Amerika va Eron oʻrtasidagi keskinlikning asl mohiyati

831
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Amerika va Eron oʻrtasidagi keskinlikning asl mohiyati

Savol:

Kutilmaganda, Amerika Fors koʻrfazidagi kuchlari va manfaatlariga Eron va unga sodiq jamoalarning tahdid solayotganini eʼlon qildi. Shundan soʻng, harbiy tayyorgarlik darajasini oshirib, bitta uchoq tashuvchi kemasi bilan bir necha harbiy kemalarini safarbar qildi. Hatto harbiy dengiz shifoxonasini ham yubordi. Bu esa, Koʻrfazda toʻqnashuv yuz berishi ehtimolini kuchaytirmoqda. Bu ishlar Amerika Eronning neftь eksportiga zarba berish maqsadida Erondan neftь import qiluvchi davlatlarga yengillik berish siyosatini bekor qilgan bir vaqtda sodir boʻlmoqda… Eron ham Koʻrfaz davlatlarining neftь eksportini toʻxtatib qoʻyish uchun Xurmuz boʻgʻozini yopish bilan tahdid qildi… Mintaqada taranglik hanuz hukm surmoqda! Shunday ekan, mintaqa AQSh keltirib chiqaradigan biror bir urushning muqaddimasi boʻladimi? Yoki bundan boshqa narsa koʻzlanganmi? Alloh ajringizni bersin.

Javob:

Masala yorqin boʻlishi uchun quyidagilarni bayon qilib oʻtamiz:

1 – Ha, haqiqatdan ham mintaqada keskinlik kuchayayotgani kuzatilmoqda. Aytilishicha, Amerika u yerga oʻzining harbiy dengiz flotining bir qismini, shu jumladan “Linkolьn” uchoq tashuvchi kemasini joʻnatdi. Bu AQSh ega boʻlgan bortida 90 nafar samolyotni sigʻdira oladigan eng kuchli uchoq tashuvchi kema hisoblanadi. Shuningdek, Amerika oʻzining Koʻrfazdagi bazalariga “Boeing B-52” rusumli samolyotlar guruhini ham joʻnatib, mintaqadagi kuchlari hushyorligini oshirdi. Bundan tashqari, Bagʻdoddagi elchixonasidan ikkinchi darajali mulozimlarini chaqirib oldi. Eslatib oʻtish lozimki, bularning barchasi Eronga qarshi tahdidlar barobarida, tez surʼat bilan amalga oshirildi: “Qoʻshma Shtatlar Eronga “aniq nomalarni” yetkazib qoʻyish maqsadida Yaqin Sharq mintaqasiga oʻzining uchoq tashuvchi kemasini joʻnatdi. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton oʻz mamlakati “tobora kuchayib borayotgan va xavotir uygʻotayotgan qator tahdidlarga javob” sifatida harakat qilayotganini taʼkidladi”. Reyter axborot agentligining ismini oshkor etishni istamagan amerikalik bir rasmiyga tayangan holda qilgan xabariga koʻra, Koʻrfazga harbiy kema joʻnatish AQSh kuchlariga qarshi ehtimolli hujumlar haqida xabarlar tarqalishi ortidan amalga oshirilgan. Bolton oʻz bayonotida “Qoʻshma Shtatlar “Avraam Linkolьn” uchoq tashuvchi kemasi bilan bombardimonchi samolyotlarini markaziy qoʻmondonlik hududiga joylashtirdi. Bundan AQSh yoki ittifoqchilarimiz manfaatiga boʻladigan har qanday hujum shafqatsiz kuch bilan qarshi olinishini Eronga bildirib qoʻyish maqsad qilingan”, dedi”. (Bi-Bi-Si, 2019 yil 6 may). Haqiqatdan, uchoq tashuvchi kema 2019 yil 9 may kuni Suvaysh kanaliga kirib, 2019 yil 14 may kuni Arab dengizi suvlariga yetib bordi. Ommaviy axborot vositalarida Qoʻshma Shtatlarning “mintaqaga 120 ming nafar askar joʻnatmoqchi ekani, AQShning muvaqqat mudofaa vaziri Patrik Shenaxen ayni rejani Trampga taklif qilgan boʻlsa-da, biroq AQSh prezidenti unga rozi boʻlmagani”, haqida xabarlar tarqaldi. (Nьyu-York Taymsga tayangan holda berilgan RT xabari, 2019 yil 14 may). Bularning barchasi Eronning ehtimolli tahdidlari manzarasida yuz berdi: “CNN kanali 7 may kuni oʻz manbalariga tayangan holda bergan xabarga koʻra, AQSh hukumati Eronning Koʻrfazdagi oʻz kemalariga qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalarni joylashtirishga qaror qilganini tasdiqlovchi razvedka maʼlumotlarini olgan”. (RT, 2019 yil 14 may).

