Tojik ofitserlari Rossiyaga borib taʼlim oladilar

486
0

Tojik ofitserlari Rossiyaga borib taʼlim oladilar

 Rossiya Mudofa vaziri Sergey Shoygu rasmiy safar bilan Tojikistonga tashrif buyurdi. Uning aytishiga qaraganda, joriy yilda tojik ofitserlaridan tuzilgan qoʻshimcha guruh Rossiyaning oliy maktablarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu haqida  Sputnik  axborot sayti xabar berdi.

 Safar chogʻida Sergey Shoygu oʻz hamkasbi boʻlmish Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan muloqot oʻtkazdi.

Sergey Shoygu suxbat asnosida Tojikiston qurolli Kuchlari uchun yangi qulay imtiyoz xakida xabar berdi.

 “Men ikki yurt rahbarlari orasida imzolangan shartnomalar haqida toʻxtalib  oʻtmoqchiman. Biz bundan keyin boshqa sohalar qatorida harbiy-texnik jihatidan ham hamkorlikni yoʻlga qoʻyamiz. Aynan bugungi uchrashuvda ushbu loiha ijrosini toʻla toʻkis hal qila boshlaymiz degan umiddaman”- dedi Shoygu.

Shoyguning fikricha, Tojikiston va Rossiya  oʻrtasidagi xavfsizlikka oid hamkorlik yaxshi natija beradi.

Shu jumladan Sergey Shoygu Tojik rahbar “Imomali Rahmon bilan ham muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuv chogʻida Imomali Rahmon quyidagilarni bildirdi:-“Kelajakda Tojikiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik, bizning xorijiy siyosatimizning eng afzal jihati hisoblanadi”.

Shuningdek muloqot jarayonida tomonlar xavfsizlikni taʼminlash masalasiga alohida toʻxtalib oʻtib, uning eng dolzarb masala ekanligiga alohida urgʻu berishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.