Xristian olamida birinchi marotaba hijobli senator paydo boʻlishi mumkin

1210
0

Xristian olamida birinchi marotaba hijobli senator paydo boʻlishi mumkin

Samira Gutok Tegi gʻayrioddiy nomzod oʻlaroq boshqa talabgorlardan farq qiladi. U oʻzining tashqi qiyofasi bilan siyosatchilar orasida ajralib turadi.

Shijoat bilan oʻz nomzodini qoʻygan 44 yoshli hijobli muslima, Filippin senatindagi 12 joyning biriga egalik qilish ilinjida musobaqa maydoniga chiqdi. Bu haqida islamnews.ru sayti xabar bermoqda.

8 nafar muxolif daʼvogarlar orasida u depuatatlikka talabgor yagona ayol hisoblanadi.

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte unga nisbatan tanqidiy bayonot berishdan bosh tortdi. Zero u bir necha marotaba nasli nasabida musulmon borligiga dalil keltirgan edi.  Samirinanig oʻzi ham xudbin prezidentga nisbatan gʻarazi yoʻqligini bildirdi. Shu bois Gutok Dutertening Xitoyga nisbatan pozitsiyaga extiyotkorlik bilan fikr bildirdi.

 Ayni paytda Gutok amaldagi prezident Dutertening Xitoyga nisabatan pozitsiyasi haqida toʻxtalib, – “Agarda siz Xitoy oldida boʻyin egmoqchi boʻlsangiz, u holda eng avvalo oʻz baliqchi va fermerlariz oldida taʼzim qilishingiz shart boʻlib qoladi” – dedi.

Agar saylov natijasida Samra Gutok gʻolib chiqsa, u holda Filippin tarixida u 20 yil mobaynidagi ilk musulmon senator boʻladi.

Izoh:

Kufr olami qadimdan musulmonlarning zaif jihati boʻlmish ayollarga taʼsirini oʻtkazishga haris boʻlgan. Koʻplagan ayollar aynan din dushmanlari makriga ilinib, oʻzlari bilmagan holda Musulmon ummatining yaxlitligiga raxna soluvchi vosita boʻlib qolgan.

Islom ayolni aziz qildi, agar soliha boʻlsa erining dinini yarmi deya baholadi. Ammo achinarlisi shundaki, kufr olami oʻylab topgan hiyla qopqoniga ayollarning ilinishi hali hanuz davom etmoqda.

Bundan 5 yil muqaddam 32 yoshli Tavakkul Abdul Salom Karman  dunyo tarixida ikkinchi marotaba Nobel mukofoti sovrindori qilib belgilandi. U “ayollar huquqini muhofaza qilgani, ayollarning jamiyatdagi oʻrnini koʻrsatib qoʻygani va dunyo rivoji yoʻlidagi tenghuquqlikni himoya qilgani” uchun yuqoridagi mukoftga loyiq deb topildi.  Michigan universitetida nutq soʻzlagan Tavakkul-xonim quyidagilarni aytdi:

“Alaloqibat, ayol kishi goʻyo jamiyatdagi eng ogʻir muammolaridan biri degan tuygʻuni  oʻzidan uzoqlashtirishi kerak, Balki biz ayollar muammolar yechimi boʻlib xizmat qilishimiz zarur. Uzoq yillar mobaynida biz tazyiq ostida kun koʻrdik, mana endi oʻz pozitsiyamiz bilan faol haarkat qilish imkoniyati paydo boʻldi. Bu jamiyat oldidagi qarzimizini uzishning yagona yoʻlidir va bu, shubhasiz Yaman davlatining maqsadlari sari  ilgʻor ketishiga omil boʻladi”.

 Birinchilardan boʻlib Eron respublikasi fuqarosi Shirin Ibodiy “demokratiyani rivoji, inson huqulari, xossatan ayollar va bolalar huquqini himoya qilish yoʻlidagi xizmatlari uchun” Nobel mukofoti olgan edi.

Bu kabi hodisalarni kunora kuzatamiz. Goʻzallar va qoʻshiqchilar oʻrtasidagi  konkurslarda, sport musobqalarida aynan muslima ayolga gʻoliblikni berishlik, sizningcha ajib hol emasmi? Nima, boshqa xech kim ularchalik goʻzal, xushqomat va yo dono  boʻlmaganmi?

 Yamandagi hozirgi ahvol, bolalar va ayollardagi aziyatli vaziyat negadir Tavakkul xonimning aytgan gaplariga mutobiq kelmayapti!

Yamanda  inson huquqi poymol boʻlmoqda, ayollar azizligi xor ahvolda.

Yuqoridagi vazifa, mansab, mukofot kufr olamining biz musulmonlar ustidan masxara qilib, magʻzava ogʻdarishdan boshqa narsa emas.

Ey Muslima ayol!  Agar senga ayni sistemaning eng yuqori lavozimidan joy berilsa hamki, bu narsa Islom qadriyatlariga butunlay zid. Zero kufr nizomi bilan insoniyat azizlikka erishmaydi, ayollar ham bundan mustasno emaslar.

 Ular bizni yomon ahvolga tushib qolishimizni istaydilar, biz haqimizda turli hiyla nayranglar oʻylab topishadi. Musulmonning  or-nomusi boʻlmish zaifalariga goʻyo iltifot koʻrsatib, qasddan musulmon erkaklarning hamiyatini tirnaydi!

Gap  men va Siz haqingizda ketyapti !

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.