼni, Allohga ishonib, roʻzaning farzligiga rozi boʻlib, savob va ajrlarni umid qilib tutsa, farzligidan nafratlanmasa, savob va ajridan shubhalanmasa, Alloh Taolo uning qilgan gunohlarini kechiradi.

–     Sahih Muslimda Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  aytadilar:

“الصَّلَوَاتُ الْخَمْسُ، وَالْجُمُعَةُ إِلَى الْجُمُعَةِ، وَرَمَضَانُ إِلَى رَمَضَانَ، مُكَفِّرَاتٌ مَا بَيْنَهُنَّ، إِذَا اجْتَنَبْتَ الْكَبَائِرَ”

“Modomiki, katta gunohlardan saqlanar ekansiz, besh vaqt namoz hamda jumʼa keyingi jumʼagacha, ramazon keyingi ramazongacha qilingan xatolarga kaforat boʻladi”.

–     Roʻza tutishning fazilatlaridan biri shuki, roʻzadorga hisobsiz ajrlar beriladi. Ikki sahihda Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh  aytadilar:

“قَالَ اللَّهُ تَعَالَى: كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ إِلَّا الصَّوْمَ فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ. وَالصِّيَامُ جُنَّةٌ، وَإِذَا كَانَ يَوْمُ صَوْمِ أَحَدِكُمْ فَلَا يَرْفُثْ وَلَا يَصْخَبْ فَإِنْ سَابَّهُ أَحَدٌ أَوْ قَاتَلَهُ فَلْيَقُلْ إِنِّي صَائِمٌ. وَالَّذِي نَفْسُ مُحَمَّدٍ بِيَدِهِ، لَخُلُوفُ فَمِ الصَّائِمِ أَطْيَبُ عِنْدَ اللَّهِ مِنْ رِيحِ الْمِسْكِ. لِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ يَفْرَحُهُمَا: إِذَا أَفْطَرَ فَرِحَ بِفِطْرِهِ، وَإِذَا لَقِيَ رَبَّهُ فَرِحَ بِصَوْمِهِ”

“Alloh Taolo aytadiki: Odam bolasining har bir amali oʻzi uchun, faqat roʻza men uchundir va uning mukofotini Men oʻzim beraman. Birortangiz roʻza tutgan boʻlsangiz, ayoliga yaqinlik qilmasin, baqirib-chaqirmasin. Agar uni boshqasi soʻksa yoki urishsa, men roʻzadorman deb aytsin. Muhammadning joni qoʻlida boʻlgan zotga qasamki, roʻzadorning ogʻzini hidi Alloh huzurida miskning hididan xushboʻydir. Roʻzador uchun ikki xursandchilik bor: Birinchisi: iftor paytidagi xursandchilik. Ikkinchisi: Robbisiga yoʻliqqan paytda roʻzasi sababli xursandchiligi”.

–     Roʻzaning fazilatlaridan yana biri shuki, roʻza qiyomat kuni oʻz egasini shafoat qiladi. Abdulloh ibn Umar rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  aytadilar:

“اَلصِّيَامُ وَالْقُرْآنُ يَشْفَعَانِ لِلْعَبْدِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، يَقُولُ الصِّيَامُ: أَيْ رَبِّي مَنَعْتُهُ الطَّعَامَ وَالشَّهْوَةَ فَشَفِّعْنِي فِيهِ. وَيَقُولُ الْقُرْآنُ: مَنَعْتُهُ النَّوْمَ بِاللَّيْلِ فَشَفِّعْنِي فِيهِ. قَالَ: فَيُشَفَّعَانِ”

“Roʻza va Qurʼon qiyomat kuni bandani shafoat qiladi. Roʻza aytadiki: Ey Robbim bandangni taom va shahvatdan qaytarding, endi uni shafoat qilishimga ruxsat ber. Qurʼon aytadi: Bandangni tunda uxlashdan qaytarding, endi uni shafoat qilishimga ruxsat ber. Shunda ikkisi bandani shafoat qiladi”. Ahmad rivoyati.

–     Sahl ibn Saʼd rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  aytadilar:

“إِنَّ لِلْجَنَّةِ بَابًا يُقَالُ لَهُ الرَّيَّانُ، يُقَالُ يَوْمَ القِيَامَةِ: أَيْنَ الصَّائِمُونَ؟ فَإِذَا دَخَلُوا أُغْلِقَ ذَلِكَ الْبَابُ”

“Jannatda Rayyon nomli eshik boʻlib, roʻzadorlar qani deb soʻraladi. Roʻzadorlar oʻsha eshikdan kirishi bilan ular yopiladi”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

–     Agar roʻzador Ramazon roʻzasini tutsa oʻzi uchun taqvo eshigini ochadi. Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمْ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey moʻminlar, taqvoli kishilar boʻlishingiz uchun sizlardan ilgari oʻtganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda roʻza tutish farz qilindi”  [Baqara 184]

