Ramazon oyida xijobga qarshi kurash kuchayib bormoqda

529
0

Ramazon oyida xijobga qarshi kurash kuchayib bormoqda

“arab.com.ua” sayt xabar qilishicha, Frantsiya parlamenti yuqori palatasi ota-onalar va oʻquvchilar birgalikda sayohatga chiqgan vaqtlarida oʻquvchilarning onalariga hijob kiyishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. Mazkur qonun loyihasini konservativ respublikachilar partiyasi taklif qildi, qonunni 186 deputat qoʻllab, 159 deputat qarshi ovoz berdi. Endi bu qonun loyihasi kuchga kirishi uchun parlamentning quyi palatasi uni qabul qilishi kerak. Respublikachi partiya deputati Jaklin Yustash-Brinioning aytishicha, qonun loyihasi maktab tomonidan tashkil etiladigan sayohatlarda dunyoviylikni yuzaga chiqarishdagi huquqiy boʻshliqni bartaraf etishda yordam beradi.

Maʼlumki, Ramazon oyi boshlanishida Rossiyaning Penza shahridagi 20dan oshiq maktablarda hijob kiyish taqiqlandi. Bu qaror ekstremistik harakatlarga qarshi turishga qatarilgan deb aytildi. Ramazon oyining 4 kunida esa Avstriya parlamenti maktablarda hijob taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qilgani maʼlum boʻldi.

Biri dunyoviylikni, yaʼni, dinsizlikni himoya qilyapman desa, boshqasi ekstremistik harakatlarga qarshi kurashyapman deydi. Gʻarbliklar mana shunday bahonalar bilan Islom va musulmonlarga qarshi kurashadi.

Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.