Siromolotov: Afgʻon-tojik chegarasida 10 mingga yaqin jangari toʻplangan

23
0

Siromolotov: Afgʻon-tojik chegarasida 10 mingga yaqin jangari toʻplangan

 Afgʻoniston va Tojikiston chegarasida vaziyat tashvishga solmoqda, bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Oleg Siromolotov maʼlum qildi.

 “Hozirgi vaqtda afgʻon-tojik chegarasidagi vaziyat yetarli darajada tashvishli, chunki u yerda chegarani kesib oʻtishga tayyor boʻlgan 10 mingga yaqin jangarilar toʻplangan”, – dedi u terrorizmga qarshi anjumanda.

 Siromolotovning soʻzlariga qaraganda, “Tolibon” harakati yetakchilari barcha afgʻonlarni “IShID” tashkiloti bilan kurash olib borishga chorlashdi.

 Rossiya TIV rahbari muovinining soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda jangarilari rus tilida soʻzlashuvchi 8 ta jamloq mavjud boʻlib, ular Markaziy Osiyoga xavf solmoqda. Ularda MDH va Rossiya fuqarolari mavjud.

 Izoh: Rosssiyaning “IShID” tashkiloti haqidagi maʼlumotlari, atayin boʻrttirib koʻrsatilayotgan qalbaki vahimadan oʻzga narsa emas. Chunki bu tashkilot hatto kichik bir mamlakatni ham izdan chiqarib yubora oladigan quvvatga ham ega emas. “IShID”ning quvvati kufr harbiy maxsus kuchlari uning nomidan mintaqalarda faoliyat olib borayotganidadir. Kufr davlatlari dunyoning turli chekkalarida boʻlayotgan qoʻporuv amaliyotlarini “IShID” tashkiloti nomidan amalga oshirishyapti. Xuddi Shri-Lankadagi katolik cherkovlari va mehmonxonalarda sodir etilgan portlashlarni “IShID” tashkiloti oʻz zimmasiga olgani kabi. Demak, mustamlakachi davlatlar “IShID” nomidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanib kelishyapti.

 Rossiya ham oʻzining Markaziy Osiyoga harbiy mustamlakachi yurishida xalqaro siyosat tomonidan atayin paydo qilingan “IShID” vahimasidan foydalanmoqchi. U hozircha matbuot hujumlari olib boryapti. Matbuot hujumida muvafaqqiyat qozongach, albatta moddiy faoliyatlarga oʻtadi. Rossiyaning oʻz elchixonalari orqali uyushtirib borayotgan qoʻporuv aktlarini hatto bir necha yirik Yevropa davlatlari va Turkiya ham toʻxtatib qola olmagan.

Abdurahmon

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.