2 – Amerikaning vaziyatni faqat bayonotlar bilangina keskinlashtirmay, balki bundanda kattaroq narsa bilan keskinlashtirishiga undagan narsa bor. Gap shundaki, Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra porti yaqinida toʻrtta savdo kemasiga shikast yetkazildi hamda Saudiyaning muhim neftь tarmoqlariga hujum qilindi. Bu quyidagicha yuz berdi:

a)    “Bugun yakshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga koʻra, toʻrtta savdo kemasi Birlashgan Arab Amirliklarining regional suvlari yaqinida qoʻporuvchilik amaliyotiga uchradi, insoniy talofatlar boʻlmadi. Ushbu voqealar, AQShning Eronga bosimlari kuchaygan bir paytda sodir boʻlmoqda. Ilgariroq Eron prezidenti Ruhoniy oʻz mamlakati amalda ogʻir bir vaziyatga duch kelayotganini eʼtirof etgan edi”. (Midl Ist onlayn, 2019 yil 12 may).

b)    “Seshanba kuni Yamandagi Ansorulloh jamoasi uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlar yordamida Saudiyaning muhim inshootlariga hujum qilganini xabar qildi. Masira kanaliga koʻra, Ansorulloh jamoasidagi bir harbiy manba “ettita uchuvchisiz boshqariladigan samolyot Saudiyaning muhim inshootlariga hujum qilgan”ini tasdiqlagan. Ushbu manba “Bu keng koʻlamli harbiy amaliyot xalqimiz farzandlariga qarshi tinimsiz ravishda sodir etilayotgan agressiya va qamallarga javob sifatida amalga oshirildi”, dedi. Keyin “Agar agressiya va zolimona qamallar davom etaveradigan boʻlsa, Ansorulloh jamoasi bu turdagi keskin zabarlarni yana-da koʻproq amalga oshirishga tayyordir”, deya qoʻshimcha qildi. (Rossiyaning Sputnik axborot agentligi, 2019 yil 14 may). Ushbu ikki hodisa bilan AQSh bayonotlari Koʻrfazda kuchli taʼsir koʻrsatadigan muqarrar xavfga aylandi. Shuningdek, Amerikaning Koʻrfazdagi vaziyatni keskinlashtirishi ilgargi bu kabi holatlardan farq qildi.

3 – Garchi Koʻrfaz mintaqasidagi bu keskinlik u yerda urush eshik qoqayotganidan darak berayotgan boʻlsa-da, lekin ikki tomon (AQSh va Eron tomoni)dan berilgan bayonotlar boshqa narsani, yaʼni, urush boʻlishi ehtimoli uzoq ekanini koʻrsatmoqda! Quyidagilar ana shunday bayonotlar jumlasidan:

–     “Payshanba kuni Oq uydagi matbuot yigʻinida – Qoʻshma Shtatlar Eronga urush qilishni maqsad qilyaptimi, degan mazmundagi savolga Tramp “Men Eron urush qilmaydi”, degan umiddaman, deya javob berdi”. (RT, 2019 yil 16 may).

