“Shimoliy oqim-2”: sanktsiya qoʻllaniladimi?

25
0

“Shimoliy oqim-2”: sanktsiya qoʻllaniladimi?

 “Foreign Policy” jurnali 2019-yil, 13-may kuni eʼlon qilgan maqolada, Rossiyadan Germaniyaga gaz uzatuvchi “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishida ishtirok etgan Yevropa kemalariga qarshi sanktsiyalar qoʻllash boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Agar AQSh senati mazkur qonunni qabul qilsa “Shimoliy oqim-2” loyihasida qatnashgan kompaniyalarga nisbatan AQSh tomonidan saktsiyalar joriy qilinishi mumkin.

 Maqolada bunday deyiladi: “Respublikachi senator Ted Kruz va demokrat-senator Jin Shaxin tayyorlagan bu qonun loyihasiga muvofiq, sanktsiyalar suv ostidagi quvurlarni oʻrnatishda ishtirok etgan kompaniyalarni qamrab oladi, bu quvurlar Rossiya energetik loyihalarining bir qismi hisoblanadi. Asosiy maqsad AQSh bilan Germaniyaning jiddiy qarama-qarshiligiga sabab boʻlgan “Shimoliy oqim-2” quvurlariga qaratilgan”.

 Jurnal bu masalada Amerikaning respublikachilari ham, demokratlari ham bir fikrda ekanligini aytmoqda: “Tramp Rossiya bilan munosabatlarni iziga solishga uringani uchun demokratlar bilan respublikachilar har doim ziddiyatda boʻlganiga qaramay, “Shimoliy oqim-2” masalasida ular bir fikrga kelishdi”.

 Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas AQShning tahdidlarini tanqid qilib bunday dedi: “Evropa energiya siyosati AQShda emas, Yevropada xal qilinishi kerak… “Shimoliy oqim-2” loyihasiga qarshi bir tomonlama sanktsiyalar qoʻllanishi – toʻgʻri yechim emas”.

 Bundan oldin ham Tramp Germaniyani mazkur gaz loyihasi buyicha ogohlantirib kelgan. 2018-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan NATO sammiti oldidan Tramp bunday degan edi: “Germaniya Rossiyani boyitmoqda, u Rossiyaning asiri, u toʻla Rossiya nazorati ostida. Germaniya Rossiyaga gaz uchun yiliga milliardlab dollar toʻlaydi, biz boʻlsa bu mamlakatni Rossiyadan himoya qilyapmiz. Buni qanday tushinish mumkin? Bu adolatsizlik”. Javob sifatida Germaniya kantsleri Merkel bunday degan: “Germaniya oʻzi qaror qabul qiluvchi oʻz siyosatiga ega… Biz Rossiyaning ham, AQShning ham asiri emasmiz”.

 Yuqoridagi sanktsiyalarga Turkiya kompaniyalari ham duchor boʻlib qolishi mumkin, sababi, bu qonun loyihasi “Turk oqimi” gaz quvurlarini ham qamrab olish ehtimoli bor. Maqolada Kolumbiya universitetining Global energiya siyosati markazi xodimi Richard Nevьyu bunday deydi: “Qonun loyihasiga muvofiq, sanktsiyalarga Rossiya gazining eksport qilish uchun quvurlarni 30 metr chuqurlikda oʻrnatayotgan barcha kemalar duchor boʻladi, sanktsiyalar Qora dengiz orqali Rossiyadan Turkiyaga yoʻnaltirilgan “Turk oqimi” gaz quvurlarini qurishda qatnashgan kemalarni ham qamrab olishi mumkin”.

 Tramp hukumatga kelganidan soʻng AQSh oʻz ittifoqchilari va malaylariga mana shunday qarshi harakatlar qilmoqda. Sababi, kapitalizmda shaxslar yoki davlatlarni harakatga keltirayotgan narsa doʻstlik yo boshqa narsa emas, balki, faqat foyda, manfaatdorlikdir. Albatta, bu narsalar dunyo tartibini halokatga qarab ketayotganidan bir nishona, Tramp esa bu jarayonning “tezlatgichisi”dir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.