Qirgʻizistonda SSSRdan qolgan siyosiy doira inqirozga yuz tutmoqda

526
0

Qirgʻizistonda SSSRdan qolgan siyosiy doira inqirozga yuz tutmoqda

Shu kunlarda Qirgʻiziston hokimiyatiga qarshi siyosiy vaziyat yanada keskinlashib, Gʻarb olami “Azattыk radiosi”, huquqparvarlar va boshqa bir qator oʻz imkoniyatidagi vositalar orqali hokimiyatga qarshi matbuot kurashi uyushtirdi. Atambayevparast (muxolifat) kuchlar ham bu matbuot kurashini mamnuniyat bilan kutib olishdi. Sapar Isakov qamoqxonadan turib bir qator koʻrsatmalar berib, yuz berayotgan matbuot hujumi boshlanganidan xursand boʻlgani va har qanday hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Demak Atambayevning siyosiy guruhi har qanday tashqi kuchlar bilan hamkorlik qilishga tayyor!

Qirgʻizistonning amaldagi prezidenti mamlakatda sobiq prezident Atambayev boshchiligidagi guruhdan iborat muxolifat vakillarini siyosiy maydondan surib chiqarish maqsadida bor salohiyat va imkoniyatlarini ishga solyapti. Natijada, AQShparast kuchlar siyosiy doirani yangilash, yaʼni vaziyatdan foydalanib, Gʻarbparast siyosiy doirani kuchaytirib olish maqsadida ularni maydonga olib chiqish orqali jamiyatda Gʻarb dunyoqarashining taʼsir quvvatini kuchaytirib olish ustidagi faoliyatini kuchaytirib yubordi. Bu borada hokimiyatning korruptsiya yoʻllari bilan xalq manfaatlariga qarshi qilgan zulmlarini fosh qilish orqali siyosiy kurashlar uyushtira boshladi.

Avval davlat milliy xavfsizlik xizmati (DMXX) ichida reforma oʻtkazish orqali uning salohiyatlarini cheklash taklifi bilan chiqib, prezidentni siyosatchilarga boʻlgan kuchli taʼsirini zaiflashtirishga harakat qilishdi. Hozirda Matraimovlarga aloqador moliyaviy jinoyatlarni fosh qilishga harakat qilish bilan, maydonga YevroOsiyo tashkilotini ham tortishga harakat qilishayapti. Chunki Yevroosiyo ittifoqiga tushgan umumiy boj toʻlovlaridan Qirgʻizistonga 1.9 %, Armanistonga 1.11%, Belorusiyaga 4.5%, Qozogʻistonga 7.11% va Rossiyaga 85,32% ulush ajratiladi.

Demak Qirgʻiziston bojxonasidan yashirincha oʻtib borayotgan milliardlagan dollarlik tovarlar va ular uchun toʻlanishi kerak boʻlgan boj toʻlovlarida, Yevroosiyo tashkiloti aʼzolarini ham manfaati bor. Qirgʻizistonda keltirilgan ziyonning asosiy qismi Rossiyaning manfaatiga tushadi. Shuning uchun Putinning rasmiy buyrugʻi bilan Qirgʻiziston va Qozogʻiston tomondan oʻtib kelayotgan “kulrang tovarlar” nomli noqonuniy, yaʼni boj roʻyxatidan oʻtmagan tovarlarni tekshirish, aniqlash va ularning Yevrosiyo hududiga kirib kelishiga chek qoʻyish yoʻlga qoʻyildi.

“Sputnik radiosi”ning malumotiga koʻra Xitoy bojxonasidan olingan Qirgʻizistonga avtotansport orqali oʻtgan tavarlar roʻyxati bilan, Qirgʻizistonga kirib kelgan tovarlar roʻyxati bir biriga mos kelgan emas. Aytilishicha 2001 – 2017 yilgacha 50 milliard dollarga teng tovar Xitoydan chiqqan lekin Qirgʻizistonga kirgani bojxonada qayd etilgan emas. Demak koʻtarilayotgan Matraimovlar ishi yoki umuman bojxonadagi korruptsiya tizimi, 2001 -2017 yil mobaynida Qirgʻiz mamlakatini boshqarib kelayotgan siyosiy doira vakillaridan iborat barcha siyosiy figuralar, yetakchi guruhlar va hokimiyat vakillarining deyarli barchasiga tegishli. Chunki bu korruptsiya mexanizmidan shu kungacha bir guruh elita vakillari foydalanib kelayotgangan boʻlsa, qolganlari sukut qilish bilan rozi boʻlishgan yoki yetakchi guruhdan kaysidir boshqa sohada manfaatdor boʻlishgan. Yaʼni Qirgʻiziston siyosiy doirasi toʻla holicha korruptsiyaga botib qolgan! Ular “korruptsiyaga qarshi kurash” mexanizmini faqat oʻz manfaatlari, yaʼni hokimiyat ustida turganlar saltanatni oʻz qoʻllarida ushlab qolishda foydalanishsa, boshqalari aksincha hokimiyatni qoʻlga olish maqsadidagina foydalanishadi!