–     “Payshanba kuni AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi – Yaqin Sharqda keskinlik tobora avj olayotgan bir paytda, Tramp maʼmuriyati Eronga urush ochish uchun kongressdan biror vakolat olgani yoʻq, dedi. Pelosi jurnalistlarga jumhuriyat maʼmuriyati payshanba kuni sakkizlik yigʻini deya atalayotgan katta namoyandalarning yopiq majlisida Eron xususida javob berajagini maʼlum qildi”. (Reyter, 2019 yil 16 may).

–     “Nьyu-York Tayms gazetasi payshanba kuni AQSh maʼmuriyatidagi ismi ochiqlanishini istamagan bir rasmiyga tayangan holda xabar qilishicha, prezident Donalьd Tramp muvaqqat mudofaa vaziri Patrik Shenaxenga Eron bilan urushga kirishni istamasligini maʼlum qilgan. Gazetada prezidentning bu izohni Shenaxenga chorshanba kechqurun maʼlum qilgani aytiladi”. (Reyter, 2019 yil 16 may).

–     “Eron Oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Homanaiy Qoʻshma Shtatlar bilan hargiz urush boʻlmasligini taʼkidladi. U hukumat matbuoti tarqatgan bayonotda hamda ijtimoiy tarmoqdagi oʻzining tvitter sahifasida “Biz urush qilishga urinayotganimiz yoʻq, ular ham bunga harakat qilishmayapti”, dedi”. (Bi-Bi-Si, 2019 yil 14 may).

–     “AQShning muvaqqat mudofaa vaziri Patrik matbuot konferentsiyasida AQSh maʼmuriyatining arab Koʻrfazidagi harbiy joylashuvidan maqsadi Eronni tiyib qoʻyishdir, unga qarshi urushga kirishish emas, biz urush qilish darajasiga boradiganlardan emasmiz, dedi”. (Frans-24, 2019 yil 22 may).

AQSh bilan Eron tomonidan aytilgan bu bayonotlar ommaviy axborot vositalarida aytilgan AQSh va Eron oʻrtasidagi urushga nisbatan katta shubhani paydo qiladi. Bu shubhani paydo qilgan birinchi navbatdagi bayonot Eron ruhoniysining bayonoti boʻldi. U oʻz xalqini Eron ham, amerikaliklar ham urushga harakat qilmayotgani bilan tinchlantirdi. Yaʼni, ushbu bayonotlardan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, Eronni vayron qilish yoki Koʻrfazdagi AQSh kemalarini vayron qilish bilan yuzaga keladigan urushning yuz berishi ehtimoldan uzoqdir. Farazan, harbiy amaliyotlar yuz bergan taqdirda ham, bu ikki tomonning obroʻsini tiklash uchun qilingan boʻladi, xolos. Bundan tashqari, amerikalik rasmiylar tomonidan Amerika Erondagi rejimni oʻzgartirishni istamaydi, degan mazmunda bir qancha bayonotlar berildi. Masalan, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton “Biz siyosatimizni Erondagi rejimni oʻzgartirishga emas, balki uni oʻz xatti-harakatini toʻgʻrilab olishga majburlashga qaratganmiz”, dedi. (Dastur sayti, 2018 yil 3 oktryabr).

