Lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosining yangi varianti taklif qilindi

1271
0

Lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosining yangi varianti taklif qilindi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini isloh qilish boʻyicha ishchi guruhning xulosalari Kun.uz tahririyatiga taqdim etildi.

2018 yil 15 mayda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov tomonidan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish boʻyicha Harakatlar rejasi” tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2018 yil 17 iyulь kuni oʻtkazilgan majlis bayonining 28-bandida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini tanqidiy qayta koʻrib chiqish va uning qoʻllanishini osonlashtirish, oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlariga yanada moslashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi. Lotin alifbosini isloh qilish programmasiga binoan toʻrt harf oʻzgardi, bittasidan voz kechildi.

Izoh:

Saqofat toʻrt narsadan iborat:  qonun, tarix, adabiyot va til.

Demak-ki, til ham saqofatdan boʻlib, bir millat yo elat oʻz urfu odat, anʼana, tarix va dinini boshqa millatga kirgizmoqchi boʻlsa, eng avvalo alifbodan foydalanadi.

Islom davlati barpo boʻlib, mamlakatlar fath qilingach, barcha din botilga chiqdi, shu jumladan xalqlar eʼtirof qilib, amal qilayotgan yozuvlarga ham barham berildi. Barcha oʻquv muassalarda, maktab-u madrsalarda, arab alifbosi joriy etildi. Butun xalqlar tillari va urfu odatlari kanday boʻlishidan katʼiy nazar arab alifbosi vositasida ilm oʻrgana boshlashdi, bora-bora arab alifbosi oʻsha xalqning oʻziniki boʻlib qoldi. Shu jumladan Oʻrta Osiyodagi mamlakatlar ham bir Xalifaga itoat qilgan holda arab alifbosini taʼlim tizimiga aylantirdi.

Zero Islomning sofligini, haqiqatini saqlab qolish uchun arab tili va arab alifbosiga qattiq ahamiyat berish lozim. Arab alifbosi va arab tili bizni Qurʼonga, Sunnatga olib boradi. Bundan chiqdi, har kanday saqofat va bizni Shariatdan uzoqlashtiridigan har kanday alifbo ham biz uchun begona boʻlib, qolaversa Dinimiz, dunyoimiz va oxiratimiz uchun xatarli hisoblanadi.

Til va alifboga taaluqli maʼlumotlarga qiska nazar tashlaydigan boʻlsak, oʻtgan 20- asr boshlarida Ilsomiy Xalifalik davlati qulagach, barcha islomiy yurtlar qatori Oʻrta Osiyo davlatlari ham mustamlakachi katta davlatlar nishoniga aylandi. Katta davlatlarning har biri  oʻz oʻljasini qoʻlga kiritish ilinjida Osiyo tomon mafkuraviy harakatlar boshlashdi.

Madrasalardagi taʼlim sistemasi oʻzgartirilib, uning oʻrniga Islomga yot ilm berish uslublari kiritildi. Shu jumladan madrasalar, nashriyotlardagi arab alifbosiga asoslangan tizim tubdan oʻzgartirilib, oʻrniga lotin alifbosi joriy qilindi.

 Nafaqat dunyoviy adabiyotlar, hatto diniy kitoblar ham lotin alifbosida nashr qilina boshladi (oʻsha paytda tatar bosmaxonasida chikarilgan kitoblar bunga misol boʻla oladi). Shunday qilib kufr olami biz uchun moʻʼtabar boʻlgan arab alifbosini lotin alifbosiga  almashtirdi.

 Mustamlakachilar tabiiyki alifbo vositasida oʻz saqofatini bera boshladi. Zero bir avlodning davri tugab, yosh avlod shakllana boshlaganda, arab alifbosi ular uchun mutlaqo begonaga aylandi va shu tufayli arab yozuvida nashrga chiqqan aqida, mafkura, din, tarix va adabiyotga oid maʼlumotlar yosh avlod uchun tushunarsiz (eng achinarlisi, iikinchi darajali, unchalik zarur boʻlmagan)  bilimga aylanib qoldi.

Endilikda tarix takrorlanib rus mustamlakachiligi ostiga goʻyo rus alifbosini tatbiq qilish rejasi eʼlon qilingach, aholi oʻrtasida ikki xil koʻzqarash hosil boʻla boshladi.

Aholining yarim qismi (asosan ziyolilardan iborat) insonlar rus tiliga davlat tili maqomini berish ustida qattiq turib olishgan boʻlsa, qolgan asosiy qismi esa bu jihatni oʻzbek millati  uchun  xatarli deya bong urishdi.

Holbuki agar lotin alifbosiga qattiq eʼtibor bersak, unga mehr qoʻysak, u olib kelgan barcha maʼlumotlarini oʻzimizniki qilib olsak, u holda bu alifbo tabiiy ravishda bizni  Vashington, Britaniya Qirolligi  saqofati sari yetaklaydi.

Va agar buning aksi boʻlib kirill alifbosiga qaytadigan boʻlsak, bu alifbo bizni Kirill tomon olib borishligida shak shubha yuq. Boshqacha qilib aytganda “Alihoʻja – Hoʻjaali”.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.