Hindiston: Gujarat qonxoʻri Narendra Modi saylovlarda gʻolib chiqdi

63
0

Hindiston: Gujarat qonxoʻri Narendra Modi saylovlarda gʻolib chiqdi

Hindistonda 11-apreldan 19 mayga qadar parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. Saylovda Narendra Modining “Bxaratiya Janata” partiyasi gʻolib chiqdi, u parlament quyi palatasidagi 545 oʻrinning 350 tasini egallaydigan boʻldi. “Bxaratiya Janata” partiyasining asosiy raqibi “Hindiston milliy kongressi” 20%dan kam ovoz oldi. Hindistonda hukumat uchun asosan ikki partiya – amerikaparast “Bxaratiya Janata” partiyasi va britaniyaparast “Hindiston milliy kongressi” kurash olib borishadi.

“Bxaratiya Janata” partiyasi 2014-yildagi parlament saylovida gʻolib chiqqan va partiya aʼzosi Narendra Modi bosh vazir boʻlib tayinlangan edi. Bu safargi gʻalabadan soʻng Narendra Modi lavozimini saqlab qolishi mumkin. “Bxatariya Janata” partiyasi amerikaparast partiya, shu sababli yaqin kelajakda Hindistonning siyosiy yoʻnalishi AQSh talablariga muvofiq olib boriladi. Modi saylovda gʻolib chiqishi ortidan Tramp uni Tvitterda tabrikladi: “Bosh vazir Narendra Modi va uning partiyasini saylovdagi ulkan gʻalaba bilan tabriklayman… Bosh vazir Modini Amerika-Hindiston hamkorligi ruliga qaytishi bilan ulkan ishlar kutib turibdi. Men bizning muhim hamkorilik ishlarimiz davom etishini sabrsizlik bilan kutaman”.

Qonxoʻr Modi oʻtaketgan millatchiligi, musulmonlarga qarshi dushmanligi bilan mashxur. Modi har doim musulmonlarga qarshi dushmanlikni qoʻzgʻab turadi, sababi, bunday muhit uning “obroʻsini” koʻtaradi, saylovlarda ovoz olishida quvvat boʻladi. Hindiston aholisining 14%ni musulmonlar tashkil etadi. 2002-yili Modi Hindistonning Gujarat shtatida hukumat rahbari boʻlib turgan vaqtda mingdan oshiq musulmonni qirgʻin qilinishiga sababchi boʻlgan. Shundan buyon Modi “Gujarat koxoʻri” degan nom orttirgan.

Modi 2014-yilgi saylovlarda gʻolib chiqib bosh vazir boʻlganidan beri musulmonlarga qarshi koʻp ishlarni amalga oshirdi, qonunlar qabul qildi. Masalan, ayrim shtatlarda musulmonlar fuqaroligini bekor qildi, avvaldan islomiy nomlar bilan atab kelingan shaharlar nomlarini hindcha nomlarga oʻzgartirdi, Kashmirda esa musulmonlar qirgʻin qilinib, qamoqxonalarda dahshatli, gʻayriinsoniy qiynoqlarga solinayotgani, muslimalar zoʻrlanayotgani barchaga maʼlum. Bundan tashqari Modi partiyasi qoʻshni davlatlardan kelgan muhojir hind, sikx va butparastlarga fuqarolik berish boʻyicha qonun qabul qilinishini vaʼda qilgan, holbuki musulmonlarga fuqarolik berish koʻzda tutilmagan.

AQSh qoʻllab-quvvatlayotgani va musulmonlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun musulmon hokimlar tomonidan tanqidga uchramagani sababli Modi haddidan oshib musulmonlarga qarshi hujum qilyapti. Musulmon hokimlar musulmonlarni qirgʻin qilayotgan bu qonxoʻrni tanqid qilish u yoqda tursin, aksincha saylovda gʻolib chiqqani bilan qutlashmoqda. “Pokiston bosh vaziri Imron Xon Hindiston bosh vaziri Modini… saylovda gʻolib chiqqani bilan tabrikladi” (RIA, 23.05.19). Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari Saudiya Modini tabriklaganini xabar qilishdi. “Ikki muqaddas dargoh xizmatkori Salmon ibn Abdul-Aziz Al-Saud… Modini parlament saylovlarida gʻolib chiqqani bilan tabrikladi” (spa.gov.sa, 25.05.19). Hatto, Saudiya Gujarat qonxoʻri Modini Saudiyaning eng oliy Abdul-Aziz ibn Saud ordeni bilan taqdirladi.

Horun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.