4 – U holda, mintaqadagi vaziyatning keskinlashishi va taranglashishi sabablari nima? Buning javobi shuki, voqega diqqat bilan nazar tashlansa, ular uchta ekani maʼlum boʻladi:

Birinchi sabab, Jahon neftь bozorlari: neftь masalasida Amerikaning bugungi holati oʻn yil avvalgi holatidan farq qiladi. Gap shundaki, uning slanets neftь qazib chiqarish texnologiyasi oʻsib ketdi. Oʻzi neftь import qiluvchi davlat boʻlishiga qaramasdan, oʻz neftini eksport qilishga ruxsat berdi. Xitoy oʻzining AQSh bilan boʻlgan savdo-sotiq kamomadi muammosini undan neftь import qilishni oshirish bilan hal qiladigan boʻldi. Bir vaqtning oʻzida, Amerika Fors Koʻrfazi davlatlaridagi ayniqsa, Saudiyadagi arzongarov hukmdorlardan arzon neftni import qilishda davom etmoqda. Zero, Saudiyaning neftь pullari Amerikada toʻplanib turibdi. Oʻzi esa, ularni chiqarib ololmay, qarzga botyapti, fondlari ham suveren emas. Balki uning fondidan faqat Amerika naf koʻryapti. Ushbu voqelikdan kelib chiqib aytish mumkinki, Amerika Eronga bosim qilish orqali hamda neftь eksport qilishdan uni mahrum etish bilan dunyodagi neftь bahosini koʻtarib olmoqchi va bundan oʻzi foyda koʻradi. Zero, neftь bahosining oshishi slanets neftь qazib olish xarajatlariga mos keladi. Xalqaro Energiya Agentligi neftь yetkazib berish prognozidagi chalkashlikning tobora kuchayayotgani haqida soʻz yuritmoqda. U shuningdek, Eron va Venesuelaning neftь eksportining pasayishi oʻrnini Amerika toʻldirishga qodirligini aytmoqda: “Chorshanba kuni Xalqaro Energiya Agentligi bu yil dunyo bozorining OPEKdan ozgina koʻproq miqdorda neftь talab qilishini taʼkidladi. Chunki AQShning neftь ishlab chiqarishni qayta yoʻlga qoʻyishi Eron va Venesuela eksportidagi kamayishni oʻrnini bosadi”. (Reyter, 2019 yil 15 may). “Shu haftada AQSh energiya maʼmuriyati Amerikaga qarashli yetti nafar asosiy slanets neftь qazib chiqarish stantsiyasining iyun oyida kuniga 8.49 million barrel neftь ishlab chiqarish bilan rekord darajaga koʻtarilishini maʼlum qildi”. (Reyter, 2019 yil 17 may). Demak, AQSh neftь kompaniyalari Koʻrfazdagi keskinlik siyosati manzarasida imkon boricha koʻp neftь ishlab chiqarishni oshirishyapti hamda sanktsiyalar orqali Eronning neftь ishlab chiqarishini orqaga ketishga majbur qilishmoqda.

Hammasidan ham muhimi, neftь tankerlari va inshootlarining vayron qilinishi barobarida vaziyat Amerika tomonidan keskinlashtirilayotgan ekan, shunday bir manzarada neftь narxi koʻtarilyapti: “Dunyo boʻyicha neftь yetkazib berish ishiga zarar yetkazayotgan Yaqin Sharqdagi keskinlik yana-da kuchayadi, degan taxminlar manzarasida chorshanba kuni neftь fьyucherslari koʻtarildi. Oʻz navbatida, bu kutilmaganda Amerika xom neftь zaxiralaridagi koʻtarilishga sabab boʻldi. Brent markasidagi xom neftь fьyucherslari¹ 53 tsentga yoki 0.7 foizga oshib, bir barrel neftь 71.77ga chiqdi. Amerikaning WTI xom nefti fьyucherslari bir barreli uchun 62.02 bilan toʻxtadi va 24 tsentga yoki 0.4 foizga oshdi. Seshanba kuni Saudiya uchuvchisiz boshqariladigan samolyotlarning ikkita neftь inshootlariga zarba berganini maʼlum qilgan paytda neftь bahosi bir muncha qoʻllab-quvvatlovga erishdi. Bu zarba Birlashgan Arab Amirliklari yaqinidagi neftь tankerlari vayron qilingan amaliyotdan ikki kun oʻtib yuz berdi”. (Reyter, 2019 yil 15 may).

