Sobiq prezidentlar daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi

48
0

Sobiq prezidentlar daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi

 Qirgʻiziston sobiq prezidentlari daxlsizlik huquqidan mahrum qilindi. Bu haqda “Sputnik” Qirgʻiziston xabar qildi.

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “QR prezidenti faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish va tuzatishlar kiritishni imzoladi. Ushbu qonun bilan endilikda Qirgʻizistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 Mazkur qonun Jogorgu Kenesh tomonidan joriy yilning 4 aprel kuni qabul qilingandi.

 Qonun tashabbuskorlari Jogorku Keneshning deputatlari Kurmankul Zulushev va Isxak Masaliyevdir.

 Qonun bilan sobiq davlat rahbari prezidentlik vakolati yakunlanganidan yoki lavozimidan chetlashtirilganidan soʻng ayrim holatlarda jinoiy javobgarlik tortilishi mumkin

 Shuningdek, yangi qonunga muvofiq sobiq prezidentlarga siyosiy lavozimlarni egallash taqiqlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.