AQSh Fors koʻrfazida qoʻshinlarni joylashtirishga rozilik oldi

108
0

AQSh Fors koʻrfazida qoʻshinlarni joylashtirishga rozilik oldi

 Saudiya Arabistoni va Fors koʻrfazidagi qator davlatlar AQShga oʻz hududlarida Amerika qoʻshinlarini va Fors koʻrfazidagi territorial suvlarida Amerika kemalarini joylashtirishga rozilik berdi. Bu haqda yuqori lavozimdagi manbalariga tayanib “Ash-Sharq al-avsat” gazetasi xabar berdi.

 Oʻz navbatida arab diplomatik manbalari nashrga qator arab davlatlari Makkada may oxirida boʻlib oʻtadigan islom davlatlari sammiti vaqtida tor doiradagi uchrashuv oʻtkazish boʻyicha muzokara olib borayotganini maʼlum qilishgan.

 Avvalroq AQSh Eron atrofidagi vaziyat keskinlashishi ortida Fors koʻrfazi yaqinida “Abraham Lincoln” aviatashuvchisi boshchiligidagi yettita harbiy kemani joylashtirgandi. Mintaqaga “Patriot” zenit-raketa majmuasi ham yetkazilgan.

 Payshanba kuni AQSh prezidenti Donalьd Tramp Eron bilan urush boʻlmasligiga umid qilayotganini bildirgandi. Oʻz navbatida Eron oliy yetakchisi oyatulla Ali Hamenaiy Eron AQSh bilan urushmoqchi emasligini, ammo Tehron Vashingtonga qarshilik qilishda davom etishini aytdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.