Bulardan aniq maʼlum boʻlyaptiki, Amerika Eron bilan munosabatini keskinlashtirish orqali neftь bahosini oshirishdan foyda koʻrmoqda. U endi oʻzining neftь ishlab chiqarish hajmini oshirishga qodir. Neftь bahosi oshgani sari, AQSh kompaniyalari zudlik bilan Amerikadagi mavjud neftdan tasavvur qilib boʻlmaydigan miqdorda ishlab chiqarishga kirishadi. Shubhasiz, Amerika ayni keskinlikni oʻzining neftь kompaniyalari uchun foyda deb hisoblaydi. Chunki Tramp maʼmuriyatida hamma narsa tijoriy manfaat bilan oʻlchanadi.

Ikkinchi sabab, Eron bilan qayta yadroviy shartnomani imzolash Eron bozoridagi AQSh kompaniyalariga misli koʻrilmagan foydani olib keladi.

Voqealarni kuzatib borayotgan kishiga sir emaski, Amerika Eron bilan ochiq oʻyin olib boryapti va bundan oʻzining raketa dasturi va mintaqadagi nufuzini oʻz ichiga olgan yangi yadroviy shartnoma imzolashni koʻzlagan. AQSh davlat kotibi Pompeo Iroqqa safar qilib, bosh vazir Abdulmahdiy bilan uchrashdi. Uchrashuv tafsilotlaridan xabardor bir manbaga koʻra, “Pompeoning soʻzlari batamom boshqacha boʻlgan, hatto uning ohangidan Abdulmahdiy ham hayron boʻlib qolgan. Gap shundaki, kutilmaganda Pompeo Abdulmahdiyga Eron uchun maktub berib, undan maktubni Eronga yetkazishni talab qiladi. Maktubda Qoʻshma Shtatlarning urush kelib chiqishini istamayotgani, uning Erondan yagona istagi u bilan qayta yadroviy shartnoma – Pompeoga tegishli shartnoma – imzolashni istayotgani aytiladi”. (Nun post sayti Britaniyaning Middle East Eye saytiga tayanib xabar qildi, 2019 yil 15 may). Tramp ham bu maqsadni yashirmayapti: “AQSh prezidenti tobora alanga olib borayotgan boʻhronni hal etish uchun eronlik rahbarlar bilan uchrashmoqchi ekanini bildirdi. Uning maʼmuriyati telefon raqamini shveytsariyaliklarga berib qoʻydi, qachon eronliklar muzokara boshlashni istab qolsa, shu raqam bilan bogʻlanishlari mumkin, dedi. AQSh prezidenti quyidagi soʻzlarni aytdi: “Eronliklar menga aloqaga chiqsa boʻldi, shuning oʻzi yetarli… Keyin bir stolga oʻtirib, odilona shartnoma imzolashimiz mumkin. Biz Eronga ozor yetishini istamaymiz”, “Men ularni kuchli va buyuk boʻlishlarini, buyuk iqtisod sohiblariga aylanishlarini istayman. Biroq ular aloqaga chiqishlari kerak. Aloqaga chiqishsa, biz ular bilan muzokara qilishga tayyormiz”. Oq uy Eronda Vashington bilan muzokara qilish istagi tugʻilsa, deya shveytsariyaliklarga oʻzining telefon raqamini berib qoʻydi. Buning boisi, shveytsariyaliklar AQSh va Eron diplomatik munosabatlariga vositachilik qilishadi”. (CNN Arabiy, 2019 yil 11 may). RT ham 2019 yil 15 may kuni AQSh rahbari Trampning “Men Eronning yaqinda muzokaraga oʻtirishiga aminman”, degan soʻzlarini xabar qildi. Xuddi shu mazmunda Eronning Islohotchilarga yaqin boʻlgan Intixob sayti ham seshanba kuni Ummon tashqi ishlar vaziri Yusuf ibn Alaviyning poytaxt Tehron safaridan koʻzlangan maqsadlariga toʻxtalib, 2019 yil 21 may kungi bayonotida “Alaviyning safaridan maqsad, AQSh va Eron oʻrtasida vositachilik qilish hamda AQShning Bagʻdoddagi elchixonasining nishonga olinishi hodisasini hamda mintaqadagi boshqa voqealar mavzusini mahokama qilishdan iborat”, dedi. Sayt yana “ummonlik vazir Yusuf Alaviy Tehronga qilgan kutilmagan safari chogʻida oʻzi bilan AQSh prezidenti Donalьd Trampning maktubini keltirdi”, deya qoʻshimcha qildi, ammo tafsilotlarni ochiqlamadi.