Gʻarbparast siyosiy doira esa, xalqaro siyosatning kirdikorlarini yashirish asosida ish olib boradi. Ular Qirgʻizistonning boshiga tushayotgan barcha siyosiy, iqtisodiy ofatlar xalqaro siyosat sohiblari (etakchi davlatlar) va olamiy boshqaruv sistemasi kasofatidan ekanini yashirib, jinoyatlarni ichki siyosiy guruh va shaxslarning zimmasiga yuklashga harakat qilishadi. Shu maqsadda mamlakatlarda ichki nizolar, siyosiy beqarorliklar hatto mahalliy va milliy urushlar keltirib chiqarishadi.

Hozirda Qirgʻizistonda uchta siyosiy doira bir-biri bilan raqobatlashib boryapti: hozirda yetakchilik qilayotgan SSSRdan qolgan rossiyaparast siyosiy doira, Gʻarb dunyoqarashini ilgari surib kelayotgan AQShparast siyosiy doira va hali amaliy faoliyatga kirmagan Islomiy siyosiy doira.

Siyosiy doiraning amaldagi taʼsiri oʻta kuchli va muhim! U jamiyatda siyosat olib borayotgan barcha yetakchi guruhni oʻz taʼsiri ostida ushlab turadi. Shuning uchun siyosiy doira sogʻlom boʻlsa, jamiyat ham sogʻlom boʻladi, aksincha barcha buzuqchiliklar oʻsha doiraning zimmasida boʻladi.

Biz yuqorida kufrga asoslangan ikkala siyosiy doiraning bir biri bilan saltanat talashishdagi siyosiy kurash, makr va nayranglarini koʻrib chiqdik. Islomiy siyosiy doira esa, faqat Islom Aqidasi va ahkomlari ustiga quriladi. Uni bir guruh insonlar oʻz xohish irodalari asosida boshqara olishmaydi! Ilohiy asosga qurilgan bu siyosiy doira hozir Hizb ut-Tahrir tomonidan mabdaiy Islom sifatida jamiyatga taklif qilinyapti. Jamiyat vakillari boʻlgan butun ummat va xalqlar, hozirda mavjud siyosiy doiralarning makr hiylalari ostida yashab, yelib yugurib hech qanday manfaatga erisha olmay, holdan toydi! Ular manfaat asosiga qurilgan botil siyosiy doira ekanligi sababli, barcha siyosatlari faqat maʼlum bir guruh yoki davlatlar manfaatlariga cheklangan. Qachonki, Islom ummati islomiy siyosiy doirani qabul qilib, Islomni Mabda (olamiy boshqaruv sistemasi) sifatida jamiyatda uni muhofaza qilishga kirishmas ekan, mavjud ikki kufr siyosiy doira oʻrtasida aldanib, dovdirab yuraveramiz! Ikki dunyo manfaatiga eltuvchi yoʻlga shoshilaylik! Bu yoʻl shu dunyoda biz uchun, hatto kufr xalqlarini ham himoya qilib, ularni zalolatdan nurga olib chiqishimiz uchun imkoniyat beradi!

Shuning uchun biz musulmonlar, Qirgʻizistonda borayotgan siyosiy makrlar va siyosiy zulmlarni aniq bilib olishimiz oʻta muhim. Aks holda ularni biridan qutilib, ikkinchisiga tutilib yana ahvolimiz tanglashib boraveradi. Bu buzuq siyosiy doira asosidagi barcha botil guruhlar bilan tinimsiz siyosiy kurash olib boraylik! Lekin kurashimiz mavjud kufr mexanizmlari asoslari bilan boraversa, biz yana kufr sistemasini rivojlanishiga hissa qoʻshayotgan boʻlamiz, Alloh saqlasin!

Abdurazzoq Moʻmin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.