Demak, roʻzaning sharʼiy hikmati taqvo ekan. Chunki roʻzador Aziz va Ulugʻ Allohga taqvo qilishga buyurilgan. Bu esa, Allohning buyrugʻini bajarish va qaytarganidan tiyilish orqali amalga oshadi. Roʻzadan koʻzlangan ulugʻ maqsad mana shudir. Roʻzadan maqsad yeyish, ichish va jinsiy aloqadan tiyilish orqali roʻzadorni qiynash emas. Chunki bu farz Allohga itoat qilingan holda ado etilsagina qalbda taqvo uygʻonadi. Paygʻambarimiz  aytadilarki:

“مَنْ لَمْ يَدَعْ قَوْلَ الزُّورِ وَالْعَمَلَ بِهِ وَالْجَهْل فَلَيْسَ لِلَّهِ حَاجَةٌ فِي أَنْ يَدَعَ طَعَامَهُ وَشَرَابَهُ”

“Kimki roʻzada yolgʻon gapirish, unga amal qilish va jaholatni tark etmasa, uning taom va sharobdan tiyilishiga Alloh muhtoj emas”. Buxoriy rivoyati. Agar roʻzador yuqoridagi oyat va hadisga amal qilsa, roʻza uning qalbini tarbiyalaydi, axloqini tuzatadi va yashash tarzini toʻgʻrilaydi. Shunda roʻzador ramazondan qalbi tozalangan, axloqi goʻzallashgan va yashash tarzi toʻgʻrilangan holda chiqadi.

Roʻzaning mustahab odoblari:

–     Ramazonni imon va ixlos bilan tutishni niyat qilgan holda kutib olish, unda solih amallar qilishga qasd qilish. Chunki kim ramazonga yetsa-yu, ammo gunohlari kechirilmasa, umidi puchga chiqibdi va ziyon koʻribdi.

–     Ramazonning oyini koʻrsangiz, Paygʻambarimiz  oʻrgatgan ushbu duoni oʻqing:

“اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ علَيْنَا بِالأَمْنِ والإِيمَانِ، وَالسَّلامَةِ والإِسْلامِ، رَبِّي ورَبُّكَ اللَّه، هِلالُ رُشْدٍ وخَيْرٍ”

“Ey Allohim ushbu oyda bizga xavfsizlik, tinchlik, salomatlik va Islomni ato etgin. Ey Robbim ushbu oyni rushd va yaxshilik oylaridan qilgin”. Termiziy rivoyat qilgan va sahih degan. Bu duoni har bir oyda qilsa boʻladi, lekin ramazonda qilish shartdir.

–     Saharlikni kechga surish, saharlik qilganda Alloh va Rosulining buyruqlarini bajarishni niyat qilish lozim, shunda u ibodatga aylanadi. Shuningdek saharlikda taqvoni niyat qilish lozim, shunda u ajrga aylanadi.

–     Iftorni tezlatish, yaʼni quyosh botishi bilan ogʻiz ochish. Sahl ibn Saʼd rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  aytadilar:

“لَا تَزَالُ أُمَّتِي بِخَيْرٍ مَا عَجَّلُوا الْإِفْطَارَ”

“Ummatim iftorni erta qilar ekan, undan yaxshilik uzilmaydi”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

–     Sahih hadisda aytilganidek hoʻl xurmo bilan ogʻiz ochish, agar boʻlmasa, xurmo qoqisi bilan, agar u ham boʻlmasa, suv bilan ochish. Shom namozini oʻqiganidan keyin taomlanish.

–     Iftor paytida duo qilish; chunki Rosululloh  iftor paytida:

“ذَهَبَ الظَّمَأُ، وَابْتَلَّتِ الْعُرُوقُ، وَثَبَتَ الْأَجْرُ إِنْ شَاءَ اللَّهُ”

“Chanqoq bosildi, tomirlar namlandi va Alloh xohlasa ajr yozildi”, deb duo qilganlari rivoyat qilingan.

–     Roʻzador roʻza tufayli Alloh tomonidan beriladigan neʼmatning miqdorini koʻz oldiga keltirishi. Yaʼni uni roʻzaga muvaffaq aylagani va yetkazganini his etishi. Roʻzador roʻza neʼmati uchun Robbisiga hamd aytishi lozim, chunki u gunohlarining kechirilishi, xatolariga kaforat boʻlishi va jannatdagi martabasining koʻtarilishiga sababdir.

–     Ramozon tunlarini tarovih oʻqish bilan oʻtkazish, chunki tarovih sunnati muakkadadir. Ramazonda jamoat bilan tarovih oʻqish sunnatdir. Chunki boshqa oylardan koʻra, undagi jamoatning oʻzgachaligi va fazilati bordir. Zero Rosululloh  bunday deganlar:

“مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ”

Kimki ramazonda imon bilan va savob umidida qiyomda boʻlsa (tarovih oʻqisa), qilgan gunohlari kechiriladi”. Jamoat rivoyat qilgan.