Uchinchi sabab. Bu eng muhim sabab boʻlib, shundan iboratki, AQSh-Arab koalitsiyasini tuzib, kuchga kirgan paytda unga yahud vujudini ham qoʻshish.

Amerikaning ham mintaqaviy siyosati, ham regional pozitsiyalar ortidagi maqsadlariga chuqur nazar tashlash shuni koʻrsatadiki, uni Eron bilan munosabatlarni keskinlashtirishga undagan sabablarning eng muhimi rasmiy shaklda mana shu koalitsiyani tuzishdir. Yaʼni, “Isroil”ning muqaddas Falastin zaminini bosib olishiga qarshi qaratilgan musulmonlardagi dushmanlikni hamda bu vujudni ildizi bilan qoʻporib tashlab, Falastinni qayta Islom diyoriga qoʻshish masalasini Eron bilan boʻlgan mintaqadagi mazhabparastlik kurashiga oʻzgartirishmoqchi! Boshqacha ibora bilan aytganda, bu vujudni mintaqaga qorishtirmoqchi. Bu – Amerika bilan Britaniya oʻnlab yillardan beri amalga oshirishga ojizlik qilib kelgan masala boʻlib, Amerika bugun xoin hukmdorlar, xususan koʻrfazlik rahbarlar yordamida uni amalga oshishiga umid qilyapti. Chunki bu hukmdorlar “Eron xavfi”, degan amerikacha dastak-bahona ostida yahud vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga jonbozlik koʻrsatishyapti.

