ShHTda olamiy antitterror front tuzish taklifi muhokama qilindi

514
0

ShHTda olamiy antitterror front tuzish taklifi muhokama qilindi

Joriy yilning 15 mayida Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga aʼzo mamlakatlarning xavfsizlik kengashi aʼzolari yigʻini boʻlib oʻtdi.  Bu yil Qirgʻiziston ShHT tashkilotiga yetakchilik qilyapti. Matbuot xodimlari yigʻinga kiritilmadi. Yigʻindan keyin Qirgʻiziston xavfsizlik kengashi raisi Damir Saginbayev, koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha maʼlumot berdi. Uning aytishicha, yigʻinda butun dunyo boʻylab globallashgan antitterror fronti tuzilishi kerak ekani belgilangan.

“Taraflar dunyoda notinchlik omillari kuchayib borayotganini taʼkidlashdi. Bir qator mintaqalarda oʻzaro keskinlik va beqarorlik holatlari kuchayib borayotgani aytildi. BMT koordinatsiyasi ostida butun dunyoda birlik asosidagi antiterror fronti tuzish kerak ekani belgilandi. Bu front xalqaro huquq normalari asosida, siyosatsiz va ikkiyoqlama standartsiz boʻlishi shart ekani taʼkidlandi”, deya maʼlum qildi Sagʻinbayev.

Yigʻinda Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Pokiston, Rossiya, Xitoy Oʻzbekiston, Tojikiston va Hindiston mamlakatlaridan vakillar qatnashdi. Manba “Azattыk” radiosi.

 ShHTning Bishkekdagi yigʻinida asosan Suriyadagi mujohidlarni ortga qaytarish masalasi atrofidagi muammolar koʻrib chiqilishi kutilgan edi. Xalqaro siyosat qoʻllovi ostida xalqaro front tashkil qilish haqidagi taklif ham shu maqsadga qaratilgan. Yaʼni Suriya mujohidlarini ortga qaytarish vaqtida yetakchi davlatlar bu jarayonlardan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanib, mintaqalarda fitnakashlik amaliyotlari uyushtirish imkoniyatlarini oldini olish uchun xalqaro front tuzish va shu orqali jarayonni nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlish koʻzlangan edi.

Suriyada xalq qoʻzgʻaloni boshlanib, keyinchalik u harbiy toʻqnashuvlar va xalq qirgʻiniga aylanib ketgach, dunyo musulmonlari u yerga talpina boshladi. AQSh boshchiligidagi xalqaro siyosat Musulmonlarning Islomiy tuygʻularidan foydalanib, Oʻrta Osiyo va boshqa davlatlardan borayotgan musulmonlar uchun Turkiya davlati orqali atayin korridor ochib berdi. Shu kunga kelib xalqaro siyosat Suriyada ilmoniy boshqaruv tizimini qayta tiklash uchun harakat olib boryapti.

Demak mujohidlar u yerdan siqib chiqarilishi yoki qirib yuborilishi kutilyapti. Har ikki holatda ham yana minglagan tinch aholi va yosh bolalar oʻlimi bilan davom etib borayotgan ommaviy qirgʻin yanada kuchaytirilishi kutiladi. Mujohidlar Suriyani tark etishi yoki ularni qirib yuborilishi ortidan Kufr olami oʻz maqsadlari yoʻlida “ular oʻz yurtlariga chiqib ketishgan” deb yolgʻon malumot tarqatib, Islomiy yurtlarda yana harbiy fitnalar uyushtirishlari mumkin. Xitoy va Rossiya manfaatiga xizmat qiluvchi ShHT tashkiloti, yuqorida aytilgan mujohidlar vahimasidan foydalanib qolish jarayonini oʻz nazorat va taʼsiri ostiga olishmoqchi.

Mujohidlarning oʻz yurtiga qaytarish jarayoni, yetakchi davlatlar uchun oʻsha mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish imkonini yanada qulaylashtiradi. Shuning uchun ShHT bu imkoniyatni Gʻarb mustamlakachilariga qoldirmoqchi emas. Har kaysi tomon ham bu imkoniyatni mavjud xalqaro siyosat va uning ommaviy quroli boʻlgan BMT tashkiloti orqali amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytsak, mavjud olamiy tashkilotlarning barchasi yetakchi mustamlaka davlatlar manfaatlariga xizmat qilib, ularning har biri oʻz tashkilotlari vositasida mavjud muammolarimizdan foydalangan holda, oʻz maqsadlarini roʻyobga chiqarib olishni koʻzlashadi. Ular bir birlari bilan musobaqalashayotgandek bizlarning manfaatlarimiz ustida kurash olib borishadi. Millat va yurtlar ustiga atayin bolo ofatlar olib kelishadi. Soʻng bu balolarning oldini olish bahonasida bizni oʻzlariga yanada tobe qilib olishni koʻzlashadi.

Xalqaro siyosat va xalqaro tashkilotlarning barchasi ularning shu qabih ishlarini amalga oshirishlarida ularga ulkan manfaatlar keltiradi. Yaʼni bu tashkilotlar xalqaro qonun va qoidalar bilan yetakchi davlatlar zulmini rasmiy va qonuniy amaliyotlarga aylantirib beradi, garchi bu amaliyotlar millionlagan insonlarning halokatiga sabab boʻlsa ham.

Yechim: xalqaro tashkilotlar boʻlishi muboh ishlardan boʻlsada, xalqaro qonunlar boʻlishi mumkin emas. Bu tashkilotlar tenglik, ixtiyoriy aʼzo boʻlish va uni ixtiyoriy tark etish asosida qurilishi kerak. Xalqaro qonunlar zaif davlatlarni kuchlilariga tobe (qul) qiladi. Bu tashkilotlar qabul qilayotgan qonunlar faqat kuchli davlatlar tomonidan ijro etiladi. Shuning uchun kuchli yetakchi davlatlar, har qanday jinoyat qilmasin, oʻzlari oʻzlarini jazolashmaydi. Demak ustimizda hukm surayotgan siyosiy, iqtisodiy va boshqa tomonlama qaramlik, urush va repressiyalar, mavjud kufr sistemasi asosidagi xalqaro qonunlarga asoslangan tashkilotlar kasofatidan kelyapti. Qachonki ularni tark etib, kufr boshqaruv sistemasi qulligidan islomiy boshqaruv adolatiga qaytmas ekanmiz, har bir ishimiz kufr manfaatiga olib boraveradi. Oqibati ham dunyo ham oxirat xorlik va azobi bilan intihosiga yetadi.

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.