YeI Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikka Markaziy Osiyo davlatlarini jalb qiladi

450
0

YeI Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikka Markaziy Osiyo davlatlarini jalb qiladi

Yevrokomissiya Markaziy Osiyo hududiga qaratilgan yangi strategiyasini eʼlon qildi. Unda YeI Markaziy Osiyoning besh davlati bilan Afgʻoniston boʻyicha hamkorlikni rivojlantiradi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qilmoqda.

Yevropa komissiyasi YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan birgalikda eʼlon qilingan strategiyada Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish rejasi aytib oʻtilgan.

“EI Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga koʻmaklashish maqsadida Markaziy osiyo davlatlari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi. Shuning uchun ham Afgʻonistonni YeIning Markaziy Osiyoga hududiga doir dasturlariga kiritish hamda Afgʻoniston bilan bogʻliq hududiy va uch tomonlama loyihalarni qoʻllab-quvvatlash – maqsadga mufofiq boʻlar edi”, – deyilgan xabarda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.