Darhaqiqat, bu yahud vujudi pozitsiyasida yaqqol koʻrinib qoldi. Koʻrfazda tarang vaziyat vujudga kelishi bilan yahud vujudi bosh vaziri Netanьyaxu bunday dedi, u yerda AQSh elchisi Fridman ham bor edi: “Koʻpgina arab va islomiy yurtlardan iborat qoʻshnilarimiz bilan bizning oʻrtamizda yangi munosabatlar rivoji va yutugʻi mavjud”. Netanьyaxu yana “Biz Eron xavfiga chek qoʻyish uchun birlashdik”, dedi. Keyin “Isroil davlati, boshqa mintaqa davlatlari, umuman, dunyoda tinchlik boʻlishini istagan barcha davlatlar Eron xavfiga qarshi Qoʻshma Shtatlar tarafida turishlari shart”, deya qoʻshimcha qildi. Shuningdek, u “Isroil kuch-qudratini oshirish va AQSh bilan boʻlgan muhim koalitsiyani davom ettirish zarurligini taʼkidladi”. (RT, 2019 yil 14 may). Yahud vujudining arab va “islomiy” yurtlar bilan birgalikda Eron xavfiga qarshi Qoʻshma Shtatlar tomonida turishi shuni koʻrsatadiki, demak, Amerika-Eron oʻrtasidagi keskinlikdan AQSh yetakchiligida Eronga qarshi regional koalitsiya paydo qilish va unga yahud vujudini ham qoʻshish koʻzlangan. Shu bilan birga, keskinlikni keltirib chiqarish va keskin bayonotlar hamda Fujayra va Aramko inshootlarida olib borilgan ayrim harbiy amaliyotlar NATOning regional stsenariysi boʻlib, bu stsenariy hanuz davom etmoqda. Stsenariy muqaddimalaridan biri 2019 yil 6 aprel dushanba kuni AQSh-Arab uchrashuviga Riyozning mezbonlik qilishi va unda Qatarning ishtirok etishi boʻldi. Bu uchrashuvdan axborot vositalarida “Arab NATO”si, deyilayotgan “Yaqin Sharq strategik koalitsiya”sini tuzishga zamin tayyorlash koʻzlangan. Saudiya axborot agentligi xabariga koʻra, uchrashuv “Saudiya Arabistoni, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Kuvayt, Ummon, Qatar, Iordaniyadan iborat davlatlarning Oliy darajadagi hamkorligi”da boʻlib oʻtdi. Xabarda aytilishicha, uchrashuv “ushbu koalitsiyani boshlash sari tashlangan muhim qadam hisoblanib, undan mintaqa va butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsad qilingan”. (RT, 2019 yil 10 aprel). Demak, ayni harbiy koalitsiyani tuzish amaliyoti gʻoyat qizgʻin ketmoqda. Yahud vujudi arabiy va “islomiy” davlatlar bilan Eronga qarshi hamkorlik qilayotganidan mamnun. Uning mamnunligi maʼnosi Amerikaning ayni hukmdorlar bilan olib borayotgan hamkorligida yahud vujudining ham qatnashishini anglatadi. Faqat bu haqda eʼlon qilinmadi, xolos. Aftidan, bu narsa Amerika tinchlik rejasini amalga oshirganidan keyin eʼlon qilinadigan koʻrinadi. Zotan, tinchlik rejasining asosiy bandida Koʻrfaz hukmdorlarining yahud vujudi bilan aloqalarni normallashtirishi aytilgan.

Xulosa:

1 – AQSh va Eron oʻrtasida tanglikni paydo qilib, vaziyatni keskinlashtirish bu ikki davlat oʻrtasida katta urush boshlanishini anglatmaydi. Balki, bu narsadan yuqoridagi uchta sababni amalga oshirish koʻzlanganining ehtimoli kuchlidir. Biroq ikki davlat obroʻsini himoya qilish uchun qisqa vaqt zabarlar yoʻllanishi ehtimoli ham yoʻq emas. Chunki har holda, ikkala davlat keskin xatti-harakatlar qildi, tahdidli, kuchli va keskin bayonotlar berishdi, yoʻnalishlarini oʻzgartirishdi!!

2 – Masalaning alamli yeri shundaki, Amerika oʻz bayonotlari va tahdidlari bilan maqsadini yashirmayapti. Ammo yurtlarimizdagi, ayniqsa, Koʻrfazdagi anavi hukmdorlar esa, Amerikaning takabburligini, mintaqadagi zoʻravonligini oqlashyapti, goʻyo koʻr, kar va soqovlardek turishibdi. Bu bilan dunyo-yu oxiratlarini boy berishadi. Alloh bunday deya haq-rost soʻzladi:

وَمَنْ كَانَ فِي هَذِهِ أَعْمَى فَهُوَ فِي الْآخِرَةِ أَعْمَى وَأَضَلُّ سَبِيلاً

“Kimki, bu dunyoda koʻr-gumroh ekan, bas, u oxiratda ham koʻr va butunlay yoʻldan ozguvchidir” [Isro 72]

       19 ramazon 1440h

       24 may 2019m

¹ Shartnoma tuzish vaqtida xaridor xarid qilish majburiyatini olgan moliyaviy bitim. Bunda sotuvchi moddiy aktivni (moddiy tovar yoki moliyaviy vositani) belgilangan muddat davomida belgilangan narxda sotishga majbur boʻladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.