“Terrorizm” – raqiblarni yoʻq qilish quroli

423
0

“Terrorizm” – raqiblarni yoʻq qilish quroli

“SANA” axborto agentligi shunday xabar tarqatdi: “Turkiya hukumati tashqi ishlar vazirligining 249 xodimini qamoqqa olish toʻgʻrisida order berdi. Bu xodimlar Fathulloh Gulen bilan aloqasi borlikda ayblanmoqda. (…) Erdogan rejimi oʻzining siyosiy muholiflarini bartaraf qilishda davlat toʻntarishiga boʻlgan harakatdan foydalandi. Ayni vaqtda 10 minglab odam qamoqqa olindi. Ularning orasida – harbiylar, politsiya, prokuratura xodimlari va sud organlari, jurnalistlar, inson huquqlari faollari va boshqa kasb egalari bor. Mamlakatning davlat va xususiy sektorida 179 mingdan ziyod turk fuqarosi ishidan ayrildi, bunga qoʻshimcha 130 ming davlat xizmatchisi va byudjet sohasi xodimlari ishdan boʻshatildi”.

Erdogan-Gulen munosabatlariga toʻxtaladigan boʻlsa, 2002-yili Erdogan partiyasi hukumat tepasiga kelganidan boshlab Gulen jamoati uni qoʻllab-quvvatlagan. Oʻz vaqtida Erdogan hukumati ham Gulen jamoatini kuchli quvvatlagan. Sababi, oʻsha vaqtda bu ikkisiga nisbatan AQShning talabi shunday boʻlgan. Chunki, amerikaparastlar hukumat tepasiga kelgan boʻlishiga qaramay, britaniyaparastlarning hamon sud va armiyaga taʼsiri kuchli edi. Shu sababli Amerika oʻziga qarashli Erdogan bilan Gulenning quvvatini birlashtirib, ularni Britaniya taʼsirini yoʻq qilish uchun ishga solgan.
2010-yili boʻlib oʻtgan referendumda Erdoganni gʻolib chiqishida Gulen jamoatining oʻrni katta boʻldi. Shuning uchun referendumdan keyin xavfsizlik, sud va prokuratura tarmoqlaridan britaniyaparast kadrlar boʻshatilib, ular oʻrniga gulenchilar tayinlandi.
Mana shunday qilib britaniyaparastlar taʼsirini yoʻqotganidan soʻng AQSh endi Erdogan bilan Gulen oʻrtasida oʻzaro kurash olib borishga yashil chiroq yoqib qoʻydi. 2011-yili Erdogan ayrim gulenchilarni saylov roʻyxatidan chiqarib tashlab, xavfsizlik va sud mahkamalaridagi kadrlarini ishdan boʻshata boshladi. Bunga qarshi oʻlaroq, Gulenning xavfsizlik va sud maxkmalaridagi kadrlari Erdoganga qarashli vazirlar hamda ularning farzandlarini korruptsiyada ayblab qamoqqa olishdi. Biroq, Erdogan gulenchilarni xizmatlaridan chetlatishga ulgirdi va ularning oʻrniga oʻz odamlarini qoʻydi.
Britaniyaparastlar 2016-yili harbiy toʻntarish qilishga urinishdi, biroq, bu reja muvaqqiyatsiz chiqdi. Erdogan esa harbiy toʻntarishda aybni Gulenga yuklab, uning jamoatini terroristik tashkilotlar safiga kiritdi va uning kadrlarini britaniyaparastlar bilan birga qatagʻon qila boshladi. Shuningdek, boshqa davlatlardan ham gulenchilarga qarshi kurashishni talab qildi.
Aslida, Gulen jamoati hech qanday toʻntarish qilgan yoʻq va ular hech qanday terrorist ham emas. Gulen Islom dinini demokratiyaga moslashtirishga chaqiradi, demokratik qadriyatlarni tan olib, yahudiylar bilan dinlararo muloqot boʻlishi kerak deydi hamda ularni musulmonlar deb hisoblaydi. Xalifalikni barpo qilish uchun harakat qilganlarni ekstremist va terrorist deydi (endilikda bu yorliq oʻzining ham boʻyniga ilinmoqda). Qisqasi, Gulen Amerikaning Islomga qarshi mafkuraviy kurashida xizmat qiladi.
Erdogan ham Gulen kabi AQShning xizmatkoridir, faqat, uslubdagina farq qiladi. AQSh Gulendan mafkuraviy kurashda foydalansa, siyosiy kurashda qurol sifatida Erdogandan foydalanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.