Pokiston rejimi ramazon oyida odamlar turmushini qiyinlashtirmoqda

34
0

Pokiston rejimi benzin narxini koʻtarish orqali ramazon oyida odamlar turmushini qiyinlashtirmoqda, bir litr benzinning narxi 100 rupiyaga koʻtarilgan

Ramazon oyida narxlarning koʻtarilishi kutilayotgani uchun odamlar zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olayotgan bir paytda zolim rejim yoqilgʻi, shu jumladan benzin narxi oshganini eʼlon qildi. Bu esa, oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishiga olib borishi tabiiydir. Chunki, benzin narxining oshishi oziq-ovqat mahsulotlarini xoʻjalik maydonlaridan savdogarlarga yetkazishda yoʻl kira narxining koʻtarilishiga olib keladi. Abdulhafiz Shayx yetakchilik qiladigan iqtisodiy koordinatsiya kengashi benzinning har bir litriga 9,54 rupiya miqdorida narx qoʻshgan. Ushbu shaxs Xalqaro Valyuta Fondining iqtisodiy vakili hisoblanadi. Benzin uchun belgilangan narxlar 2019 yil, 5 mayda federal tasdiqdan oʻtganidan keyin kuchga kirdi. Natijada, bir litr benzinning narxi 100 rupiyaga koʻtarildi. Holbuki, rejim yoqilgʻi narxlarini tushirishi va oziq-ovqat ishlab chiqarishni koʻpaytirishi lozim edi. Shunda ramazon oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi koʻtarilib ketishining oldi olingan boʻlar edi. Chunki ushbu oyda oziq-ovqat mahsulotlariga talab kuchayadi. Biroq, rejim yoqilgʻi narxini tushirish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishini koʻpaytirish oʻrniga narxlarni koʻtardi. Bu bilan moliyaviy qiyinchiliklar sababli ramazon oyida roʻzador musulmonlarning rejimga qarshi chaqiriqlari kuchayadi. Chunki, bu holat odamlarni va ularning oilalarini qiyin  ahvolga solib qoʻydi.

Ey Pokiston musulmonlari! Ustimizda Alloh Taolo nozil qilgan shariatga qarshi hukm yuritadigan hokimlar turar ekan, iqtisodiy ahvolimiz qiyinlashaveradi va yomonligi ortaveradi. Ushbu rejim yoqilgʻi, shu jumladan benzin bilan bogʻliq sharʼiy hukmlarni tatbiq qilish oʻrniga Xalqaro Valyuta Fondi koʻrsatmalarini ijro qilmoqda. Bu koʻrsatmalar esa, umumiy mulk borasida Islom farz qilgan sharʼiy hukmlarga zid boʻlib, ularni oyoq-osti qiladi. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“النَّاسُ شُرَكَاءُ فِي ثَلاَثٍ: الْمَاءِ وَالْكَلَإِ وَالنَّارِ”

“Odamlar uch narsada sherikdirlar: suv, yaylov va olovda”. Imom Ahmad rivoyati. Shuningdek, Islom elektr energiyasimi, gazmi, benzinmi bundan qatʼiy nazar, energiyani umumiy mulk qilib belgilagan. Davlat odamlar energiyadan toʻla foydalanishlari uchun uni oʻzi nazorat qiladi. Bunda uning bevosita oʻzidan foydalanadimi, yoki savdo bitimlaridan tushgan kirimlardan foydalanadimi farqi yoʻq. Biroq tez-tez almashayotgan hukumatlar oʻtgan uch yil davomida Xalqaro Valyuta Fondiga koʻr-koʻrona itoat qilish tufayli energiya sektorini xususiylashtirdi. Xalqaro Valyuta Fondi ushbu xususiylashtirish orqali davlat xazinasini boʻshatadi va energiya sektoridan tushadigan kirimdan uni mahrum qiladi. Natijada, davlat qarz va soliqlarga tayanadigan boʻlib, iqtisod falaj ahvolda qoladi. Xalqaro Valyuta Fondi xususiylashtirish orqali energiya sektorini mahalliy va ajnabiy shirkatlarga oʻtkazib beradi. Bu esa, energiya narxining toʻxtovsiz oʻsishiga olib keladi. Chunki, ushbu shirkatlar odamlar mashaqqati evaziga ulkan foydalar koʻrishi kerak. Abdulhafiz Shayx haqida aytadigan boʻlsak, u vayron qiluvchi mustamlaka siyosatining asosiy ijrochilaridan biridir. Bu kimsa Musharraf va Aziz rejimi davrida xususiylashtirish boʻyicha ittifoq vaziri, Kiyoniy va Zardoriy davrida moliya vaziri boʻlib ishlagan. U hozir Bajva va Imron rejimi davrida moliyaviy ishlar boʻyicha bosh vazir boʻlib ishlamoqda. Bugungi rejim davrida, basharalar oʻzgargan boʻlsa-da, mustamlakachilik siyosati yurtlarimizga turli mashaqqatlarni tugʻdirishda davom etmoqda. Bu ishlar Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklash uchun faoliyat olib borayotganlar yana ham qattiqroq harakat qilishlari, shuningdek haqiqiy oʻzgartirishni amalga oshirishlari shartligini taʼkidlaydi. Bu esa, faqat Alloh Taolo nozil qilgan shariat bilan hukm yuritish orqali amalga oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.