–     Oxirgi oʻn kunlikni gʻanimat bilish. Chunki Oisha  aytadi:

“كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْعَشْرُ الْأَوَاخِرُ شَدَّ مِئْزَرَهُ، وَأَحْيَا لَيْلَهُ، وَأَيْقَظَ أَهْلَهُ”

“Agar oxirgi oʻn kunlik kirsa Rosululloh  belbogʻini bogʻlab, tunni bedor oʻtkazar va oilasini ham (namozga) uygʻotar edilar”. Muslim rivoyat qilgan hadisda bunday deyilgan:

“كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم يَجْتَهِدُ فِي الْعَشْرِ الأَوَاخِرِ مَا لاَ يَجْتَهِدُ فِي غَيْرِهِ”

“Rosululloh  oxirgi oʻn kunlikda ramazonning boshqa kunlaridan koʻra koʻproq toat-ibodatga harakat qilar edilar”.

–     Eʼtikofda oʻtirish, ikki sahihda kelgan hadisda Oisha  aytadi:

“أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَعْتَكِفُ الْعَشْرَ الْأَوَاخِرَ مِنْ رَمَضَانَ، حَتَّى تَوَافَّاهُ اللهُ تَعَالَى”

“Paygʻambar  umrining oxirigacha ramazonning oxirgi oʻn kunligida eʼtikof oʻtirganlar”.

–     Qadr kechasini kutish, chunki u ming kechadan yaxshiroq va Alloh unda Qurʼonni nozil qilgan kechadir. Qadr kechasining fazilatlari haqida Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  shunday deydilar:

“مَنْ قَامَ لَيْلَةَ الْقَدْرِ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ”

“Kimki qadr kechasida imon bilan, savob umidida qiyomda boʻlsa (tarovih oʻqisa), oʻtgan gunohlari kechiriladi”. Bu kechada qiyomda boʻlish unda tahajjud oʻqish va duo qilish bilan boʻladi. Oisha  Paygʻambar ga: Agar qadr kechasiga tursam, qanday duo qilay deb soʻragan edi. U kishi:

“ قُولِي: اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي”

“Ey Allohim sen kechirishni yaxshi koʻrasan, gunohlarimni kechirgin deb duo qilasan”, dedilar. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan, Alboniy sahih degan.

–     Qurʼon tilovati, zikr, duo, namoz va sadaqa kabi amallarni koʻp qilish. Buxoriy Ibn Abbosdan rivoyat qilgan hadisda aytadiki:

“كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَجْوَدَ النَّاسِ، وَكَانَ أَجْوَدُ مَا يَكُونُ فِي رَمَضَانَ حِينَ يَلْقَاهُ جِبْرِيلُ، وَكَانَ يَلْقَاهُ فِي كُلِّ لَيْلَةٍ مِنْ رَمَضَانَ فَيُدَارِسُهُ الْقُرْآنَ، فَلَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم، أَجْوَدُ بِالْخَيْرِ مِنَ الرِّيحِ الْمُرْسَلَةِ”

“Rosululloh  odamlarning eng afzali edilar. Ramazon oyida Jabroil farishta kelgan payt yana-da afzal boʻlar edilar. Jabroil  ramazonning har kechasida kelar va u kishiga Qurʼondan oʻrgatar edi. Rosululloh  yaxshilikka shamoldan ham tez shoshilar edilar”. Ramazon kelishi bilan Rosululloh ning afzalligi bir necha barobar ortar edi. Chunki bu oy oylarning eng ulugʻidir, unda ajru savoblar bir necha barobar ortadi, obidlar koʻproq ibodat qilishga kirishadi. Kunduzlari roʻza tutilsa, tunda muhtojlarga taom beriladi.

–     Umra qilish, Ibn Abbos rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  aytadilar:

“عُمرَةٌ في رمَضَانَ تَعدِلُ حَجَّةً”

“Ramazondagi Umra Haj bilan barobardir”. Ahmad, Ibn Mojja rivoyati.

–     Alloh Taolo ramazon soʻnggida bizni oʻziga yaqinlashtiradigan, imonimizni kuchaytiradigan ibodatlarni belgiladi. Ramazon hayiti tunining quyoshi botganidan boshlab, hayit namozigacha sanoqni toʻldirishni va Allohni ulugʻlab, takbir aytishni belgiladi.

وَلِتُكْمِلُوا الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُوا اللَّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Bu sanoqni toʻldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulugʻlashingiz uchundir”  [Baqara 185]

Alloh Taolo yana fitr sadaqasi va iyd namoziga buyurdi. Chunki namoz Allohni eslash paytidir. Shuningdek, shavvol oyida olti kun roʻza tutishga targʻib qilindi. Abu Ayyubiy Ansoriy rivoyat qilgan hadisda Rosululloh  shunday deydilar:

“مَنْ صَامَ رَمَضَانَ ثُمَّ أَتبَعَهُ سِتًّا مِنْ شَوَّالَ، كَانَ كَصِيَامِ الدَّهْرِ كُلِّهِ”

“Kimki ramazon roʻzasini tutsa va ortidan shavvolning olti kunida roʻza tutsa, butun umr roʻza tutgandek boʻladi”. Muslim rivoyati.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.