Pokistonning berahm hukmdorlari Navid Battni yetti yildan beri qamoqda saqlab kelishmoqda

19
0

Pokistonning berahm hukmdorlari Navid Battni yetti yildan beri qamoqda saqlab kelishmoqda

Ushbu muborak Ramazon oyida muhandis Navid Battning oʻgʻirlab ketilganiga yetti yil toʻldi. Alloh nozil qilgan shariat bilan boshqarishga daʼvat qilib kelgan Allohning ushbu sofdil bandasi Hizb ut-Tahrirning Pokiston viloyatidagi rasmiy notigʻi edi. U 2012 yil 11 may kuni farzandlari va qoʻshnilari oldida xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻgʻirlab ketildi. Ushbu muborak oyda ham Pokiston hukmdorlari Navid Battni oʻz oilasi bilan birga yashashdan mahrum qilib kelishmoqda. U haqda hech qanday maʼlumot berilmayotganini aytmasa ham boʻladi. Biroq, ular bosqinchi hind uchuvchisi Abhinandan Varthamanga hurmat koʻrsatib, uni tezda ozodlikka chiqarishdi. Rahm-shafqat koʻrsatish Islom va musulmonlar dushmanlariga cheklanganmi?! Islomga daʼvat qiluvchilarga shafqat koʻrsatish taqiqlanganmi?!

Ey Pokiston musulmonlari, ey josuslik xizmati rasmiylari! Ramazon oyida kim magʻfiratli kunlarni oʻtkazib yuborsa koʻp yaxshiliklardan mahrum boʻladi. Biroq, Pokiston hukmdorlari shunday kunlarda ham Navid Battni ozodlikka chiqarishdan bosh tortishmoqda. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“إِنَّ هَذَا الشَّهْرَ قَدْ حَضَرَكُمْ وَفِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ مَنْ حُرِمَهَا فَقَدْ حُرِمَ الْخَيْرَ كُلَّهُ وَلاَ يُحْرَمُ خَيْرَهَا إِلاَّ مَحْرُومٌ”

“Ushbu oy sizlarga kirib keldi. Unda ming oydan yaxshiroq boʻlgan bir kecha bor. Kim bu kechadan mahrum boʻlsa, barcha yaxshiliklardan mahrum boʻlibdi. Uning yaxshiligidan faqat mahrum kimsagina bebahra qoladi”. (Ibn Mojja rivoyati). Alloh Taolo Ramazonda munkar ishlardan saqlanishni taʼkidlagan boʻlishiga qaramay, Pokiston hukmdorlari gumrohlikda davom etishmoqda. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“إِذَا جَاءَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ النَّارِ وَصُفِّدَتِ الشَّيَاطِينُ”

“Ramazon oyi kirib kelsa jannat eshiklari ochilib, doʻzax eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjirband qilinadi”. (Buxoriy rivoyati). Alloh Subhanahu va Taolo roʻzadorning va mazlumlarning duosini ijobat qiladi. Biroq shunday boʻlsa-da, Pokiston hukmdorlari Navid Battga zulm qilishmoqda. Rosululloh ﷺ aytadilar:

“ثَلاَثَةٌ لاَ تُرَدُّ دَعْوَتُهُمُ الإِمَامُ الْعَادِلُ وَالصَّائِمُ حَتَّى يُفْطِرَ وَدَعْوَةُ الْمَظْلُومِ يَرْفَعُهَا اللَّهُ دُونَ الْغَمَامِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَتُفْتَحُ لَهَا أَبْوَابُ السَّمَاءِ وَيَقُولُ بِعِزَّتِي لأَنْصُرَنَّكِ وَلَوْ بَعْدَ حِينٍ”

“Uch kishining duosi qaytarilmaydi: adolatli imomning duosi, roʻzadorning iftor qilguniga qadar qilgan duosi va mazlumning duosi. Alloh qiyomat kunida bu duoni bulutga qadar koʻtaradi, u uchun samo darvozalari ochiladi. Alloh – izzatim haqqi hurmati, garchi birozdan keyin boʻlsa ham, albatta senga yordam beraman, deydi”. (Ibn Mojja rivoyati). Navid Battga oʻtkazilgan shuncha zulmlar yetarli emasmi?! Uni darhol ozod qilishni talab qilish vaqti kelmadimi?! Pokiston hukmdorlari Allohning gʻazabidan omon qolish uchun Navid Battni darhol ozod qilishlari kerak emasmi?! Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ الَّذِينَ يُحَادُّونَ اللَّهَ وَرَسُولَهُ أُوْلَئِكَ فِي الأَذَلِّينَ

“Albatta Alloh va Uning paygʻambari chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar – ana oʻshalar eng xor kimsalar qatoridadirlar!” [Mujodala 20]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.