AQShning qorongʻi tomoni

56
0

AQShning qorongʻi tomoni

Sabah (Tүrkiya): “AQShning qorongʻi tomoni”

AQSh xalqaro maydonda koʻplab qiyinchiliklar bilan toʻqnash keladi. Shu bilan bir vaqtda, orzular mamlakati surunkali ichki muammolarini xal qila olmay keladi. Giyohvandlik, uysizlik, semizlik, ashaddiy oʻngchilar, qotillik va oʻz joniga qasd qilish… Orzular mamlakati juda qiyin davrni boshdan oʻtkazmoqda

70 MING

AQShda eng jiddiy muammolardan biri bu – giyohvandlik. Rasmiy hisobotlarga koʻra, 2017-yili 70 ming kishi giyohvand moddalar isteʼmolidan vafot etgan. Giyohvand moddalar bilan bir qatorda mamlakatda koʻplab odamlar ogʻriq qoldiruvchi vositalarga berilib ketgan. Maʼlumotlarga koʻra, ogʻriq qoldiruvchi vositalardan haddan ziyod foydalanish oqibatida har yili 14,5 ming kishi halok boʻladi.

11 MING

AQSh nomi aytilishi bilan xotiraga, odamlar koʻtarib yurgan shaxsiy qurollar keladi. Bu haqda rasmiy maʼlumotlar yoʻq, biroq, tahminlarga koʻra, ayni vaqtda Amerika fuqarolari qoʻlida 270 million dona qurol bor. AQShda har yili 11 mingdan ziyod odam qurolli hujum oqibatida hayotdan koʻz yumadi. Joriy yilning oʻzida mamlakatda 115 marta ommaviy qirgʻin voqealari sodir boʻldi.

674 MING

Yosh bolalarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha AQShning obroʻsi juda yomon. 2017-yili yosh bolalarga zoʻravonlik qilish boʻyicha 674 ming holat qayd qilindi. Bu mavzudagi hisobotlarga koʻra, 1,72 ming bola zoʻrovonlikka duchor boʻlib hayotdan koʻz yumgan, har toʻrt boladan biri zoʻrovonlikka duch keladi.

10 ODAMDAN TOʻRTTASI

AQSh – ortiqcha vaznga ega odamlar eng koʻp boʻlgan davlatdir. Amerikalik 10 odamdan toʻrttasi semizlikdan aziyat chekadi.

45 MING

AQSh xal qila olmagan muammalarning oldingi safida oʻz joniga qasd qilish turadi. Umumiy hisobda mamlakatda har yili 45 ming amerikalik oʻz joniga qasd qiladi. Oʻz joniga qasd qilganlarning eng yoshi 10 yashar atrofida Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, 2000-yildan 2008-yilga qadar 10 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan 1,6 million yosh bola oʻz joniga qasd qilishga uringan.

553 MING

327 million aholiga ega AQSh yecha olmay kelayotgan ulkan muammolardan yana biri bu – uysizlik. Hisobotlarga qaraganda, 700 ming amerikalikning boshpanasi yoʻq. Rasmiy statistikaga koʻra, uysizlar soni 553,74 mingga yetadi. Bu boʻyicha oldingi oʻrinlarda Nьyu-York (75 000 uysiz) va Los-Anjeles (50 000 uysiz) turadi.

10 MING
AQShda oq tanlilar hukmronligini qoʻllab-quvvatlagan va Islomga qarshi boʻlgan ashaddiy millatchilar soni oshib bormoqda. Avvalgi yili mamlakatda bu millatchilar tufayli 50 kishi qurbon boʻldi. Bundan tashqari, oʻta millatchi “Ku-Kluks-Klan” tashkiloti aʼzolari soni 10 mingdan oshishi aytiladi.

Chegarasiz musulmonlar: “Buzuq demokratiya soyasida yashayotgan Gʻarb jamiyatining zulmi”

AQShda bir kunda 1900 qiz jinsiy tajovuzga duch keladi. Ularning 20% oʻz otalari tomonidan zoʻrlanadi.

AQShda har qili million nafar qiz abort qildiradi

AQShda turmush qurgan ayollarning 70% zoʻrovonlikka duch keladi

Shvetsiyada yangi tugʻilgan chaqaloqlarning 60% nikohsiz tugʻilgan

Oʻrtacha hisobda, Britaniyada bir daqiqada bir ayol oʻz uyida katlaklanayotganini aytib tegishli xizmatlarga murojaat qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.