Javob zarbasi: Xitoy AQShning 60 mlrd dollarlik mahsulotiga boj toʻlovi joriy qildi

402
0

Javob zarbasi: Xitoy AQShning 60 mlrd dollarlik mahsulotiga boj toʻlovi joriy qildi

 Xitoy hukumati AQShning umumiy qiymati 60 mlrd dollarlik 5 mingdan koʻproq turdagi tovarlariga javob import boj toʻlovlarini kiritdi. Bu toʻlovlar 1 iyun soat 00:00dan kuchga kirgan.

 Maʼlum qilinishicha, AQShning 2493 turdagi tovariga boj toʻlovlari 25 foizgacha, 1078 turdagi tovariga 20 foizgacha oshirilgan. Shuningdek, boj toʻlovi 947 turdagi tovarga 10 foizgacha, 595 turdagi tovarga 5 foizgacha oshirilgan.

 Xitoyning bunday qadamga borishiga AQSh tomonidan Xitoyning 200 mlrd dollarlik tovariga boj toʻlovining 10 foizdan 25 foizgacha oshirilishi sabab boʻlgan.

 Avvalroq Xitoy va AQSh bir necha oy davomida savdo bahslarini tartibga solish boʻyicha muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vashingtonda boʻlib oʻtgan, biroq shundan keyin ular boshi berk koʻchaga kirib qolgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.