Xitoy musulmonlarga qarshi kurashda Turkiyadan yordam soʻradi

24
0

Xitoy  musulmonlarga qarshi kurashda Turkiyadan yordam soʻradi

 Reuters. agentligining xabar berishicha Xitoy hukumati Turkiyaga kutilmagan taklif bilan murojaat qildi. Xitoy Turkiyadan, Shinjon-Uygʻur avtonom tumanidagi islomiy  harbiylariga qarshi kurashda yordam soʻradi. Bu taklif turk hukumatining uygʻurlarga  boʻlgan zulmiga nisabatan tanqidiy  bayonoti soʻngida eʼlon qilindi.

Anqara vakillari bilan boʻlgan uchrashuvda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Turkiyaga oʻz  hurmatini bildirib, Turk hukumatining suverinitet va  milliy  xavfsizlikni quvvatlash yoʻlidagi saʼy- harakatlarini yuqori baholadi.

Diplomat Turkiya hukumatini “Sharqiy Turkiston islomiy harakati”ga  qarshi kurashda  strategik hamkorlikka daʼvat qildi. Agentlikning maʼlum qilishicha  halqaro aloqalar boʻyicha mutaxassislarning fikriga koʻra, bunday jangari guruhlarning mavjudligi hali hanuz shubha ostida  qolmoqda.

Xitoy hukumati Uygʻur musulmonlarni majburiy ravishda lagerga joʻnatib, oilasidan judo qildi. Har bir ish vatanga muhabbat, yurtga sadoqat shiori ostida amalga oshirildi. 2017 yildan buyon Gʻarb mamlakatlari Xitoyni Shinjonda oʻrgimchak uyasi misoli tarbiyaviy lagerlardan iborat toʻr bilan oʻrab olib, zulm qilayotgani haqida bong uradi. Xabarlarga koʻra ayni damda millionga yaqin uygʻur va boshqa elatga mansub musulmonlar siyosiy tarbiyalash lagerlarida saqlanmoqda.

Rasmiy Pekinning taʼkidlashicha, bunday markazlar ekstremizmga qarshi programma loihasining  bir qismi hisoblanib, u yerda taʼlim olish bilan bir qatorda foydali hunarlarni oʻrganish imkoniyati ham bor. Ammo shuning barobarida taʼlim lagerlarida insonlarni qayta tarbiyalash maqsadida, turli azoblarga giriftor qilish holatlar yuz beryapti.( bu narsalarga ham qayta tarbiya berish programmasining bir bandi deya izoh berilmoqda)

Biroq Xitoy hukumati uzoq muddat bu kabi lagerlarning mavjudligini rad qilib keldi. Birinchi marotaba oʻtgan yilning oktyabr oyida hukumat tomonida tarbiyaviy   lager borligi eʼtirof kilinib, unga  “ideologik tarbiya manbai, tafakkur mezoni, axloq tuzatish markazi va davlat (Xitoy) tilinii oʻrganish maktabi” deb taʼrif berildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.